O’rta Osiyoda arablarga qarshi olib borilgan xalq qo’zg’olonlari
720 - 722 yillarda-Sug’diyonada G’urak va Divashtich boshchiligida;
725 - 729 yillarda- Samarqand, Buxoro, Xuttolonda;
736 - 737 yillarda-Tohariston va Sug’dda;
746-749 yillarda-Xuroson va Movarounnahrda Abu Muslim boshchiligida;
769-783 yillarda-Muqanna qo’zg’oloni;
806-809 yillarda-Rafi ibn Lais qo’zg’oloni.
720-722 yillarda So’g’diyonada yuz bergan G’o’rak (Sug’d ixshidi-ya’ni
hukmdori) va Divashtich (Panjikent hokimi) boshchiligidagi qo’zg’olon
arablar
hukmronlikligiga qarshi yo’nalgan dastlabki shiddatli xalq harakatlaridan biri bo’lgan.
Unda arablar siyosati va zulmidan g’azabga kelgan o’n minglab mahalliy xalq vakillari
ishtirok etgan. 721 yilda Xurosonning yangi tayinlangan noibi Said Xarashiy katta
muntazam harbiy kuch bilan mazkur qo’zg’olonni shafqatsizlik bilan bostirishga
muvaffaq bo’ladi. Qo’zg’olon rahbarlaridan biri-Divashtich ham ushlanib qatl etiladi.
Bundan so’ng 400 sug’d savdogari Xitoy jo’nab ketadi. 725-729
yillar davomida
xalifalikning og’ir soliq siyosatiga qarshi Samarqand, Buxoro, Xuttalon viloyatlarida
qo’zg’olonlar ko’tarilgan. Qo’zg’olonchilarning ancha qismi arab ma’murlari olib
borgan siyosatiga (ayniqsa, xiroj masalasida)
norzilik bildirib, islom dinidan
chiqadilar. Qo’zg’olonchilar besh yil davomida arablarning hukmronligiga katta zarba
berildi.
736-737 yillarda Toxariston va Sug’dda yangidan ko’tarilgan kuchli qo’zg’olon
o’z safiga aholining turli ijtimoiy qatlamlarini jalb etgandi. Faqat Xuroson va
Movarounnahrning yangi xukmdori Nasr ibn Sayyor (738-748)ning
olib borgan
tadbirlari tufayligina qo’zg’olon harakatlari bartaraf etildi. Bunda u mahalliy aholiga,
ayniqsa, uning nufuzli qatlamiga ma’lum darajada yon berishga majbur bo’ldi.
Xususan, u arablarning mahalliy aholi bilan qon-qardoshlik aloqalarini kuchaytirishga
intildi. Shu maqsadda o’zi ham Buxorxudot Tog’shodaning qiziga uylandi. Islomni
qabul qilgan
kishilar juzyadan ozod etilib, barcha musulmonlar huquqiy jihatdan
tenglashtirildi. Xiroj solig’i to’lash barcha uchun baravar deb e’lon qilindi.
Abu Muslimning o’chini olish uchun 755 yilda Reyda Sunbod boshchiligida (70
kun davom etgan), Movarounnahrda Ishoq rahbarligida, 722
yilda Xurosonda Ustoz
Sis boshchiligida va 782 yilda Jurjonda qo’zg’olonlar bo’lib o’tgan.
769-783 yillarda arab istilochilari istibdodiga qarshi Movarounnahrda bo’lib
o’tgan eng katta qo’zg’olon – «Oq kiyimlilar» (chunki qo’zg’olonchilarning asosiy
jangovar guruhi oq rangdagi kiyim kiygan edilar) yoki qo’zg’olon rahbarining nomi
bilan – Muqanna qo’zg’oloni deb yuritiladi. Bu qo’zg’olon deyarli butun O’rta Osiyo
hududlariga tarqaldi.
Muqanna ism emas, balki laqabdir. Bu so’z «niqobdor»,
«pardali» ma’nolarini anglatadi. Muqannaning asli ismi Hoshim ibn Hakim bo’lib,
6
uning ismi va shaxsi to’g’risida yozma manbalarda turlicha ma’lumotlar mavjud.
Jumladan, Ya’qubiyning tasvirlashicha, Muqannani Hoshim ul-a’var, ya’ni bir ko’zli
Hoshim deb ham ataganlar. Muqanna rahbarligidagi «oq kiyimlilar» qo’zg’oloni
yengilgan bo’lsa-da, biroq u Movarounnahrda Arab xalifaligining mustamlakachilik
ildizlariga bolta urdi. Istilochilarga qarshi mahalliy xalq harakati to’la to’xtab qolmadi.
806 yilda Rofe ibn Lays boshchiligida xalifalikka qarshi yana qo’zg’olon ko’tarildi.
Ushbu qo’zg’olon
Samarqandda boshlanib, Shosh, Farg’ona, Buxoro, Narshax,
Xorazm va boshqa hududlarga ham tarqadi va xalifalikni larzaga soldi. Xuroson noibi
Ma’mun mahalliy zodagonlar-Somonxudot, uning nabiralari Nuh, Ahmad, Yahyo va
Ilyoslar yordami bilangina qo’zg’olonni bostira oldi. Arablarga
qarshi olib borilgan
kurashi behuda ketmadi. Asta-sekin xalifalikning hukmronligi zaiflashi, uning ta’sir
doirasi qisqarib bordi. Bu hol Movarounnahr aholisining ozodlikka erishuvida muhim
ahamiyat kasb etdi.