Yog’-moy korxonasi jixozlari



Yüklə 0,82 Mb.
tarix11.12.2023
ölçüsü0,82 Mb.
#146792
YMKJ ma\'ruza 6


YOG’-MOY KORXONASI JIXOZLARI” fani.
Ma’ruza № 6.
Mavzu. Mag’izni maydalash jixozlari.

Urug'lar mag’zini maydalash o'simlik moylarini ishlab chiqarishda muhim rol o'ynaydi, yog chiqishiga va qayta ishlash uskunasining ishlashiga bevosita ta'sir qiladi. Ezishning maxsus turi–moy olish uchun ishlatiladigan materialni maydalashdir. Magiz tuzilishini mumkin qadar yo'q qilish, optimal zarracha shakliga keltirish. Maydalash jarayonida urug mag’zi maydalanib, yog' hujayradan oqib chiqashi osonlashadi.


Zarrachalarning optimal mayda o'lchamlarida olinisni maydalashning juda yuqori sifatliligini bildiradi, katta zarracha o'lchamlari diffuziya hodisasi bilan bog'liq bo'lgan presslash va ekstraktsiya jarayonini yanada yomonlashtiradi. Maydalangan mag’iz kukun holda va issiqlik o'tkazuvchan bo'lishi kerak. Yaxshi maydalangan mag’iz bir xil zarracha hajmida bo'lishi kerak, 1 mm elakdan o'tadi, yirik buzilmagan magizni o'z ichiga olmasligi va shu bilan birga, juda kichik zarrachalar miqdori kam bo'lishi kerak.
Magizni maydalash uchun materialni mayda qilish orqali erishiladi. Bu mexanik tasirlar: maydalash, zarba berish, kesish, ishqalash. Odatda bir nechta harakatlar kombinatsiyasi qo'llaniladi. Maydalangan mag’z turli govakliklari yo'g’ chiqishi bir xil tarzda sodir bo'lmaydi. Qobiqning kuchi yadro kuchidan kattaroqdir.
Yaxshi maydalangan magiz teshik diametri 1 mm bo'lgan bo'lgan elaklardan 60% miqdori o’tishi, tarkibida buzilmagan hujayralar bo'lmasligi kerak. Qabigi mustaxkam va yog'i kam urug'lar katta kuch bilan maydalanadi. Maydalash samaradorligi namlikka ham bog'liq, juda quruq urug'lar ko'proq mo'rt bo'ladi va maydalashda kukun hasil boladi.
Urug'larni maydalashdan oldin qizdirish tavsiya etilmaydi. Lekin moy olish uchun ekstraksiya jarayonidan foydalanganda materialni isitish tavsiya etiladi. Maydalanish samaradorligi yog miqdoriga bog'liq.
G‘o‘za chigitlari uchun optimal namlik: I – III navli chigitlar uchun 8,5–9,5%, IV navli chigitlar uchun 9,5–10,5%. Elak teshiklari o'lchami 1 mm bo'lgan elakdan maydalangan magiz miqdori 50% dan oshib 60% gacha bolishi shart.





Mavzu bo’yicha savollar.
1.Mag’iz nimaga maydalanadi?

2.Qaysi jixozda mag’iz maydalanadi?
Yüklə 0,82 Mb.

Dostları ilə paylaş:




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə