Guruh: 620-19 guruh



Yüklə 8,92 Kb.
səhifə1/3
tarix21.10.2023
ölçüsü8,92 Kb.
#130084
  1   2   3

Guruh: 620-19 guruh

Guruh: 620-19 guruh

Bajardi: Azimbayev A.

Mavzu: Аrxitektura tushunchasi atrof muhitni tashkil etish shakli sifatida.

Reja:

  • Arxitektura to‘g‘risida tushuncha.
  • Arxitekturaning maqsadi va vazifalari.
  • Xulosa.

Arxitektura to‘g‘risida tushuncha

Inson faoliyatining qadimiy va nafis sohalaridan biri bu arxitekturadir. Arxitekturaga ta’rif bermasdan avval, “arxitektura” so‘zining kelib chiqishiga nazar tashlaylik. So‘z ildizi “tektura” qurilish san’ati ma’nosini berib, “arxi” qo'shimchasi esa oliy, yuqori darajada degan ma’noni bildiradi. Demak, “arxitektura” — qurilishning yuqori bosqichi, ya’ni oliy darajadagi qurilish demakdir.

Aynan shu m a’noda “arxitektor” o'zbek tilidagi “me’mor” so'ziga yaqin turadi. Shuning uchun ham arxitekturaga nisbatan me’morchilik atamasi keng ishlatiladi.

Arxitektura qurilish san’atining oliy darajasi, biroq har qanday qurilishni ham arxitekturaga tenglashtirish yoki o'xshatish mumkin emas. Chunki qurilish juda keng qamrovli so‘z bo‘lib, arxitekturaga mos bo'lm agan ayrim sohalami ham o‘z ichiga oladi. Masalan, temiryo'l qurilishi, yerosti quvurlari yoki shaxtalar qurilishi va hokazo.

Arxitektura qurilish san’atining oliy darajasi, biroq har qanday qurilishni ham arxitekturaga tenglashtirish yoki o'xshatish mumkin emas. Chunki qurilish juda keng qamrovli so‘z bo‘lib, arxitekturaga mos bo'lm agan ayrim sohalami ham o‘z ichiga oladi. Masalan, temiryo'l qurilishi, yerosti quvurlari yoki shaxtalar qurilishi va hokazo.

Demak, har qanday qurilish ham arxitektura bo‘la olmaydi, lekin har qanday arxitektura negizida, avvalambor, qurilish yotadi. Qurilishning arxitekturaga aylanishi uchun u yuqori darajadagi san’at namunasi yoki asari tarzida yaratilishi kerak.

Arxitekturani inson amaliy faoliyatining boshqa turlaridan, shu jum ladan, qurilishdan farqi shundaki, u foydalilik masalalaridan tashqari, muayyan tarixiy va ijtimoiy-ma’naviy muhit ham da davr ehtiyojlarini qondiruvchi mafkuraviy va badiiy estetik vazifalarni ham bajaradi. Arxitekturaning hoziigacha qabul qilingan ta’rifi shunday: arxitektura — inson va jamiyat faoliyati, insonning maishiy turmushi, mehnati, umuman hayoti uchun fazoviy muhit yaratish san’atidir.


Yüklə 8,92 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə