2 mavzu. Transformatorlar haqida umumiy tushunchalar, uning tuzilishi va ishlash prinsipi transformatorlar Reja



Yüklə 42,58 Kb.
səhifə2/10
tarix28.11.2023
ölçüsü42,58 Kb.
#136778
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
2 mavzu. Transformatorlar haqida umumiy tushunchalar, uning tuzi-www.hozir.org

Qisqacha tarixiy ma’lumotlar.
Transformator elektr qurilmasi sifatida
birdaniga paydo bo‘lmagan, uning hozirgi, biz biladigan transformator ko‘rinishiga
kelishi o‘ziga yarasha rivojlanish davrini bosib o‘tgan. Transformator
elektromagnitik induksiya qonuni asosida ishlaydi, demak, u Faradeyning
elektromagnitik induksiya qonuni bilan bog‘liq. Shuning uchun ham Faradeyda
transformator haqida qandaydir tushuncha va tajribaviy asoslar bo‘lmasligi
mumkin emas edi. Haqiqatan ham u, 1831-yildagi o‘z tajribalarida temirga
o‘ralgan mis chulg‘amlar yonma- yon turgan paytda, birinchi chulg‘amga tok
ulansa, ikkinchi chulg‘amda ham qisqa muddatli tok paydo bo‘lgani haqida
yozgan. Lekin Faradey o‘zgarmas elektr tokidan foydalanganligi uchun, ikkinchi
chulg‘amdagi tok qisqa muddatli bo‘lgan (faqat ulanish jarayonidagi o‘zgarish
tufayli). Faradey bu paytda masalaga kuchlanishni o‘zgartirish nuqtai-nazaridan
yondoshmagani
uchun
ahamiyat
bermagan
va
uni
o‘rganmagan.
Transformatorning paydo bo‘lishi 1852 yilda fransuz muhandisi
G. Rumkorf
tomonidan yaratilgan induksion g‘altakdan boshlanadi. Bu g‘altak yordamida u
katta kuchlanishli elektr toki hosil qilgan. Keyinchalik, 1872 yilda Moskva
universitetining professori
Aleksandr Grigorevich Stoletov magnit materiallarda
gisterezis xalqasini kashf etdi va transformatorlar texnologiyasining rivojlanishiga
katta hissa qo‘shdi.
Tom ma’nodagi transformatorni birinchi bo‘lib rus olimi Pavel Nikolaevich
Yablochkov ixtiro qildi va 1876 yil 30 noyabrda o‘z ixtirosini patentladi. Uning
transformatori hozirgi transformatorlardan biroz farq qilib, ikkala chulg‘am ham
bitta to‘g‘ri sterjen-o‘zakka o‘ralgan edi. 1884 yilda Angliyada aka-uka Eduard
va Jon Gopkinsonlar esa yopiq o‘zakli transformatorni yaratishdi va magnit
zanjirlarini hisoblashni amalga tadbiq etdilar. Bu kashfiyotlar transformatorlar
texnologiyasini va ularni ishlab chiqarishni rivojlantirishda muhim omil bo‘ldi.
Transformatorlarning o‘zaklarini yupqa plstinkalar ko‘rinishida yasab, uyurmali
toklar ta’sirini kamaytirish g‘oyasi Tomas Edisonning shogirdi Eptonga tegishli.
Transformatorlarning kashf qilinishi o‘zgaruvchan elektr tokidan malda
foydalanish imkoniyatollarini kengaytirdi. Jumladan, 1889 yilda rus i injeneri
Mixail Osipovich Dolivo-Dobrovlskiy uch fazali o‘zgaruvchan elektr toki
sistemasini yaratdi va 1891 yilda 95 kV yuqori kuchlanishli elektr uzatish liniyasi
orqali 230 kVt gacha bo‘lgan quvvatni 175 km masofaga uzatib, o‘zgaruvchan
elektr toki yordamida katta quvvatli elektr energiyasini uzoq masofalarga uzatish
mumkin ekanligini amalda isbotlab berdi. Shu davrdan boshlab sanoat miqyosida
(katta quvvatlarda) o‘zgaruvchan elektr toki ishlab chiqarish va uni uzatish
amaliyotga keng kirib kela boshladi.

Yüklə 42,58 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə