Keyingi yillarda Sharq adabiyotlarini chuqur o‘rganish ularning ko‘p tarmoqlari favqulodda murakkab tarzda o‘zaro chatishib ketgani va o‘ziga xos yaxlit bir butunlik kasb etganini ko‘rsatmoqda


-MAVZU: Ijtimoiy g’oya va badiiy g’oya o’rtasidagi umumiylik



Yüklə 60,2 Kb.
səhifə10/24
tarix11.10.2023
ölçüsü60,2 Kb.
#127268
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   24
ADABIYOTSHUNOSLIK NAZARIYASI 16 TA

7-MAVZU: Ijtimoiy g’oya va badiiy g’oya o’rtasidagi umumiylik.
Gʻoya, badiiy gʻoya — adabiyot va sanʼat asarlari zamirida yotgan emotsional obrazli fikr. Hayotda roʻy bergan yoki roʻy berishi ehtimol tutilgan har bir voqea va hodisa adabiyot va sanʼat asarlarida oʻz ifodasini topishi mumkin. Yozuvchi yoki sanʼatkor tomonidan tasvir etilgan shunday voqea va hodisa badiiy Gʻoyaning predmeti hisoblanadi. Badiiy g’oyaning emotsional taʼsir kuchi, voqea va hodisaning muhimligi hamda uni tas-virlagan yozuvchi yoki sanʼatkorning mahorati bilan belgilanadi. Badiiy g’oya tasvir etilgan voqea va hodisaning oddiy inʼikosi yoki shu voqea va hodi-sadan hosil boʻluvchi tasavvur, maʼno va mazmungina emas, balki igu hayotiy voqea va hodisani muayyan nuq-tai nazardan idrok va talqin etish natijasida yuzaga kelgan emotsional obrazli fikrdir.
Shoʻro davri adabiyotshunosligi va sanʼatshunosligida g’oya tushunchasi ostida badiiy g’oya nazarda tutilgan boʻlsada, bu g’oyaga ijtimoiy-siyosiy tus berilgan, adabiyot va sanʼat asarlaridan shoʻro davri mafkurasi talablari bilan uygʻun boʻlgan g’oyagina axtarib kelingan. Bunday g’oya topilmagan taqdirda, u yoki bu asar muallifi maslaksizlikda, gʻoyasizlikda ayblangan. Vaholonki g’oya badiiy tafakkur mevasi va shu tafakkurning u yoki bu asardagi voqea tasviridan kelib chiquvchi muayyan emotsional taʼsir kuchiga ega boʻlgan obrazli koʻrinishidir.
Badiiy g’oya faqat muayyan voqea va hodisa tasvirlangan asar zamirida yotadi, deyish toʻgʻri emas. Zero, lirik sheʼriyatda voqea va hodisa tasviri emas, balki shoirda muay-yan hodisa (mas, kamalak tarali-shi, kuyosh botishi yoki bepoyen dengiz bilan uchrashuv) tufayli tugʻilgan his-tuygʻu va lirik kechinma tasvir etiladi.
Soʻnggi yillarda shoʻro mafkurasidan voz kechilgani va shu mafkura talablari asosida yaratilgan asarlarga boʻlgan munosabat keskin oʻzgargani uchun ayrim adabiyotshunos va sanʼatshunoslar g’oyaning adabiyot va sanʼat asarlaridagi oʻrni va ahamiyatini rad etmoqchi boʻladilar. Holbuki, g’oyani badiiy fikr sifatida inkor yoki rad etish adabiyot va san’atni maslaksizlikka, maʼnosizlikka olib borishi mumkin. Shoʻro davri mafkurasining biror izi boʻlmagan Sharq adabiyoti va sanʼati (mas, qoʻshiqchilik va raqs) da ham badiiy g’oya mavjud edi, Sharq adabiyoti va sanʼati uzoq asrlardan beri xalqni ana shu badiiy g’oya asosida tarbiya-lab keldi va hozir ham tarbiyalab kelmoqda. Agar bir asar zamirida yotgan fikr badiiy g’oyani tashkil etsa, shu asar mansub boʻlgan yozuvchi ijodi yoki adabiy jarayon zamirida yotgan fikrlar majmuasi goyaviylik deb ataladi. Shoʻro davri mafkurasi gʻoyaviylikka oʻta siyosny ruh berib, uni gʻoyaparastlikka aylantirib yubordi. Holbuki, g’oya ham, gʻoyaviylik ham kitobxon yoki tomo shabin. yoxud tinglovchining gʻashiga tegmasligi, balki uning qalbidagi sogʻlom fikr va tuygʻularning yuzaga chiqishiga koʻmak berishi, unda ezgu intilishlarni uygʻotishi lozim, xolos Shuning uchun ham adabiyot va sanʼat asarlaridagi g’oya badiiy g’oya hisoblanadi.
Ijtimoiy loyihalar, g'oyalar amaliyotga tatbiq etilgan, birinchi navbatda, ular ta'qib ustuvor maqsadlariga farqlash mumkin. Ikkinchisida, ular darajasiga va jamiyatga ta'siri sifati farq qiladi.
Bugungi zamon shiddati tezkorlikni talab qilgani uchun ham innovatsion gʻoya mualliflarni oʻz vaqtida topish, qoʻllab-quvvatlash masalasi davlat siyosatining asosiy yoʻnalishlaridan biriga aylanib ulgurgan.
Oʻzbekiston Respublikasi Innovatsion rivojlanish vazirligi huzuridagi “Yoshlar akademiyasi” eng yangi gʻoyalarni qoʻllab-quvvatlab kelayotgani, yosh olimlarni bir nuqtaga birlashtirib, oliy maqsad yoʻlida bir yoqadan bosh chiqarishga chorlayotgani barchaga maʼlum. Respublikadagi barcha izlanuvchan, ilmga chanqoq yosh olimlarni qamrab olish maqsadida yoshlarni Akademiyaning bugungi kundagi faoliyati bilan yaqindan tanishtirish uchun yosh gʻoyalar amaliyoti qanday tashkil etilmoqda, degan savolni koʻndalang qoʻyamiz.
Har qanday gʻoya amaliyotga kiritilishdan oldin ijtimoiy-iqtisodiy holati maxsus muhokamadan oʻtishi lozim. Agar foydali gʻoya oʻz vaqtida munosib ragʻbatlantirilmasa, tijoratlashtirish masalasi muammoligicha qolsa, u holda gʻoya ham, turmushimizni yana-da yengillashtiruvchi boʻgʻin ham oʻz-oʻzidan yoʻq boʻladi. Quvonarli jihatlardan biri shuki, Akademiya tanlovdan oʻtgan loyihalarni moliyalashtirishga koʻmaklashadi.
Gʻoya falsafiy tafakkur doirasida xilma-xil maʼnolarda talqin etilgan tushunchalardan biridir. Bugungi kunda falsafiy tafakkur erishgan natijalarga tayanib, Gʻoyaning mohiya-ti, gnoseologik maqomi toʻgʻrisida muayyan umumiy xulosalarga kelingan.
Ilmiy fakt, muammo, faraz, nazariya kabi voqelikni aks ettirish, ilmiy bilishning oʻziga xos shakli, yangi bilim va paradigma (sistema) sifatida chiqadigan Gʻoyada voqelik bundan keyin qay yoʻnalishda oʻrganilishi zarurligi haqidagi koʻrsatma, maqsad botiniy tarzda mujassamlashgan boʻladi va shu tufayli u ulkan yoʻnaltiruvchilik rolini oʻtaydi. Ilmiy Gʻoyaga xos boʻlgan xususiyatlar qarab chiqilganda Gʻoyaning tarixiy taraqqiyotdagi oʻrni yanada oy-dinlashadi. Har qanday Gʻoya kabi ilmiy Gʻoya ham ulkan yoʻnaltiruvchilik rolini oʻtaydi. Mas. atomlarning mavjudligi haqidagi Gʻoya asrlar davomida ilmiy izlanishlarni uni topish, xususiyatlarini tadqiq etish, dunyoning tuzilishidagi oʻrnini aniqlashga yoʻnaltirib keldi. Natijada atom kashf qilindi. Bu kashfiyot olamning tuzilishi toʻgʻrisidagi tasavvurlarning butunlay oʻzgarishiga olib keldi. lmiy Gʻoyalar taraqqiyot omiliga aylanishi uchun maʼlum shartsharo-it boʻlishi kerak, yaʼni jamiyatning umumiy bilim darajasi yuzaga kelgan yangi bilimni qabul qilishga tayyor boʻlishi hamda uni tekshirib koʻrish, tasdiqlash yoki inkor etish imkoniyati — qurollar, vositalar. moliyaviy resurslarga ega boʻlishi lozim. Aks holda u maʼlum madaniy-maʼrifiy hodisa sifatida qolib ketadi. Gʻoyaning voqelikka mos kelishi muhimdir.
Ijtimoiy gʻoya ilmiy gʻoyadan farq qilib, odamlarni uyushtiruvchilik xususiyatiga ham ega, shu bilan birga u jamiyat hayotiga bevosita taʼsir oʻtkaza oladi. Bunda gʻoya ijobiy yoki salbiy rol oʻynashi mumkin. Oʻzbekistonda mustaqillik davrida milliy istiqlol g’oyasi konsepsiyasi ishlab chiqildi.
Gʻoya niyat, reja maʼnolarini ham anglatadi.

Yüklə 60,2 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   24




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə