Mahmudova Ozodaxon



Yüklə 54,07 Kb.
səhifə1/3
tarix30.12.2023
ölçüsü54,07 Kb.
#165004
  1   2   3
Mahmudova Ozodaxon


Mahmudova Ozodaxon
Chirchiq davlat pedagogika universiteti 1-bosqich talabasi
Ilmiy rahbar: Abdirimova Intizor Kamilovna
Chirchiq davlat pedagogika universiteti p.f.f.d (PhD)
e-mail: intizorabdirimova@gmail.com
tел: +998907386573
QO'SHMA GAPLAR TASNIFI
Annotatsiya. Ushbu maqolada “ to'liq va to'liqsiz gaplar haqidagi nazariy qarashlar” mavzusi haqida fikr yuritilib, ba’zi mulohazalar tahlil qilingan.
Kalitlar sozlar: Qo`shma gap, bog`langan qo`shma gap, ergashgan qo`shma gap, bog`lovchisiz qo`shma gap, bosh gap, ergash gap, ergashtiruvchi bog`lovchi va bog`lovchi vositalar.
Ikki yoki undan ortiq grammatik asosning mazmun, grammatik va intonatciyaga ko`ra birikishdan hosil bo`lgan gap qo`shma gap deyiladi.
Qo`shma gapning grammatik asosi ikki yoki undan ortiq gaplar bo`lib, uning qismlari mazmun va grammatik jihatdan, shuningdek, intonatciyaga ko`ra birikib, bir butunlikni tashkil qiladi.
Masalan: Quyosh jilmayib boqar va sarg`aygan ko`katlar kokilida shudring jilolanardi. (O`.Hoshimov) Bu qo`shma gap tarkibida ikkita grammatik asos bo`lib, ular orasida bir paytda ruy berayotgan voqea- hodisalar ifoda etilgan. Qo`shma gap qismlari esa zidlov bog`lovchisi yordamida o`zaro birikkan.
Qo`shma gap turlari.
Qo`shma gaplar, qismlarining o`zaro birikish usuli va semantik munosabatiga ko`ra, uch xil bo`ladi:
1.Bog`langan qo`shma gap; 2.ergashgan qo`shma gap; 3. Bog`lovchisiz qo`shma gap.
Qiyoslang: Iste`dod hamisha har xil bo`ladi, iste`dodsizlar esa hamma joyda bir xildir (e. Vohidov) Shuni aytmoqchimizki, odam hamma vaqt bilimga tashna bo`lishi shart. Fan xalqqa suv- havodek zarur, uni taraqqiy ettirmagan mamlakat, shubhasiz, mustamlakaga aylanadi.
Keltirilgan misollarning birinchisi bog`langan qo`shma gap bo`lib, uning qismlari esa yordamchisi vositasida o`zaro teng bog`langan; ikkinchisi ergashgan qo`shma gap bo`lib, uning qismlari –ki aniqlov bog`lovchisi orqali ikkinchi qismni birinchi qismga tobelik yo`li bilan bog`langan; uchinchi gap bog`lovchisiz qo`shma gap bo`lib,uning qismlari o`zaro hech qanday bog`lovchi vositalarisiz- faqat intonatsiya (ohang) orqali birikkan.

Yüklə 54,07 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə