Keyingi yillarda Sharq adabiyotlarini chuqur o‘rganish ularning ko‘p tarmoqlari favqulodda murakkab tarzda o‘zaro chatishib ketgani va o‘ziga xos yaxlit bir butunlik kasb etganini ko‘rsatmoqda


-MAVZU: Ijodiy metod va adabiy oqim masalasi



Yüklə 60,2 Kb.
səhifə20/24
tarix11.10.2023
ölçüsü60,2 Kb.
#127268
1   ...   16   17   18   19   20   21   22   23   24
ADABIYOTSHUNOSLIK NAZARIYASI 16 TA

14-MAVZU: Ijodiy metod va adabiy oqim masalasi.
Mavzu dolzarbligi Hayotni badiiy aks ettirish tamoyillari 30-40-yillar adabiyotshunosldigida "metod" deb Yuritilib, unga ko‘ra badiiy adabiyotda ikkita - realistik va norealistik ijodiy metodlar mavjud deb sanalgan. Keyinroq metod atamasi ostida badiiy asarning g‘oyaviy mazmuni bilan bog‘liq bo‘lgan hayot materialini tanlash, badiiy idrok etish va baholash prinsiplari tushunila boshlangan. Ya’ni, metod endi badiiy tafakkur tarzi sanalib, u badiiy adabiyot e’tiborini voqelikning u yoki bu qirralariga qaratishi, tipiklashtirishi va baholashida namoyon bo‘luvchi hodisa sanalgan. Badiiy tafakkur tarzini anglatuvchi metod gnoseologik (ya’ni, badiiy bilish bilan bog‘liq) kategoriya bo‘lsa, uslub antropologik (ya’ni, ijodkor shaxsi bilan bog‘liq) kategoriyadir. Bir adabiy yo‘nalish doirasida turli oqimlar kuzatilishi mumkin. Zero, adabiy oqim adabiy yo‘nalishning bir ko‘rinishi, o‘ziga xos bir varianti sanaladi. Adabiy yo‘nalish va oqimdan farq qilaroq, adabiy maktab deganda nazariy jihatdan anglangan ijodiy dasturiga ega bo‘lgan, tashkiliy tuzilma sifatida shakllangan ijodkorlar guruhi tushuniladi..
San’at va adabiyotda hayot hodisalarini gavdalantirishning umumiy yo‘llari ijodiy metod deb Yuritiladi. Ijodiy metodga adabiyotlarda «Turmush hodisalarini tanlash, o‘rganish, idrok etish va tasvirlashning asosiy vositasi, «san’atkorning anglayotgan voqelikka ijodiy munosabatlarining umumiy ijodiy prinsipi, ya’ni badiiy asarda voqelikni qayta tiklash prinsipi» turli xil ta’rif beriladi. San’at va adabiyotdagi ijodiy metodlar aslida inson dunyosini, uning ilgari anglanmagan jihatlarini ko‘rsatish borasidagi izlanish yo‘llaridir. Tadqiqotlarda ijodiy metodning ikki turi: romantizm va realizm qayd qilib o‘tiladi.
Romantizm metodi hayot haqidagi, inson to‘g‘risidagi orzular ifodasidir. Bu metodda yaratilgan asarlarda xayoliy voqealar, orzulardagi obrazlar asosiy o‘rin tutadi. Ijodkor o‘z orzuidagi insonni tasvirlash uchun ko‘pincha uni hayotdagidan kuchliroq, fidoiyroq qilib ko‘rsatadi. Farhod obrazida Navoiyning inson haqidagi ideallari o‘z aksini topgan.
Realizm metodi lotincha realis so‘zidan olingan bo‘lib, «bor, mavjud narsa, haqiqiy» degan ma’noni bildiradi. Realizm metodining o‘ziga xos xususiyati hayot hodisalarini bor bo‘yi bilan ko‘rsatish va undagi mavjud nuqson, kamchiliklarni tanqid qilish desakuncha to‘g‘ri bo‘lmaydi.Chunki, kishilarda uchraydigan qusurlar boshqa metodlarda ham ifodalanishi mumkin. SHo‘ro tuzumi davrida «sotsialistik realizm metodi realizmning yuqori bosqichi» deb kelindi. Bu noto‘g‘ri qarash ekanligi aniq misollar bilan isbotini topdi.Chunki adabiyot va san’at hodisalarini ijtimoiy tuzum nomi bilan yuritish tamomila noo‘rindir.
Sharq adabiyotida realizmning rivoji XX asrga oid deb qaraladi. Adabiyotda ko‘pgina oqim va yo‘nalishlar mavjud bo‘lib, ularning ayrimlariga to‘xtalib o‘tish lozim. Klassitsizm lotincha so‘z bo‘lib, namuna, ibrat degan ma’nolarni bildiradi. Bu oqim namoyandalari o‘tmish adabiyot namunalarini o‘zlari uchun namuna, mezon, ibrat qilib olganlar. Klassitsizm nazariyotchilaridan biri fransuz adibi va adabiyotshunos N.Bualodir. Klassitsizmga ko‘ra hamma narsa qat’iy qoida asosida ko‘rsatilishi lozim. Voqea bitta yaxlit syujet tarzida gavdalantirilishi, voqea birjoyda bo‘lib o‘tishi, yigirma to‘rt soat ichida ro‘y berishi lozim. Kornel, Rasin, Moler bu yo‘nalish qoidalariga amal qilib asarlar yaratishgan.
Syurrealizm fransuzcha so‘z bo‘lib, realizmdan ham Yuqori degan ma’noni bildiradi. Unda hayot va inson dunyosi mohiyati kutilmagan obrazlar va ramzlarda tasvirlangan. XX asrda Fransiyada paydo bo‘lgan. Pol Verlen, O.Mandelshtam, A.Axmatova, M.Svetaeva, A.Blok asarlari alohida ajralib turadi.
Adabiyotshunoslikda adabiy yo‘nalishlarni ajratishda turlichalik bor. Jumladan, ayrim adabiyotshunoslar adabiy yo‘nalish deganda anglangan g‘oyaviy-estetik tamoyillarga, turli darajada amal qilinuvchi ijodiy dasturga ega bo‘lishlikni shart qilib qo‘yadilar. Biroq bu xil yondashuv chalkashliklar keltirib chiqarishi, mohiyatan bir xil adabiy hodisalarni turli atamalar bilan nomlashni keltirib chiqaradi. Masalan, bu holda klassitsizmni - adabiy yo‘nalish, romantizmni adabiyot taraqqiyotidagi bosqich deb ataladiki, bu unchalik maqbul emas. Biz adabiy yo‘nalishlarni Yu.Borev qarashlaridan kelib chiqqan holda ajratishni maqbul deb bilamiz. Unga ko‘ra, o‘tmish adabiyotidagi (mifologik realizm, o‘rta asrlar simvolizmi, uyg‘onish davri realizmi, barokko, klassitsizm, ma’rifatparvarlik realizmi, sentimentalizm, romantizm, tanqidiy realizm) hamda XX asr adabiyotidagi (realizm, sotsialistik realizm, syurrealizm, ekzistensializm) yo‘nalishlar ajratilishi mumkin.
1960 yillardan boshlab, uchta nazariy yondashuv juda katta ta’sir kuchiga ega bo‘la boshladi: tilga bag‘ishlangan keng masshtabli refleksiya, tasvirlar, dekonstruktivizm va psixoanalizga xos bo‘lgan adabiyotshunoslik kategoriyalari, jins rolining tahlili, qaysiki feminizm oqimi orqali ifodalangan jins rolining tahlili kabilarni ko‘rsatish mumkin.
Adabiyot nazariyasi har xil g‘oyalarning to‘plami bo‘lmay, bu jipslashgan kuchdir. Nazariya kitobxonlar va yozuvchilar bilan birgalikda, ma’rifiy va madaniy institutlar bilan birgalikda mavjuddir. 1960 yillargacha ham bir qancha nazariy yo‘nalishlar mavjud edi. XX asrning o‘ziga xos alomatlaridan biri rivojlanayotgan ommaviy kommunikatsiya tufayli ommaviy madaniyatning tarqalishidir. Ommaviy kommunikatsiya nima? Ommaviy madaniyat – bu real hayotning belgilar orqali ifodalanishidir. Ommaviy madaniyat bilan asosiy(fundamental) madaniyat qarama-qarshi qo‘yiladi. Fundamental madaniyat(elitar madaniyat deb ham yuritiladi) –bu chuqur ikkilamchi obraz bo‘lib, ikkilamchi modellashtiruvchi tizimdir. U til vositasida ifodalanishga muhtoj.

Yüklə 60,2 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   16   17   18   19   20   21   22   23   24




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə