2 mavzu. Transformatorlar haqida umumiy tushunchalar, uning tuzilishi va ishlash prinsipi transformatorlar Reja


 – mavzu. Uch fazali transformatorlar. Avtotransformatorlar va maxsus



Yüklə 42,58 Kb.
səhifə9/10
tarix28.11.2023
ölçüsü42,58 Kb.
#136778
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
2 mavzu. Transformatorlar haqida umumiy tushunchalar, uning tuzi-www.hozir.org

11 – mavzu. Uch fazali transformatorlar. Avtotransformatorlar va maxsus 
transformatorlar
Reja: 
1. Uch fazali transformatorlarning vazifasi va qo‘llanilish soxalari. Uch fazali
transformatorlarning tuzilishi va ishlash prinsipi. Transformatsiya koeffitsienti.
Uch fazali transformatorlar chulg‘amlarini ulanish sxemalari va gruppalari.
2. Avtotransformatorlarni tuzilishi va ishlash prinsipi. Pasaytiruvchi va
kuchaytiruvchi avtotransformatorlar.
3.O‘lchash transformatorlari qo‘llanish soxalari. Toklar transformatorlari va
kuchlanishlar transformatorlari ulanish sxemalari.
Uch fazali transformatorlar 
Elektr uzatish liniyalarida va katta quvvatli elektr qurilmalarida uch fazali
elektr toki ishlatiladi. Bu uch fazali sistemalarning transformatorlari ham albatta
uch fazali bo‘ladi. Uch fazali transformator tuzilishiga ko‘ra bitta o‘zakda
yig‘ilgan, uchta bir fazali transformatorlar sistemasidan iborat (14.1a-rasm). Har
uchchala fazaning kirish va chiqish chulg‘amlari mavjud. Natijada uch fazali
transformatorda uchta alohida chulg‘am va ularning uchlari, jami 12 ta ochiq
uchlar mavjud (14.1 b-rasm). Kirish chulg‘amlarining faza uchlari, uch fazali tok
sistemasidagi kabi, A, V, S bosh harflar bilan belgilanadi.
Transformatorlardan
foydalanishda
elektr
uzatish
liniyalarining
pasaytiruvchi transformatorlarini nazarda tutish odatga aylangan. Shuning uchun
ham “kirish va chiqish chulg‘amlari” o‘rnida “yuqori kuchlanish va past
kuchlanish chulg‘amlari” iboralari keng tarqalgan.Chiqish chulg‘amlarining faza
uchlari esa mos holda a, v, s kichik harflar bilan belgilanadi. Kirish (yuqori
kuchlanish) chulg‘amining transformator ichidaga oxirlarini mos holda X, U, Z
deb, chiqish chulg‘amlarining xuddi shunday transformator ichidagi oxirlarini x, u,
z deb belgilaymiz. Demak uch fazali transformatordan foydalanganimizda,
transformatorning A, V, S uchlari uch fazali tarmoqqa, a, v, s uchlari esa uch
fazali iste’molchiga ulanadi. Natijada, transformator ichidagi X, U, Z va x, u, z
ochiq qolgan fazalar (15-b rasm) uchlarining o‘zaro ulanishi masalasi yuzaga



keladi. Ular uch fazali tokdagi singari o‘zaro uchburchak , yoki yulduz sxemada


ulanishi mumkin. Aynan shu ulanishning turlariga qarab uch fazali transformator
chulg‘amlarining turli ulanish sxemalari mavjud.
14.2-rasm. Uchta bir fazali transformatorlar sistemasi (a) va uch fazali
transformator (b)
ulanishlarini
kasr
ko‘rinishda
belgilash
qabul
qilingan,
masalan
“uchburchak/yulduz”, bunda kasrning surati kirish chulg‘amining ulanish
sxemasini, kasrning maxraji esa chiqish chulg‘amining ulanish sxemasini bildiradi.
Umuman uch fazali transformator chulg‘amlari “uchburchak/yulduz”, “yulduz-
uchburchak”, “yulduz/yulduz” va uchburchak/uchburchak sxemalarda ulanishi
mumkin. 14.3 - a rasmda transformator chulg‘amlari oxirlari va ularning
belgilanishlari keltirilgan.
14.3-rasm. Uch fazali transformator chulg‘amlarining o‘ralishi va o‘zaro ulanishi.
Rasmdagi chulg‘amlarning o‘ralishiga e’tibor beradign bo‘lsak shu narsa
ko‘rinadiki, fazalarning chulg‘amlari, ular o‘zaro qanday tutushtirilishidan qatiy
nazar, bir tomonga qarab o‘ralgan. 14.3-b rasmda esa chulg‘amlar yulduz/yulduz
(Y/Y) sxemada ulangan. Demak bu transformator, chulg‘amlari (Y/Y) sxemada
ulangan transformator deyiladi.

Yüklə 42,58 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə