2 mavzu. Transformatorlar haqida umumiy tushunchalar, uning tuzilishi va ishlash prinsipi transformatorlar Reja



Yüklə 42,58 Kb.
səhifə1/10
tarix28.11.2023
ölçüsü42,58 Kb.
#136778
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
2 mavzu. Transformatorlar haqida umumiy tushunchalar, uning tuzi-www.hozir.org


2 mavzu. Transformatorlar haqida umumiy tushunchalar, uning tuzilishi va ishlash prinsipi transformatorlar Reja




2 mavzu. Transformatorlar haqida umumiy tushunchalar, uning tuzilishi va 
ishlash prinsipi transformatorlar 
Reja: 
1. Transformatorlarlarning vazifasi va qo‘llanish soxalari.

2. Bir fazali transformatorni tuzilishi va ishlash prinsipi.


3. Transformatorlarning ish holatlari: salt ishlash holati.
1. Transformatorlarlarning vazifasi va qo‘llanish soxalari.
Amalda eng keng tarqalgan va ko‘p ishlatiladigan elektr qurilmalaridan biri
transformatorlardir. Masalan oddiy telefoningizni zaryadlashda ham transformator
ishlatiladi 1-rasm. Telefon akkumulatori 3,5 - 4 V atrofidagi kuchlanishda
ishlaydi, siz esa uni zaryadlash uchun 220 V kuchlanishli tramoqqa ulaysiz.
Albatta zaryadlash qurilmasining ichida kuchlanishni 220 V dan 4 V gacha
kamaytirish (pasaytirish) kerak bo‘ladi, aynan shu vazifani transformator bajaradi.
Yoki elektr uzatish liniyalarining yuqori kuchlanishi transformatorlar yordamida
220 V gacha kamaytirilib iste’molchiga uzatiladi.
12.1-rasm. Telefon zaryadlash qurilmasining umumiy ko‘rinishiva uning
transformatori.
Transformator o‘zgaruvchan elektr toki kuchlanishini (tok kuchini)
o‘zgartirishga mo‘ljallangan statik elektromagnitik qurilma. Transformatorning
ishlashi mexanik harakat bilan bog‘liq emas, shuning uchun u statik mashinalar
turiga kiradi (ishlashi mexanik harakat bilan bog‘liq bo‘lgan qurilmalar dinamik
mashinalar deyiladi, masalan elektr dvigateli). Transformatorning ishlash prinsipi
elektromagnitik induksiya qonuniga asoslanadi, shuning uchun uni elektromagnitik
qurilma deb aytiladi.
Transformatorlar ayniqsa elektr uzatish tizimlarida muhim rol o‘ynaydi. Aynan
transformatorlarning ixtiro qilinishi o‘zgaruvchan elektr tokini uzoq masofalarga
samarali (quvvat isrofini kamaytirib) uzatish imkonini yaratdi. Elektrostansiyalarda
ishlab chiqarilgan elektr energiyasini uzoq masofalarga uzatishda, energiya
isrofini kamaytirish uchun kuchlanish oshiriladi. Iste’molchida esa, liniyadan
kelayotgan
yuqori
kuchlanish,
qurilmalarning
ishchi
kuchlanishigacha
pasaytiriladi. Kuchlanishni bunday ko‘paytirish va kamaytirish transformatorlar
yordamida amalga oshiriladi.



Elektrostansiyaning


12 000
V
o‘zgaruvchan kuchlanishi (9.2- rasm)
transformatorlar yordamida bir necha yuz kilovolt kuchlanishgacha orttiriladi va
uzatish liniyasiga beriladi, iste’molchida esa bu kuchlanish yana transformatorlar
yordamida pasaytiriladi (zamonaviy elektrostansiyalarda generatorlar 12 kV dan
25 kV gacha kuchlanishda o‘zgaruvchan tok ishlab chiqaradi). Bundan tashqari,
ko‘plab elektr va elektron qurilmalarining ishchi qismlari turli xil kuchlanishlarda
(asosan 4V, 6V, 9V, 12V, 24V, 36V kuchlanishda ishlovchi qurilmalar keng
tarqalgan) ishlaydi. 220 V tarmoq kuchlanishini ana shu kuchlanishlargacha
pasaytirish uchun qurilmalarda maxsus transformatorlar ishlatiladi.
12.2- rasm. Elektr energiyasini uzatish sxemasi.
12. 3-rasm.Komp’yuter transformatori 12.4-rasm.
Payvandlash transformatori
Bu transformatorlar kuch transformatorlari deb aytiladi. Kuch
transformatorlari qurilmaning qismlarini kerakli kuchlanishlashdagi elektr toki
bilan ta’minlaydi. Yoki elektr payvandlashda kuchlanish pasaytiruvchi
transformatorlar yordamida 18-24 V kuchlanishgacha pasaytiriladi va elektr
razryadi (elektr yoyi) hosil qilib payvandlanadi. Kuchlanishni pasaytirib razryad
tokini oshirish payvandlash xavfsizligini ta’minlaydi. Bugungi kunda elektr
payvandlashning texnikaviy axamiyati xammamizga ma’lum.
сақлагич
Ўзгармас ток, ўзгарувчан ток ва қаршилик
режимлари
Улаш
қисқичлари
Қурилма ўлчов диапазонини ва амперметр вольтметр ёки омметр
режимларини танлаш дастаги
Ток кучи ва
кучланиш
шкаласи






Yüklə 42,58 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə