11-mavzu. О‘zbekistonning о‘ziga xos istiqlol va taraqqiyot yо‘LI



Yüklə 209,5 Kb.
səhifə1/3
tarix19.12.2023
ölçüsü209,5 Kb.
#153288
  1   2   3
11 Ma`ruza O‘zbekistonning o‘ziga xos istiqlol va taraqqiyot yo‘li


11-MAVZU. О‘ZBEKISTONNING О‘ZIGA XOS ISTIQLOL VA TARAQQIYOT YО‘LI.

1. Istiqlolning dastlabki kunlari va sinovlari


2. Jamiyatning bir tizimdan ikkinchi bir tizimga о‘tishidagi muammolar va uning yechimlarida shaxsning roli
3. О‘zbekistonda mustaqillikning dastlabki yillaridagi parlament islohotlari


Tayanch tushunchalar: Mustaqillik, istiqlol, parlament, ikki palatali parlament, Prezident, Senat, Qonunchilik palatasi, deputat, mulkchilik, mulkchilik turlari, “bashoratlar”, tamoyil, ustuvor yо‘nalishlar.



1. Istiqlolning dastlabki kunlari va sinovlari
Birinchi masala bayoni. О‘zbekiston mustaqillikka erishganidan sо‘ng kun tartibida jahon andozalariga mos keladigan davlat qurish, siyosiy, ijtimoiy va iqtisodiy sohada tub islohotlarni amalga oshirish, ularni qonun bilan mustahkamlaydigan huquqiy tizimni vujudga keltirish vazifasi turar edi. Chunki sobiq Sotsialistik tuzumga xos ijtimoiy munosabatlar va jarayonlar endilikda respublikada barpo qilinajak yangi jamiyat manfaatlariga mos kelmas edi, Mulkchilik, mulkka egalik qilish va uni boshqarish, ishlab chiqarish omillari, bozor mexanizmi, davlatning ijtimoiy-iqtisodiy hayotini normal izga solish ana shunday jiddiy vangilanishlarni taqozo etar edi.
Shuni ham aytish kerakki, jahonda hamma mamlakatbop ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishning tamoyillari, barcha uchun tavsiya etish lozim bо‘lgan tayyor andozalari hech qachon bо‘lmagan va bо‘lmaydi ham. Shu bilan birga rivojlanishning madaniy, ma’rifiy, tarixiy jihatdan asrlar mobaynida shakllangan an’analari mavjud bо‘lgan О‘zbekistonday qadirniv makonda о‘ziga xos yо‘l tanlash uchun ancha-muncha izlanish lozim edi. Biroq, vaqtni boy bermay, tezkorlik bilan ish tutish lozim edi. Shuning uchun ham «Mustaqil О‘zbekiston tug‘ilgan kuniyoq oyoqqa turishga, о‘zi yurishga majbur edi».
Yana shuni ta’kidlash darkorki, О‘zbekiston о‘z mustaqilligini qо‘lga kiritgan paytda mamlakat ichkarisida bо‘lgani kabi uning tashqarisida ham unga ishonmaydigan, shubha bilan qaraydiganlar bor edi. Hatto sobiq markazdagi ayrim «bashorat»lar О‘zbekistonga nisbatan «О‘zlaringni Mustaqil boshqarishga, Mustaqil davlat qurishga qodir emassizlar», «Sizlar mute, qaram xalqsizlar», «Sizlar uchun biz fikrlaymiz, nazariya yaratamiz, sizlar esa bajarasizlar, xolos» deb shovinistlarcha g‘arazgо‘ylik qilsa, mamlakat ichkarisidagi ayrim toifalar о‘rtasida «Endi О‘zbekiston qanday yо‘ldan boradi? Qanday jamiyat quradi? Markazsiz yashay oladimi? Respublikada ijtimoiy-siyosiy barqarorlik ta’minlanadimi?» qabilidagi savollar paydo bо‘lgan edi. Unga har kirn о‘zicha javob qidirar edi.
Tabiiyki, ana shunday ziddiyatli va murakkab bir paytda О‘zbekiston uchun о‘ziga xos istiqlol va taraqqiyot yо‘lini tanlash, yangi jamiyat barpo qilish uchun о‘z andozasini ishlab chiqish g‘oyat dolzarb va ahamiyatli edi. О‘z navbatida bunday vazifani uddalash О‘zbekistondagi ijtimoiy-iqtisodiy va siyosiy vaziyat, odamlar о‘rtasida tarkib topgan munosabatlar, ularning dunyoqarashi, jumladan, diniy e’tiqodi, ruhiyati va xulq-atvor normalari shuni taqozo etardi. Ayni chog‘da, О‘zbekistonning о‘z ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanish andozasini ishlab chiqishda rivojlangan mamlakatlarning kо‘p asrlik tajribasini о‘rganish, ularning foydali tomonlarini о‘zlashtirish bilan birga О‘zbekiston xalqining turmush tarzi va an’analariga ham tayanish lozim edi.
Shuning uchun ham О‘zbekiston mustaqilligining dastlabki kunidanoq, «jahon va о‘zimizning amaliyotimizdan olingan barcha unumli tajribani rad etmagan holda о‘z ijtimoiy-iqtisodiy va siyosiy-huquqiy taraqqiyot yо‘lini tanlab olishga kirishdi».
Albatta, mamlakat hayot-mamot bosqichida turgan bir paytda uning yangi jamiyatga о‘tishi bilan bog‘liq vazifalarni bajarish davlat rahbaridan yangi sharoitga mos boshqaruv tizimini ishlab chiqishni, jamiyatning iqtisodiy asosini vujudga keltirishni taqozo qiladi. Aholining barcha toifalarini yagona maqsad atrofida birlashtiruvchi g‘oyalar tizimini yaratishni talab etardi. О‘zbekistonning о‘ziga xos taraqqiyot yо‘li ana shu tarzda shakllandi. Mamlakat mustaqilligining tashabbuskori va rahnamosi sifatida Prezident xuddi ana shunday paytda о‘zining qat’iy, ilmiy jihatdan asosli, hayotiy jihatdan yashovchan xulosalarini о‘rtaga tashladi.
Hali sobiq ittifoq mavjud bо‘lgan davrda I. Karimov respublika rahbarligiga kelgan vaqtdan boshlab respublikaning ijtimoiy-siyosiy hayotida jiddiy ravishda yangilanishni, tub о‘zgarishlarni boshlab yuborgan edi.
1990-yil mart oyidayoq sobiq ittifoq respublikalari ichida birinchilardan bо‘lib, О‘zbekistonda Prezidentiik boshqaruvining tashkil etilishi, g‘oyaviy qarashlari, siyosati yangilanayotgan jamiyatga mos bо‘lmayotgan О‘zbekiston Kompartiyasini Xalq demokratik partiyasiga aylantirilishi, hokimiyatning asta-sekin va izchillik bilan partiya idoralaridan Prezident, hukumat, mahalliy idoralar qо‘liga о‘tishi, о‘zbek tiliga davlat tili maqomi berilib, milliy qadriyatlarning tiklana boshlagani О‘zbekistonning о‘z istiqlol va taraqqiyot yо‘li shakllanayotganini kо‘rsatar edi.
О‘zbekiston mustaqil bо‘lgach, I. Karimovning respublika rahbari sifatida xalq oldidagi mas’uliyati yana ham oshdi. U endi markazga bog‘liq bо‘lmagan holda, butun muammolarni о‘zi hal qilishga, har qanday ziddiyatlarga yuzma-yuz turib, faoliyat kо‘rsatishga majbur edi. Ana shunday qarama-qarshiliklar qurshovida uning katta siyosatchi sifatidagi rahbarlik mahorati kun sayin shakllanib, yangi mazmun kasb eta bordi.
Islom Abdug‘aniyevich Karimov umumxalq ovoz berish yо‘li bilan mamlakat Prezidenti etib saylanganidanoq о‘zining butun amaliy faoliyatida xalq va vatan manfaatini nazarda tutib faoliyat kо‘rsatdi. U Oliy Kengashning 1992-yil 4-yanvarda bо‘lib о‘tgan navbatdan tashqari IX sessiyasida shunday degan edi: «Menga qanday yuksak mas’uliyat yuklanganini his qilgan holda xalqning munosib turmush kechirishi uchun qanday yо‘llar tanlaganimiz haqida ba’zi fikrlar bilan о‘rtoqlashmoqchiman.
Xalq iqtisodiyotni barqarorlashtirish uchun qat’iy harakatlar qilishni kutyapti. О‘tmish qoldiqlari xalq yelkasiga og‘ir yuk bо‘lib qolgan. Eng muhim vazifalardan biri xalqning baxtli hayotini ta’minlashdir. Prezident shiddat bilan kirib kelayotgan bozor zarbalariga bardosh beruvchi, yordamga muhtoj kishilarni о‘z homiyligiga olishi kerak. Bularkо‘p bolali, kam ta’minlangan oilalar, nogironlar...
Bundan keyin ham biz uchun shu tamoyil qat’iy bо‘lib qolaveradi».
Prezident Oliy Kengashning mazkur sessiyasida Dastur ahamiyatiga molik bо‘lgan davlat siyosatining strategiyasini aniq-ravshan kо‘rsatib berdi. Millatlararo munosabatlarni barqarorlashtirish, fuqarolarga erkinlik berish, jamiyatda ma’naviy yangilanish uchun barcha sharoitlar yaratish lozimligini, yosh avlod tarbiyasiga katta e’tibor berish kerakligini, huquqiy davlatda qonun ustuvor bо‘lishini alohida ta’kidladi.
Tabiiyki, ushbu qoidalar О‘zbekiston istiqloli va taraqqiyotining asosiy yо‘llarini belgilab berish uchun asos bо‘lib xizmat qildi. Masalaga ana shunday yondashish mustaqillikning ilk kunlaridanoq aniq tartib-intizomga rioya qilish, qonun ustuvorligiga intilish mamlakatda eng murakkab paytlarda barqarorlikni ta’minlashda muhim omil bо‘ldi.
Davlat О‘zbekistonning mustaqil taraqqiyot yо‘lini ishlab chiqar ekan, о‘tmishdan, sobiq sovet tuzumidan meros bо‘lib qolgan tajribadan saboq chiqardi. Ayni chog‘da 90-yillar boshlarida, ya’ni mustaqil taraqqiyotning dastlabki yilida amalga oshirilgan ijtimoiyiqtisodiy islohotlarni chuqur tahlil qildi. Shu asosda soxta inqilobiy sakrashlarsiz, fojiali oqibatlarsiz va ijtimoiy larzalarsiz, evolutsion yо‘l bilan dinamik taraqqiyot yо‘liga о‘tish tanlab olingan yо‘lning asosiy mazmun va mohiyatidir, degan xulosaga keldi.
Ma’lumki, о‘zbek xalqi azaldan jamoa bо‘lib, uyushib yashashga odatlangan, tо‘yda ham, azada ham yonma-yon turib, oddiy kunlarda bir-biriga kо‘maklashgan. Kattalarni hurmat qilish, oila va farzandlar tо‘g‘risida g‘amxо‘rlik kо‘rsatish, millatidan qat’i nazar odamlarga xayrixohlik, о‘zgalarga yordam tuyg‘usi о‘zbek xalqiga tarixan xosdir.
Shuning uchun ham I. Karimov 1992-yil 2-iyulda О‘zbekiston Oliy Kengashining X sessiyasida «Istiqlol yо‘llari va muammolari» mavzusida nutq sо‘zlar ekan, «Biz ijtimoiy taraqqiyot va yangilanish borasida о‘z yо‘limiz bor, deb e’lon qildik. Bozor iqtisodiyotiga о‘tar ekanmiz, milliy-tarixiy turmusii tarzimizni, xalqimiz urf-odatlarini, an’analarimizni, kisiiilarning fikriash tarzini hisobga olarniz», dedi va tub islohotlarni amalga oshirish borasida dastlabki tamoyilini belgilab berdi.
Ikkinchidan, respublikadagi о‘ziga xos ma’naviy-ruhiy vaziyatdan kelib chiqib ish tutildi. Chunki О‘zbekiston aholisi va mehnat resurslari yildan yilga о‘sib boruvchi mintaqa hisoblanadi. Ushbu omilning ahamiyatiga e’tibor berar ekan, Prezident shunday dedi: «Xalqimizning 60 va hatto, undan kо‘proq foizi qishloq joylarida istiqomat qiladi va ularning asosiy qismi dehqonchilik sohasida ishlaydi. О‘zbek zoti borki, о‘tirgan joyini sovitgisi kelmaydi. Bir joydan ikkinchi joyga kо‘chib yurishga xushi yо‘q. Mehnat resurslari va ishlab chiqarish korxonalarini joylashtirishda xuddi shu vaziyatni ham e’tiborda tutish kerak.
Xulosa shuki, qishloq joyda va rayon markazlarida mavjud bо‘lgan ortiqcha ishchi kuchini shaharga olib kelish shart emas, balki yangi, ixcham, zamonaviy korxonalarni qishloq joylariga, rayon markazlariga olib borib qurishimiz zarur. Sodda qilib aytganda. odamlarni ishxonaga emas, ishxonani odamlarga yaqinlashtirish lozim».
Uchinchidan, О‘zbekiston taraqqiyot yо‘lini ishlab chiqishda respublikaning qulay jug‘rofiy-siyosiy imkoniyati hisobga olindi.
Darhaqiqat, tarixan О‘zbekistonning hozirgi hududi juda kо‘hna savdo yо‘li Buyuk ipak yо‘li tutashgan, mag‘rib-u mashriqni birbiriga bog‘lab turgan, turli qarashlardagi xalqlarni yaqinlashtirgan, jо‘shqin tashqi aloqalar va turli madaniyatlarning bir-birini о‘zaro boyitish jarayoni kechgan hududdir. Ana shu boy, tarix sinovlaridan о‘tgan tajribalarni davom ettirish, undan samarali foydalanish yо‘li tutildi. Demakki, mintaqalararo aloqalar, dunyoviy integratsiyani yо‘lga qо‘yishga kirishildi.
Tо‘rtinchidan, О‘zbekistonning bozor munosabatlariga о‘tishida ijtimoiy ong, ijtimoiy psixologiya masalasini hisobga olish lozimligi ham kо‘rsatib berildi.
Chunki, shо‘rolar davrida kishilar ongida ijtimoiy tenglik tushunchasi, ya’ni yaxshi ishlasam ham, yomon ishlasam ham dav
lat baribir boqadi, degan fikr shakllanib, boqimandalik kayfiyatiga tushib qolgan, mulkka egalik tuyg‘usidan uzoqlashgan edi. Bu, albatta, kishilarning mehnatga intilishini sо‘ndirar, ish natijasi uchun mas’uliyatiga salbiy ta’sir kо‘rsatar edi. Ularda boqimandalik, tekinxо‘rlik illatlarini chuqurlashtirar edi. Shuning uchun, bozor munosabatlariga о‘tishda odamlardagi mana shu kayfiyatni e’tiborga olish kerak, deb hisoblandi. Islohotlar davrida xususiylashtirish jarayonining chuqurlashishi, mamlakatda mulkdorlar sinfini shakllantirish sari dadil qadamlar qо‘yilishi mana shu omildan kelib chiqqan xulosadir.
Beshinchidan, hukumat mustaqil О‘zbekiston siyosatini belgilashda islom diniga munosabatni tubdan о‘zgartirish lozimligini qayta-qayta uqtirdi. Chunki din turmush tarzimizga о‘chmas muhrini bosgan. Dinga nisbatan ijobiy munosabat tashqi siyosatimizda, ayniqsa, musulmon davlatlari bilan о‘zaro aloqalarimizni kengaytirishda katta ahamiyatga ega, deb kо‘rsatadi.
Oltinchidan, О‘zbekiston Respublikasining iqtisodiy va siyosiy mustaqilligini himoya qilish va ta’minlash imkonini beradigan boy moddiy-ma’naviy hamda ishlab chiqarish potensialiga va kadrlar qudratiga ega mamlakat ekanligidir. Endi hamma gap ana shu imkoniyatlardan unumli foydalanishda edi.
Ushbu xulosalar I. Karimov tomonidan muntazam tо‘ldirilib, qadam-baqadam yangi qoida va yо‘l-yо‘riqlar bilan boyitib borildi. Xususan, 1992-yil avgust oyi oxirida О‘zbekiston Mustaqilligining bir yilligi tantanalari arafasida Prezidentning «О‘zbekistonning о‘z istiqlol va taraqqiyot yо‘li» nomli О‘zbekiston mustaqilligining nazariy asoslari chuqur tahlil etilgan asari nashrdan chiqdi. Ushbu risola keng jamoatchilik tomonidan ma’naviy hayotdagi yangilik va muhim qо‘llanma sifatida kutib olindi. Unda О‘zbekiston istiqlolining ham nazariy, ham amaliy muammolari ilmiy jihatdan о‘rganilib, jamiyat siyosiy rivojining, iqtisodiy taraqqiyotining, ma’naviy poklanishining asosiy yо‘l-yо‘riqlari yangicha mushohada va yondashuv bilan kо‘rsatib berildi.




Yüklə 209,5 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə