1
6-mavzu. O’rta Osiyo xalqlari arablar istilosi va hukmronligi davrida
.
Reja:
1. O‘rta Osiyoga arablar istilosining boshlanishi
2.Xalifalik davrida iqtisodiy va madaniy o`zgarish
3.Xalifalikka qarshi xalq qo`zg`alonlari
Tayanch tushunchalar: Abruy qo’zg’aloni, Arab xalifaligi, Ummaviylar,
Abbosiylar, Qur’on, arablar istilosi, Movarounnahr, soliq siyosati, Muqanna, islom
dini.
Arablar istilosi va hukmronligi davrida O’rta Osiyo.
VI asrning oxiri va VII
asr boshlarida (ya’ni islom dinining vujudga kelishi arafasida) Arabiston yarim orolida
Somiy (semit) qavmiga mansub arab qabilalari tarqoq holda yashadilar. Ular
o’rtasidagi mavjud ijtimoiy - iqtisodiy va siyosiy taraqqiyot darajasi bir xil emas edi.
Arablar asosan ko’chmanchi, Chorvachilik bilan hayot kechirgan. Ko’chmanchilar
badaviylar deb yuritilgan. Vohalardagi aholi dehqonchilik bilan shug’ullangan. Dengiz
bo’ylari, vohalarda, xususan, yarim orolning Qizil dengizga
tutash Hijoz vohasi va
janubiy Yamanda ahvol birmuncha boshqacharoq bo’lib, bu hududlarda arab qabilalari
asosan o’troq hayot kechirgan, savdo-sotiq, hunarmandchilik ham ancha rivoj topgan
edi. Ayniqsa Hijozning bosh shahri-Makka xalqaro karvon savdosining muhim
markazi hisoblangan.
Muhammad alayhissalom 570-yil 27 avgustda Makka shahrida Quraysh
qabilasining Hoshimiylar xonadonida dunyoga keldi. Uning bobosi Abumutallib
Makkadagi Ka’ba ibodatxonasi kalitining nigohboni (saqlovchisi) bo’lgan.
Muhammad (sav) go’dakligidayoq yetim qolgan. Tug’ilmasidan avval otasi-Abdulloh,
6 yoshligida esa-onasi Omina vafot etgan.
U dastlab bobolari, so’ng amakilari Abu
Tolib qo’lida tarbiya oladilar. Muhammad (sav) amakilarining maslahatiga ko’ra
badavlat savdogar ayol Xadicha binti Xuvaylidning savdo ishlariga boshchilik qiladi
va 25 yoshlarida unga uylanadi, Xadicha bu davrda 40 yoshda edilar.
Muhammad ibn Abdullohislom dini va birinchi musulmonlar jamoasi asoschisi
sifatida 40 yoshida, ya’ni 610 yilda payg’ambarlik faoliyatini boshlab, islom dini
dastlab o’ziga yaqin bo’lgan kishilarga so’ngra aholi orasida targ’ib qila boshladi. Bu
ta’limot aholining barcha qatlamlari manfaatlariga mos bo’lib, tez orada birinchi
navbatda shahar ahli ichida tarqala boshlaydi. Lekin yangi
din tarafdorlarining ahvoli
ularning e’tiqodlariga ko’ra og’irlashib borgandan so’ng bir qism musulmon aholi
Habashistonga, ba’zilari Shimolga qarab ketishga majbur bo’ldilar. Muhammad ham
o’ziga qarshi turgan quraysh qabilasi a’zolarining ta’qibi kuchayib ketgach 622 yil 16
iyulda (ba’zi adabiyotlarda 15 iyul deyiladi) o’zining eng yaqin do’sti va safdoshi Abu
Bakr bilan Makkadan Madinaga ko’chishga majbur bo’ladi. Bu arab tilida «hijrat» deb
atalib, shu kundan boshlab musulmon olamida qabul qilingan hijriy yil boshlanadi.
Hijriy yil hisobi 2 xil bo’ladi: hijriy-qamariy, ya’ni oy hisobi bo’yicha va hijriy-
shamsiy, quyosh hisobi bo’yicha belgilanadi. Madinada Muhammad o’z ta’limotini
davom ettiradi. Muhammad binni Abdulloh hayotining oxirlariga kelib 630 yilda ko’p
sonli arab qabilalarining islom bayrog’i ostida birlashuvi negizida yagona davlatga
2
asos soldi. Mazkur davlat Yamandan Sino yarimoroligacha,
Qizil dengiz sohillaridan
Markaziy Qum sahrosigacha cho’zilgan yerlarni o’z ichiga olar edi. Bu
davrdanboshlab Makka islim dini markaziga, Ka’ba musulmonlarning muqaddas
ziyoratgohiga aylandi. 632 yil 25 yanvarda Makkayi Mukarramaga so’nggi hajga safar
qilgan Muhammad alayhissalom haj safaridan so’ng qattiq betob bo’lib qoladilar. U
kishi betobligida Ka’ba masjidiga imomlikni o’tashni qaynotalari Abu Bakrga
topshiradilar (622 yilda Xadicha vafotidan so’ng Abu Bakrning qizi Oyshaga uylangan
edi).
Muhammad alayhissalom nasroniy yil hisobida 632 yil (hijriy yil hisobida 10 yili)
25 mayda o’z uylarida vafot etadi. Payg’ambarimiz vafotidan so’ng u kishining
ishonchli noiblari yoki o’rinbosarlari (arabcha xalifalar) davlatni boshqarganlar. Ana
shu tariqa tarixda «Arab xalifaligi» (632-1258) paydo bo’lgan. Islom musulmonlarida
asosan ilk to’rt xalifa alohida ahamiyatga ega. Bular – Abu Bakr Siddiq (632-634),
Hazrati Umar (634-644), Hazrati Usmon (644-656) va Hazrati Ali (656-661). Ular «al-
Xulafo arroshidun» (to’g’ri yo’ldan boruvchi xalifalar) degan nom oldilar
1
.
Narshaxiyning yozishicha, 673 yilning kuzida xalifa Muoviya I (661-680)ning
farmoni bilan Xuroson noibi Ubaydulloh ibn Ziyod Amudaryodan kechib o’tib Buxoro
viloyatiga bosib kiradi, Poykand va Romitonni egallab, Buxoro shahrini qamal qiladi.
Bu jangda arablar g’olib keladilar. Arablar o’z foydasiga sulh tuzib, yuz ming (bir lak)
dirham hajmida boj undirib, katta o’lja bilan orqaga qaytishgan. 676 yili Xurosonning
yangi noibi Said ibn Usmon boshliq arablar Buxoro va Samarqandga yurish qiladi.
Buxoro malikasi Xo’takxotun o’z qo’shini bilan arablarga qarshi chiqdi. Bu jangga
So’g’d, Kesh, Nasafdan harbiy qo’shin yordamga kelgan. Ammo so’g’dliklar jang
maydonini tashlab chiqib ketganlaridan so’ng malika kattagina boj to’laydi.
Said ibn
Usmonning Samarqandga qilgan yurishida Muhammad payg’ambarning jiyani Qusam
ibn Abbos ibn Abdul - Mutallib ishtirok etadi. Lekin u Samarqand Namozgohida halok
bo’ladi. U keyinchalik Shohizinda («Tirik shoh») nomini olgan qabristonga dafn
etiladi. Samarqand 1 oy davomida qamal qilinadi. So’g’dliklar jasorat bilan qarshilik
ko’rsatadilar. Said ibn Usmon so’g’dliklar bilan sulh tuzishga majbur bo’ladi. U
Samarqanddan 30000 kishini asirga olib, orqaga qaytadi va yo’l - yo’lakay Termiz
shahrini ham istilo etadi.
680 yilda xalifalik taxtini egallagan Yazid I 683 yilda vafot etdi. Bundan so’ng
toju - taxt uchun kurash boshlanib ketadi. Bunday vaziyatda arablar yana
Movarounnahrga hujum qilishdan deyarli to’xtab, o’z ichki nizolari bilan band bo’lib
qoladilar. Xalifa Abdulmalik ibn Marvon (685-705) davrida ichki nizolarga chek
qo’yildi. Arablar yana o’z e’tiborini Movaraunnahrga qaratdilar. 704
yili xalifa
Qutayba ibn Muslimni Xurosonning yangi noibi etib tayinladi va uning zimmasiga
butun O’rta Osiyo hududlarini uzil-kesil bosib olish vazifasini yukladi. 705 yildan bu
hududni xalifalikka butunlay qo’shib olish va zabt etishning ikkinchi davri boshlandi.
Bu paytda O’rta Osiyodagi siyosiy parokandalik va kichik davlatlar o’rtasida tez-tez
nizolarning bo’lib turishidan Qutayba unumli foydalandi
2
. O’z harbiy yurishlarini
Qutayba 705 yil Balx viloyatini bosib olish bilan boshladi. Balxdan tashqari u
1
History of civilizations of Central Asia. Volume III/The crossroads of civilizations: A.D. 250 to 750. / UNESCO. 1996. P. 452-469.
2
The Heart of Asia / A History of Russian Turkestan and the Central Asian Khanates from the Earliyest Times. F.H.Skrine and E.D.Ross.
London-New York. 2005. P. 30-41.
3
Chag’oniyon, Shuman va O’rta Osiyoning janubidagi kichik viloyatlarni o’ziga
bo’ysundiradi. Chag’oniyon hokimi Tish arablar tomoniga o’tib ketadi.
Qutayba
jo’nab ketishi oldidan shaharda o’z ukasi Abdurahmon ibn Muslim boshliq yaxshi
saralangan qo’shinni qoldirib ketadi. Ammo Sug’d aholisining qarshiligi bu bilan
tugamaydi. Al-Yaqubiyning yozishicha, 712 yil kuzida Samarqandda arab noibiga
qarshi qo’zg’olon ko’tariladi. Ularga turklar yordam beradi. Faqatgina 713 yil
bahorida Qutaybaning yetib kelishi bilan shahardagi qo’zg’olon bostiriladi. Mug’
tog’idan topilgan hujjatga ko’ra Qutayba o’zining keyingi yurishlarida Shosh,
Farg’ona va Turkiy hoqonlik qo’shinlaridan iborat yana bir harbiy ittifoqning
qarshiligiga duch keladi. Sug’d, Choch, Farg’ona
ittifoqiga Panjikent hokimi
Devashtich ham qo’shiladi. Shunday bo’lsa-da, Qutayba 713 yilda Choch vohasini,
715 yilning boshida esa Farg’ona vodiysini uzil-kesil bosib oldi. Xullas, 713-715
yillarda Qutayba ibn Muslim Qashg’argacha bo’lgan yerlarni egallaydi. Ana shu tariqa
u O’rta Osiyo yerlarini zabt etib, Xitoy hududigacha cho’zilgan o’lkada yashayotgan
xalqlarni islom diniga kiritadi. U hamma viloyatlarga arablardan bo’lgan amirlarni
noib etib tayinlaydi. Biroq uning faoliyati uzoqqa chuzilmadi. 705 yilda arab xalifaligi
taxtini egallagan Volid 715 yilda vafot etdi. Xalifalik taxtiga Sulaymon ibn
Abdulmalik (715-717) chiqdi. Qutayba Sulaymonga nisbatan g’animlik munosabatida
bo’lib, unga isyon ko’tardi. Natijada
bu isyon muvaffaqiyatsiz tugab, 715 yil
Farg’onada askarlar tomonidan Qutayba o’ldirildi. Shunday qilib, o’n yil davomida
olib borilgan doimiy kurashlar natijasida Movarounnahr xalifalik tarkibiga kiritildi.
Buning eng asosiy va bosh sabablari quyidagilardan iborat: