Keyingi yillarda Sharq adabiyotlarini chuqur o‘rganish ularning ko‘p tarmoqlari favqulodda murakkab tarzda o‘zaro chatishib ketgani va o‘ziga xos yaxlit bir butunlik kasb etganini ko‘rsatmoqda



Yüklə 60,2 Kb.
səhifə12/24
tarix11.10.2023
ölçüsü60,2 Kb.
#127268
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   ...   24
ADABIYOTSHUNOSLIK NAZARIYASI 16 TA

Individuallik (loticha "individuum" — "boʻlinmas") — muayyan narsa va hodisa, shaxs va jonivorning oʻzigagina xos, betakror, xususiy belgilar. Belgi sifatlarining oʻziga xosligi bilan individuallik umumiylikka qarama-qarshi qoʻyiladi. Dastlab, individuallik antik davrda atoqli yunon faylasuflari Levkipp va Demokrit tomonidan muayyan mazmun va shaklga, yaʼni oʻziga xos belgilarga ega boʻlgan narsa va hodisalarga, jumladan, atom yoki individ (yaʼni, boʻlinmas) kabilarga xos xususiyatlarni aniqlash jarayonida maʼlum boʻlgan.
Hozirgi individuallik tushunchasi ilm-fanda turli maʼnolarda ishlatiladi. Masalan, biologiyada I. biror organizmga xos irsiy yoki keyinchalik paydo boʻlgan xususiyatlarning oʻziga xosligidir; psixologiyada muayyan bir shaxsning fkrilashi, sezgisi, irodasi, istak va intilishi, ehtiyoji, qiziqishi, kayfiyati, hissiyoti, ahvoli, xatti-harakati, odati, mayli, qobiliyati va boshqa sifatlarini, shuningdek, mijozi va tabiatining oʻziga xosligini anglatadi. Ijtimoiy fanlar da individuallik olomonga, guruhga zid tushuncha sifatida oʻrganiladi.
Yuqorida taʼkidlanganidek, individuallik ayni bir ijodkorga, balki insonga xos shaxsiyat hisoblanadi. Maʼlum bir obyektiv fikrga oʻz subyektiv bahosini koʻrsatish. Bu koʻpincha badiiy uslubda ishlatilganda poetik individuallik yuzaga chiqadi. Yani, ijodkor oʻziga xos lugʻaviy birliklarni kiritishi, ulardan foydalanishi, his- kechinmalarini ular orqali jozibali talqin qilishidir.


9-MAVZU: Aruz vazni, barmoq vazni: nazariy adabiyotlar.
Aruz (arab.- arz qilmoq) — sheʼ-riy oʻlchov, vazn. Yaqin va Oʻrta Sharq xalqlari sheʼr tizimi. Aruz nazariyasi tur-kiy xalqlarga, xususan oʻzbek sheʼriyatiga arablardan oʻtgan. Navoiyning „Mezon ul-avzon“ asarida koʻrsatilishicha aruz vodiy, rukn nomiga toʻgʻri keladi, koʻchma maʼnoda „ustun“ de-gani. Aruz nazariyasi birinchi marta Xalil ibn Ahmadning „Kitob al-aruz“i („Aruz kitobi“)da bayon qilingan, keyinchalik Rashididdin Vatvot, Tusiy, Shams Qays Roziy, Mavlono Yusuf Aruziy Nishobu-riylar tomonidan rivojlantirilgan. Turkiy xalqlarda aruzning ilk namunalari islom kirib kelgungacha boʻlgan dav-rlardagi qadimgi maqol va topishmoqlarda, „Devonu lugʻotit turk“da uchraydi. Yusuf Xos Hojibning „Qutadgʻu bilig“i shu vaznda bitilgan turkiy dostondir. Aruz avval arab alifbosi asosidagi eski oʻzbek yozuviga asoslanadi, unda 29 undosh va 3 unli harf, yaʼni choʻziq unli tovush boʻlgan. Harakatlar bilan koʻrsatiluvchi yana uchta unli — zabar -a, zer, — i, pish — u mav-jud.
Harakatlarni undosh harflarning usti yo ostiga qoʻyib, ochiq boʻgʻinlar hosil etilgan, yopiq boʻgʻin undosh ustiga sokin (koʻpligi sukun) alomati (-)ni qoʻyish orqali hosil qilingan. Choʻziq unlilar ochiq boʻgʻinda sokinli deb tushu-nilgan va bunday boʻgʻinlar, asosan, choʻziq hisoblangan. Harf va harakatlardan juz-vlar tuzilgan. Juzvlar Zta boʻlib, ularning har biri 2 xil koʻrinishga ega. Arablar chodir uyni, Koʻchma maʼnoda, ikki misra sheʼrni ham bayt (uy) deyishgan, shu sababli, juzvni tushuntirishda cho-dir jihozlari boʻlgan — arqon, qoziqcha, paloye atamalaridan foydalanilgan. Juzvlar sabab (arqon), vatad (qoziqcha), fosila (palos) deb nomlangan. Ular oʻz ichida sababi xafif (yengil sabab): (may): -; sababi saqil (ogʻir sabab): (koʻzi): W; vatadi majmu’ (yigʻiq vatad): (samar): V -; vatadi mafruq (yopiq vatad): (noma) — 655V; fosilai sugʻro (kichik fosila): (yura-gim): W -; fosilai kubro (katta fo-sila): (yashamagan): VW -kabi turlarga boʻlinadi. Juzvlardan 8 ta asl rukn hosil boʻlgan: failun, faulun, mutafailun, mafailun, mustaf’ilun, failatun, ma-failatun, maf’ulatu (choʻziq unli bosh harf bilan yoziladi). Bobur yana ikkita asl ruknni keltirgan: fai-la-tun bilan mus-taf’i-lun. Asl ruknlar juzvlardan tu-ziladi: „faulun“da vatadi majmudan soʻng sababi xafif keladi. A.da zihof degan qism bor. Unda asl ruknlardan tarmoq ruknlarning kelib chiqishi koʻrsatiladi. Bu, asl ruknlardagi biron harf yo harflarni orttirish yo tushurib qoldirish yoʻli bilan amalga oshiriladi. Bunday oʻzgarishlar 44 ta.
Aruz nazariyasida rukn va zihofdan soʻng bahr turadi, ular 21 ta. Bahrlar guruhlanadi:1) asl ruknlarning takroridan hosil boʻluvchi bahrlar (bunday baxrlar yet-tita): hazaj mafailunning, rajaz mu-staf’ilunning, ramal failatunning, vofir mufailatunning, komil mutafa-ilunning, mutaqorib faulunning, mu-tadorik Failunning takrorlanishidan hosil boʻladi;2) ikki xil asl ruknning al mashinib kelishidan tuziluvchi bahrlar (ular uch turlidir): a) ikkita asl rukn navbatla-shib (almashib) keladi. Xafif: failatun mustaf’ilun failatun mustaf’ilun. Munsarih: mustaf’ilun maf’ulatu mu-staf’ilun maf’ulatu. Muzori’: mafai-lun failatun mafailun failatun. Muj-tass: mustaf’ilun failatun mustaf’-ilun failatun. Muktazab: maf’ulatu mustaf’ilun maf’ulatu mustaf’ilun. Tavil: faulun mafailun, faulun mafa-ilun. Madid: failatun fAilun faila-tun failun. Basit: mustaf’ilun failun mustaf’ilun failun. Ariz: mafailun faulun mafailun faulun. Amiq: fai-lun failatun failun failatun; b) ikki xil asl rukndan biri avval takrorlana-di, ikkinchisi takrorlanmaydi. Sari’: mustaf’ilun mustaf’ilun maf’ulatu.

Yüklə 60,2 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   ...   24




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə