Ushbu ma’ruzada relyef shakllarini tashkil etuvchi tog` jinslari bayon etilgan. Ma’ruza №3 relyef materiallari va tog` jinslari reja



Yüklə 44,35 Kb.
səhifə1/6
tarix28.12.2022
ölçüsü44,35 Kb.
#97993
  1   2   3   4   5   6
3-ma`ruza. Relyef materiallari va tog` jinslari
Mavzu2, Doimiy saqlanadigan yig’ma jildalar ro’yxatlari, 11-ma`ruza. Suffozion jarayonlar va relyef shakllari

Ushbu ma’ruzada relyef shakllarini tashkil etuvchi tog` jinslari bayon etilgan.


MA’RUZA №3 RELYEF MATERIALLARI VA TOG` JINSLARI


Reja:

  1. Tog` jinslari to’g`risida tushuncha, ularning relyef materiali sifatida turlari, tarkibi, genezis iva boshqa xususiyatlari.

  2. Cho’kindi tog` jinslari.

  3. Magmatik tog` jinslari

  4. Metamorfik tog` jinslari



Tayanch so’z va iboralar: Mineral, Yerning kimyoviy xususiyati, endogen va ekzogen jarayonlar, assimilyatsiya, likvatsiya, gidrotermal jarayon, druzalar, stalaktit, stalagmit, paragenezis, minerallar genezisi, sof yoki tug’ma elementlar, oksidlar va suvli oksidlar, sulfidlar, sulfatlar, galogenlar, karbonatlar, nitratlar, silikatlar, fosfatlar, magma, magmatizm, mineralizator, magma differensiatsiyasi, intruziv va effuziv magmatizm, mos va nomos intruziyalar, batolit, lakkolit, shtok, sill, lopolit, fakolit, vulkanizm, vulkan mahsuloti, vulkan turi, vulkan elementlari, vulkan geografiyasi. Bo’lakli siniq jinslar, kimyoviy cho’kindilar, organik cho’kindilar, Metamorfizm, dinamometamorfizm, termal, kontakt, regional metamorfizm, epizona, mezozona, katazona, yashil slanetslar.
1-REJA: Tog` jinslari to’g`risida tushuncha, ularning relyef materiali sifatida turlari, tarkibi, genezis iva boshqa xususiyatlari.
Yer shari quruqlik va okean -dengizlari tubi har xil tog` jinslardan tashkil topgan.
Tog` jinsi deb bir yoki bir necha minerallardan tashkil topgan va tosh qotgan organik qoldiqlarni o`zida saqlagan birikmaga aytiladi.
Tog` jinslari hosil bo`lish sharoiti va tarkibiga ko`ra uch gruppaga: magmatik, cho`kindi va metamorfik (o`zgargan) tog` jinslarga bo`linadi.
Magmatik tog` jinslari o`z navbatida yer po`stida qotgan intruziv va yer yuzasida hosil bo`lgan vulkan jinslarga bo`linadi. Bularning ikkalasi ham magmaning qotishidan paydo bo`ladi.
Tog’ jinslari bu Yer po’stidagi turli xil minerallarning yig’indisidan iboratdir. Tog’ jinslari o’z tuzilishiga ko’ra polimineralli va monomineralli bo’ladi. Agar tog’ jinslari bir necha minerallardan iborat bo’lsa, polimineralli tog’ jinslari deyiladi. Masalan: SiO2- kvars, dalashpati, slyudadan tarkib topgan granit misol bo’ladi.
Tog’ jinsi bir mineraldan tashkil topsa, monomineralli tog’ jinsi deyiladi. Masalan: kvarsit (kvars mineralidan) ohaktosh (kalsiy mineralidan) tashkil topgan.
Tog’ jinslari hosil bo’lishiga ko’ra 3 guruhga bo’linadi.
Cho`kindi jinslar qayd etilgan jinslarning turli agentlar ta’siridan yemirilib to`planishidan vujudga keladi. Metamorfik tog` jinslari cho`kindi va magmatik jinslarning temperatura, bosim, gaz va suyuq holidagi eritmalar ta’siridan qayta kristallanib o`zgarishidan paydo bo`ladi. Ammo shuni aytish kerakki, metamorfik jinslar ham o`z navbatida qaytadan birinchi marta metamorfizmga uchrashi mumkin. Masalan, Kola yarim orolidagi Belomoridlar deb ataladigan metamorfik jinslar bir necha marta o`zgargan.
Bu uch gruppa tog` jinslari minerallardan tashkil topib, ular bilan turli foydali qazilmalar bog`liq bo`lganligi sababli minerallarni ximiyaviy tarkibi va fizik xossasini o`rganish lozim. Ma’lumki, tog` jinslardan bittasini tarkibi ikkinchi xil tog` jinsi tarkibiga mos kelmaydi. Masalan, magmatik tog` jinsidan granit, kvars, dala shpati, biotit minerallaridan tashkil topgan bo`lsa, dunit olivinit, piroksen, olivindan va metamorfik tog` jinslaridan mapmap faqat kalsit mineralidan tashkil topgan. Demak, minerallarning xossasi, tarkibi bilan tanishib, so`ng tog` jinslarini o`rganish kerak.



Yüklə 44,35 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3   4   5   6




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2023
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə