Maydalash haqida umumiy ma’lumotlar. Maydalash



Yüklə 352,84 Kb.
səhifə1/5
tarix22.03.2024
ölçüsü352,84 Kb.
#180337
  1   2   3   4   5
1. Maydalash haqida umumiy ma’lumotlar 77


Mavzu: Maydalash jarayonlari haqida umumiy ma’lumot.
Reja:
Kirish.

  1. Maydalash haqida umumiy ma’lumotlar.

  2. Maydalash sxemalari.

  3. Maydalash dastgohlari va ularning turlari.

Foydalanilgan adabiyotlar.

Kirish.


Rudalarni maydalash uchun ishlatiladigan dastgohlar (maydalagichlar) yordamida maydalash bir yoki bir nechta bosqichlarda amalga oshiriladi.
Maydalash va yanchish jarayonlari yordamida foydali qazilma yoki ruda bo‘laklari o‘zining tashqi kuchlar va minerallarning ichki urilish kuchlari ta’sirida maydalanadi. Maydalash jarayoni bilan yanchish bir biridan o‘zaro farqlanib, maydalangan mahsulot 5mm va undan katta o‘lchamlarda chiqadi. Yanchilgan mahsulotning yirigi 5mm gacha bo‘lishi mumkin. Maydalash jarayonlari gidrometallurgiya zavodlari va boyitish fabrikalarida foydali qazilmalarni maydalash maqsadida qo‘llanilib, bu jarayon tayyorlov jarayonlariga mansubdir, ya’ni ruda bo‘laklari tarkibidan qimmatbaho komponent va minerallarni maydalab, ajratib, boyitish uchun tayyorlab beradi. Maydalash vaqtida qattiqligi yuqori bo‘lgan rudalarning maydalanishi anchagina qiyin kechadi va ma’lum bir kattalikdagi o‘lcham­larga bo‘linadi. G‘ovak, mo‘rt va yumshoq tog‘ jinslari tezda maydalanadi va o‘lchamlari juda ham kichik bo‘ladi.
Maydalash jarayonlari nafaqat boyitish fabrikalarida, balki elektrostantsiyalarda ko‘mir yoki slanetslarni maydalashda; kokslash zavodida kokslashdan oldin ko‘mirni maydalashda; metallurgiya zavodlarida flyuslar sifatida dolomitlar va ohaktoshni maydalashda; yo‘l qurilishlari uchun har xil kattalikdagi toshlarni maydalashda ishlatiladi.


  1. Maydalash haqida umumiy ma’lumotlar.

Boyitish fabrikasiga Ma’dan har yil o‘lchamdagi bo‘laklar holida kelib tushadi. Rudaning yiriklik xarakteristikasi yoki uning granulometrik tarkibi konni qazib olish usuliga, rudaning qattikligiga, konning sanoat quvvatiga va h.k. larga bog‘liq. Rudani boyitishdan oldin foydali qazilma minerallari va puch tog‘jinslari ularni erkin va bir-biridan ajralgan holda ko‘rsatila olishi mumkin bo‘lgan yiriklikka (o‘lchamga) keltirilishi kerak.Rudani boyitishdan oldin tayyorlash uchun maydalash va yanchish jarayonlari qo‘llaniladi.
Fizikaviy mohiyati jihatidan bir xil jarayonlar hisoblanuvchi maydalash va yanchish bir-biridan bu operatsiyalarga tushuvchi va ulardan chiquvchi mahsulotlarning o‘lchamiga qarab shartli ravishda farq qiladi. Maydalash jarayoniga mahsulot 1500 mm gacha o‘lchamda tushib,maydalangan mahsulot 10-15 mm o‘lchamda buladi. Ruda o‘lchamini 0,074 mm gacha kichraytirish yanchish jarayonida sodir bo‘ladi. Rudani boyitishdan oldingi eng so‘nggi o‘lchami kullaniladigan boyitish usuliga bog‘liq. Bu ulcham har qaysi foydali qazilma uchun uni boyitilishga tekshirish jarayonida tajriba yo‘li bilan aniqlanadi.
Foydali mineral zarra yuzasi qancha to‘liq ochilsa, boyitish shuncha samaraliroq bo‘ladi.Shu bilan bir vaqtda o‘ta yanchilishga yo‘l qo‘ymaslik kerak, chunki bunda foydali komponent juda mayin shlamlar holiga o ‘tib, boyitish jarayonida kontsentratga ajralmaydi va chiqindilar tarkibida yo‘qoladi. Undan tashqari, o‘ta yanchilish elektr energiyasining ortiqcha sarflanishiga, maydalagich va tegirmonlarning tez ishdan chiqishiga, ularning ishlab chiqarish unumdorligini pasayishiga va boyitish ko ‘rsatkichlarining yomonlashuviga olib keladi. Maydalash va yanchish jarayonlari juda qimmat turadigan jarayonlar hisoblanadi.Ularga rudani boyitish uchun ketadigan xarajatlarning 60 % dan ortig‘i sarflanadi.Shuning uchun maydalashda "hech narsa ortiqcha maydalanmasin" degan printsipga amal qilinadi.Shu maqsadda maydalash bosqichli tarzda amalga oshiriladi.
Maydalash va yanchish jarayonlari ko‘mirni chang holida yoquvchi stantsiyalarda, tsement zavodlarida, qumini kokslash uchun tayyorlashda koks kimyoviy zavodlarda, ohak, dolomit va boshqa mahsulotlarni maydalashda metalllurgik zavodlarda, yo‘l qurilish sanoatida, qum-shag‘al tayyorlashda va x.k.larda ham ishlatiladi. Bu hollarda maydalash va yanchish mahsulotlarining yirikligi keyingi texnologiyaning talablari asosida o‘rnatiladi. Tog‘ jinslari o‘zining qattiqligiga qarab 4 ta guruhga bo‘linadi: yumshoq, o‘rtacha, qattiq va o‘ta qattiq. Yumshoq rudalarga Prodotyakanov M.M. shkalasiga ko ‘ra 5 dan 10 gacha qattiqlik koeffitsientiga ega tog‘ jinslari; o‘rtacha qattiqlikka ega tog‘jinslarga 10 dan 15 gacha koeffitsientga, qattiq tog‘ jinslariga - 15 dan 16 gacha koeffitsientga ega va o‘ta qattiq jinslarga 18 dan 20 gacha qattiqlik koeffitsientiga ega jinslari kiradi.


  1. Yüklə 352,84 Kb.

    Dostları ilə paylaş:
  1   2   3   4   5




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə