2 mavzu. Transformatorlar haqida umumiy tushunchalar, uning tuzilishi va ishlash prinsipi transformatorlar Reja


 Bir fazali transformatorni tuzilishi va ishlash prinsipi



Yüklə 42,58 Kb.
səhifə3/10
tarix28.11.2023
ölçüsü42,58 Kb.
#136778
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
2 mavzu. Transformatorlar haqida umumiy tushunchalar, uning tuzi-www.hozir.org

2. Bir fazali transformatorni tuzilishi va ishlash prinsipi. 
1. Transformatorning tuzilishi 
Transformator ikki qismdan iborat (12.5 a –rasm);
-elektrotexnik po‘latdan yasalgan o‘zak;
-o‘zakka o‘ralgan chulg‘amlar.


12.5-rasm. Transformatorning tuzilishi (a) va sxemalardagi shartli belgilanishi (b).


O‘zak. Transformator o‘zaklari elektrotexnik po‘latdan yasaladi, chunki bu
po‘latning magnit singdiruvchanligi juda yuqori bo‘lib 2000 dan 6000 gacha
bo‘lishi mumkin. Agar havoning magnit singdiruvchanligi 1 ga teng ekanligini
hisobga olsak
H
B


bog‘lanishga asosan elektrotexnik po‘latdan yasalgan o‘zakka o‘ralgan g‘altakda,
havodagiga nisbatan 6000 martagacha katta magnit oqimi hosil qilish mumkin.
Bu yerda N g‘altakdagi magnit maydon kuchlanganligi.
O‘zak yasash uchun elektrotexnik po‘latdan, qalinligi 0,35mm dan 0,50 mm gacha
bo‘lgan yupqa yaproqchalar kesib olinadi. Qatlamlar (yaproqchalar) orasiga
maxsus, issiqlikka chidamli dielektrik lak suriladi, ayrim hollarda qog‘oz
izolyatorlar ham ishlatiladi. Eng sodda o‘zak to‘g‘ri to‘rt burchak shaklida
(sterjenli o‘zak) bo‘lib, uning yaproqchalari turli xil shakllarda bo‘lishi mumkin.
Amaliyotda G simon, P simon va I simon yaproqchalar ko‘proq qo‘llaniladi
12.6-rasm.
12.6-rasm. Transformator o‘zagi yaproqchalari va ularni tayyorlash jarayoni:
a - G simon yaproqcha, b - P simon yaproqcha, v - I simon yaproqcha.
O‘zakning kesim yuzasi
ab
S

, bu yuza yarma deb ataladi. Bu yerda, a-
yaprochalar kengligi; b-o‘zakning qalinligi. O‘zakdagi magnit oqimini

cos
BS


formula orqali hisoblashda shu yuza hisobga olinadi. O‘zakning
o‘rtasidagi, eni s, balandligi d bo‘lgan tirqish darcha deyiladi. O‘zakning
geometrik shakli turlicha bo‘lishi mumkin. Amalda ko‘proq sterjenli, bronli va
toroidal o‘zaklar keng tarqalgan. Lekin barchasida o‘zak yupqa yaproqchalardan
трансформатор
4 В



tashkil topgan bo‘ladi. 7-rasmda sterjenli, bronli va toroidal o‘zaklar va ular


asosidagi transformatorlar ko‘rsatilgan.
12.7-rasm. Sterjenli, bronli va toroidal transformatorlarva ularning o‘zaklari
Transformator o‘zagini yaxlit emas, balki o‘zaro izolyatsiyalangan yupqa
yaproqchalar ko‘rinishida yasash o‘zakni uyurmali toklar ta’sirida qizib ketishidan
asraydi. Magnit maydoni ta’siridagi metallarda uyurmali toklarning yuzaga
kelishini birinchi bo‘lib 1924 yilda fransuz olimi D.F. Arago kashf etgan. Lekin
u bu toklarning yuzaga kelish sabablarini va tabiatini o‘rganmagan. Faradeyning
elektromagnitik induksiya qonuni kashf (1831 yilda) etilgandan so‘ng uyurmali
toklar fransuz olimi Jan Bernar Fuko tomonidan batafsil o‘rganildi. Shuningdek
Fuko uyurmali toklar metallni qizdirishini ham aniqladi.
12.8-rasm. O‘zakda uyurmali toklarning yuzaga kelishi.
Agar o‘tkazgichni kesib o‘tayotgan magnit maydon o‘zgarsa (buning uchun magnit
maydoni o‘zgarishi, yoki o‘tkazgich magnit maydonida harakatlanishi kerak)
o‘tkazgichda uyurmali toklar yuzaga keladi 12.8- rasm. Bu toklar o‘zak qalinligi
bo‘ylab yopiq konturlar hosil qilib oqadi 12.9a- rasm. Tok kuchining kattaligi
o‘zakning qarshiligi bilan aniqlanadi. Agar o‘zak qalingini kamaytirsak qarshilik
ortadi, natijada uyurmali tok kamayadi 12.9b-rasm. Buning uchun o‘zakni yupqa
plastinalar ko‘rinisha kesib, orasiga dielektrik lak surib yana qaytadan yopishtrib
shtamplanadi. Endi bir plastinkadagi tok ikkinchi plastinkaga o‘ta olmaydi
220
В
500
кВ
12
кВ



12.9-rasm. O‘zakdagi uyurmali toklarni kamaytirish.


Elektromagnitik induksiya qonuni asosida ishlovchi barcha elektr
mashinalarining (trnsformator, generator, dvigatel, elektromagnitik rele) o‘zaklari
xuddi shunday yasaladi.

Yüklə 42,58 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə