2 mavzu. Transformatorlar haqida umumiy tushunchalar, uning tuzilishi va ishlash prinsipi transformatorlar Reja



Yüklə 42,58 Kb.
səhifə4/10
tarix28.11.2023
ölçüsü42,58 Kb.
#136778
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
2 mavzu. Transformatorlar haqida umumiy tushunchalar, uning tuzi-www.hozir.org

Chulg‘amlar
. Transformatorlarning chulg‘amlari asosan mis simlardan
o‘raladi. Ayrim hollarda, masalan elektr payvandlash transformatorlari
chulg‘amlari alyumin simlardan ham o‘ralishi mumkin.
Chulg‘am izolyatorlari sifatida dielektrik laklar, moy va
parafin shimdirilgan qog‘ozlar, hamda maxsus transformator
moylari ishlatiladi. Kam quvvatli transformatorlarning
chulg‘amlarida maxsus elektroizolyator laklar ishlatiladi.
Chunki bunday transformatorlarning chulg‘amlari juda ko‘p
bo‘lib, yupqa lak qatlami transformator chulg‘ami
o‘lchamining katta bo‘lib ketishiga yo‘l qo‘ymaydi. Bunday
laklar kolloid aralashmalar turiga kiradi va quriganda qattiq dielektrik qatlam hosil
qiladi. Qatlam hosil qilish uchun tabiiy va sintetik smolalar ishlatilsa, erituvchi
sifatida benzol, spirt, aseton kabi tez uchuvchi suyuqliklar ishlatiladi. Kam quvvatli
transformatorlarning va elektromagnitik relelarning chulg‘amlarida ko‘proq ML-
92 markali lak eng ko‘p ishlatiladi.
Quyida ushbu lakning asosiy xarakteristikalari keltirilgan:
-qarshiligi - 10
12
Om x m;
-20°S haroratdagi elektr mustahkamligi - 70 MV/m;
-105-110°S haroratda lakning qurish vaqti - 1 soat;
-lakning stabil tarkibi - 55 %;
-lakning qotgandagi qattiqlik darajasi – 0,4.
Laklar elektr izolyatsiyalashdan tashqari kley vazifasini ham bajaradi.
Chulg‘amlarni o‘rash jarayonida qatlamlar orasiga ham lak surilganda o‘ram
qatlamlari o‘zaro yopishib, tarqalib ketishdan saqlanadi.
Электр узатиш
линиялари
10 кВ
220В
Электростанция
Кучайтирувчи
трансформатор
Пасайтирувчи
трансформаторлар



12.10-rasm. Lak ham izolyator, ham kley vazifasini bajaradi


Lekin, lak izolyatorlarni katta quvvatli transformatorlarda ishlatib bo‘lmaydi.
Izolyatsiya mustahkamligini oshirish uchun katta quvvatli transformator
chulg‘amlarida maxsus moy va parafin shimdirilgan qog‘ozlar chulg‘am simiga
o‘rab chiqiladi va so‘ng chulg‘amning o‘zi o‘raladi. Bunda, moy va parafin qatlami
elektr izolyatorlikdan tashqari, namlikdan va chirishdan himoyalash qatlami
vazifalarini ham bajaradi.
12.11- rasm. Chulg‘am simlarini izolyatsiyalovchi lentalar bilan o‘rash
Katta quvvatli transformatorlarda (masalan elektr uzatish liniyalaridagi
taqsimlash transformatorlari) maxsus transformator moylari ishlatiladi. Bunday
transformatorlarning chulg‘amlari prujinasimon tarzda o‘ralgan bo‘lib o‘ramlar
orasini maxsus izolyatsiyalovchi suyuqlik-transformator moyi to‘ldirib turadi. Moy
bir vaqtning o‘zida chulg‘amlarni sovituvchi suyuqlik vazifasini ham bajaradi.
Transformator moylari neftni 300-400°S darajada qaynatib haydash yo‘li bilan
hosil qilinadi. Moyning tarkibi 10-15 % parafin, 60-70% sikloparafin va 15-20%
uglevodoroddan iborat. Moyning asosiy xususiyatlaridan biri oksidlanishga
nisbatan yuqori darajada stabilligidir. Bu moyning ishlash jarayonida uzoq vaqt
kimyoviy va fizikaviy xususiyatlari o‘zgarmay turishini ta’minlaydi. Moyning
zichligi uning turlariga qarab 840-890 kg/m
3
oraliqda bo‘lib, elektr qarshiligi katta
bo‘lishi uchun odatda yuqori qovushqoqlikka ega bo‘ladi.
Transformator moylari havoga nisbatan ancha katta qarshilikka ega, shuning
uchun izolyator sifatida moylarni ishlatish transformator o‘lchamlarini
kamaytirishga ham imkoniyat yaratadi.






12.12-rasm. Elektr uzatish liniyalarining moyli transformatlorlari.





Yüklə 42,58 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə