Guruh: 620-19 guruh

Yüklə 8,92 Kb.
səhifə2/3
tarix21.10.2023
ölçüsü8,92 Kb.
#130084
1   2   3

Arxitekturani inson amaliy faoliyatining boshqa turlaridan, shu jum ladan, qurilishdan farqi shundaki, u foydalilik masalalaridan tashqari, muayyan tarixiy va ijtimoiy-ma’naviy muhit ham da davr ehtiyojlarini qondiruvchi mafkuraviy va badiiy estetik vazifalarni ham bajaradi. Arxitekturaning hoziigacha qabul qilingan ta’rifi shunday: arxitektura — inson va jamiyat faoliyati, insonning maishiy turmushi, mehnati, umuman hayoti uchun fazoviy muhit yaratish san’atidir.

Bu yerda “fazoviy” deyilganda kosmosni emas, balki yer sathi ustida quriladigan obyektlar joylarni nazarda tutiladi. Bunday fazoviy muhit yopiq yoki ochiq boMishi mumkin

Yana shuni aytish joizki, «arxitektura» o'zining yaratilishi jihatidan ikki ma’noda ishlatiladi, birinchidan, inson ijodiy faoliyatining sohasi ma’nosida va, ikkinchidan, shu faoliyatning mahsuli ma’nosida.

Arxitekturaning maqsadi va vazifalari. Insonlam ing yashashi, ishlashi va dam olishiga mo'ljallanib tashkillashtirilgan makonni yoki muhitni shakllantirish arxitekturaning bosh vazifasidir. Biroq, uning vazifasi bu bilan cheklanmaydi. Ma’lumki, har qanday muhit odamlar ruhiyatiga, ongining shakllanishiga ta’sir ko‘rsatadi. Chunki arxitekturada qo’- llaniladigan hajmiy shakllar, moddiy muhit biron bir jozibali ko'rinishga yoki axborotga ega bo'ladiki, ular odamlar didiga, ongiga ijobiy yoki salbiy ta’sir etishi mum kin.

Arxitekturaning vazifasiga ana shu muhitda insonlar uchun o'ziga xos qulaylik va shinamlik yaratishgina emas, balki insonning go‘zallikka bo’lgan ehtiyojini qondirish, u yashayotgan jamiyat madaniy hayoti, xalqchil milliy an ’analari va ilg'or estetik tuyg'ularini o’zida aks ettirish kabi vazifalar ham kiradi.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3

Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə