Ushbu ma’ruzada relyef shakllarini tashkil etuvchi tog` jinslari bayon etilgan. Ma’ruza №3 relyef materiallari va tog` jinslari reja



Yüklə 44,35 Kb.
səhifə4/6
tarix28.12.2022
ölçüsü44,35 Kb.
#97993
1   2   3   4   5   6
3-ma`ruza. Relyef materiallari va tog` jinslari

2-REJAGA OID TEST
Donasining o’lchami 200 mm dan 2 mm gacha cho’kindi tog` jinsini ko’rsating.
Shag`allar
Qum
Lyos­simon jinslar
Gil va gilli jinslar
3-REJA: Magmatik tog` jinslari
Magmatik tog` jinslari magmaning1 yer sathiga vulkan bo`lib otilib chiqishi yoki yer po`stida kristallanib qotishidan hosil bo`ladi. (1 Magma — grekcha xamirsimon massa degan ma’noni bildiradi.)
Magmatik tog` jinsining mineral tarkibi magmaning ximiyaviy tarkibiga ko`p jihatdan bog`liqdir. Jins strukturasi (tuzilishi) bilan teksturasi (komponentlarni joylanishi) magmaning qanday fizika-ximiyaviy sharoitda qotganiga bog`liq.
Magmatik jinslarning hozirgi vaqtdagi eng muhim klassifikatsiyasi bilan qisqacha tanishamiz. Magmatik tog` jinslari hosil bo`lish sharoitiga ko`ra asosan ikkita katta gruppaga bo`linadi.
1. Magma yer po`stining 3 km dan 10 km chuqurligidan kristallanib sovib qotishidan paydo bo`lgan intruziv jinslar. Ular o`z navbatida abissal va gipabissal xillarga bo`linadi.
2. Er yuzasiga quyilgan magmaning qotishidan hosil bo`lgan vulkanik jinslar.
Magma tarkibida kremniyli va alyuminiyli oksidlar ko`p bo`ladi. Magma tarkibida SiO2 ko`p bo`lsa, magma juda yopishqoq, agar SiO2 kam bo`lsa, suyuq va harakatchan bo`ladi. Magmatik jinslar SiO2 ni miqdoriga qarab quyidagi gruppalarga bo`linadi: 1. Nordon jinslar —SiO22 — 64 —78%; 2. O`rta jinslar — SiO2 — 53 —64%; 3. Asos jinslar —SiO2—53—44%; 4. Ultra asosjinslar — SiO2— 30—44%. (2 SiO2 ni miqdori G. M. Zaridze (1980) bo`yicha keltirilgan.)
Yuqorida ko`rsatilgan magmatik tog` jinslaridan intruziv xillari, yer po`stining orasida hosil bo`lib keyingi tog` hosil qiluvchi jarayonlar va chuqur yemirilish (yuvilish) ta’sirida yer yuzasiga chiqib qolishi mumkin.
1. Nordon tog` jinslariga tabiatda yer po`stining ustki qismida ko`p tarqalgan granit, granodioritlar misol bo`lib, ular kvars, kaliyli dala shpati, plagioklaz, biotit, rogovaya obmanka, qisman piroksen va aksessor3 minerallardan tashkil topgan. (3 Aksessor — tog` jinslarida juda kam (1% gacha) uchraydigan ikkinchi darajali mineraldir.)
2. O`rta tog` jinslariga dioritlar va sienitlar deb ataluvchi tog` jinslari kiradi. Sienitlar SiO2 bilan to`yingan yoki to`yinmagan bo`ladi.
Dioritlar 65—70% plagioplazdan va 30—35% rangli minerallar — rogovaya obmanka, biotit va piroksendan tashkil topgan bo`ladi. Agarda dioritlar tarkibida kvars mineralining miqdori 5—15% gacha borsa, u holda kvarsli dioritlar deb ataladi. Dioritlarning effuziv xillari andezitlar deb ataladi. Andezitlar yer po`stidagi magmatik tog` jinslarining 23%, dioritlar esa 1,8%ini tashkil etadi.
O`rta jinslarga kiruvchi sienitlar magmatik tog` jinslari tarqalgan maydonning faqat 0,6% ini tashkil etadi. Ularning effuziv xillari traxitlar deb yuritiladi. Sienitlarning tarkibida 50—70% kaliylidalashpati, 10—30% plagioklaz va 10—20% yashil rangli rogovaya obmanka, kamroq biotit va piroksen bo`ladi. Kvarsning miqdori 5% dan kam. Agar 5% dan ortiq kvars minerali bo`lsa kvarsli sienitlar, 15% dan oshib ketsa, graniosienitlar deb yuritiladi.
3. Asos tog` jinslarining intruziv xiliga piroksen, rogovaya obmanka, ozroq olivin, biotit va plagioklazlardan tashkil topgan gabbroni ko`rsatish mumkin.
Gabbro jinsini effuziv xili yer yuzasida juda ko`p tarqalgan bo`lib bazalt deb yuritiladi.
Gabbro B. M. Kupletskiy fikriga ko`ra 53% plagioklazdan va 47% piroksendan iborat bo`ladi.
4. Ultra asos jinslarga tabiatda kamroq (0,4%) uchraydigan peridodit, dunit va piroksenit misol bo`ladi. Bu jinslar tarkibida olivin, piroksenlar va rudali minerallar uchraydi. Magmatik tog` jinslari O`rta Osiyodagi tog`larda juda ko`p uchraydi. Masalan, O`zbekistonning g`arbidagi Nurota, Qoratepa, Zirabuloq, Ziyovuddin va janubi-g`arbidan Chotqol-Qurama tog`larida lakkolit, batolit, shtok shakllariga ega bo`lgan intruziv jinslar ko`p tarqalgan. Bu intruziv magmatik jinslarni O`zbekiston FA Geologiya institutining direktori geologiya-minerologiya fanlari doktori, O`zFA akademigi I. H. Hamraboev, O`zFA muxbir a’zosi, prof. E.M. Isamuhamedov va boshqalar tekshirgan. Bu olimlar boshchiligida yuqorida nomlari keltirilgan tog`lar tekshirilgan, bu yerlarda asosan nordon va o`rta magmatik jinslar ko`p tarqalganligi va ular granit, diorit, sienit, kvarsli diorit, granodkoritlardan iborat ekanligi hamda bir qancha foydali qazilma konlari borligi aniqlangan.
Effuziv (vulkan) tog` jinslari. Bu jinslar vulkanlar harakati natijasida yer yoriqlaridan yoki bir markazdan lava va boshqa mahsulotlarning otilib yoki quyilib qotishidan hosil bo`ladi.
Yoriqlardan quyiluvchi lavalarning juda ko`pchiligi (90—95%) bazaltdan iboratdir. Odatda ular katta-katta maydonlarni qoplab yotadi, lekin uncha qalin bo`lmaydi. Masalan, Vilyuy daryosining (Sharqiy Zabaykaleda) havzasida olvinli bazalt qatlami bir necha ming kvadrat kilometr maydonni egallasa-da, qalinligi 12—20 m keladi. Agar lava ketma-ket bir necha marta quyilsa, uning qalinligi 1000 m dan (Grenlandiya) 3000 m gacha (Islandiya) yetishi mumkin. Asos lavalarga bazalt va diabazlar misol bo`ladi.
Bundan tashqari vulkanlarning markaziy xildagi quyilmalari ham uchraydi. Bunday xildagi vulkanlar konus shakliga ega bo`ladi, chunki ulardan chiquvchi vulkan mahsuloti gazga boy bo`lgani va nordon yopishqoq lavaga ega bo`lgani uchun tez qotadi. Bunga misol qilib obsidian vulkan shishasi, pemza (engil) va juda ko`p vulkan kullari, bombalari, shag`allari, brekchiyalari va boshqalarni ko`rsatish mumkin. Vulkandan otilib chiquvchi qattiq jinslar (bombalar, shag`al, qumlar) vulkan krateri atrofida ko`plab uchraydi. Bunday vulkan mahsulotlari Er tarixida ko`p martalab otilib chiqqanligini, ularni o`tgan davr yotqiziqlari orasida ham uchratish mumkin. Masalan, Chotqol, Qorjantov tog`larining g`arbiy qismidagi yuqori karbon va perm davrlarida hosil bo`lgan vulkan jinslarini ko`rsatish mumkin.
Tomir jinslari. Magmatik tog` jinslari orasida, darzlarida va yoriqlarida uchraydigan jinslar tomir jinslari deyiladi. Bu turdagi jinslarga pegmatig, aplit tomir jinslari kiradi.
Pegmatit — rangi och (sarg`ish, pushti, kul rang), strukturasi juda yirik donali. Uning tarkibida kvars, ortoklaz, slyuda (biotit va muskovit) va boshqa minerallar bo`ladi. Ortoklaz bilan kvarsning ayrim kristallari ko`pincha biri ikkinchisining ichiga o`sib kiradi. Bunday pegmatitlarning singan yuzasi mixxatga yoki qadimgi yahudiy xatiga o`xshab turadi. Pegmatit jinsi orasida qimmatli nodir minerallar uchraydi va ular sanoatda juda katta ahamiyatga egadir. Pegmatit va aplit tomir jinslar O`zbekistonda, jumladan, Turkiston, Zarafshon, Nurota va Qoratepa tog`laridagi magmatik va metamorfik jinslari orasida juda ko`p tarqalgan.
Aplit rangi oq, sarg`ish, kul rang bo`lib, tarkibida kvars, ortoklaz, plagioklaz minerallari bo`ladi. Strukturasi mayda donali bo`lib, rangli minerallar bo`lmaydi.



Yüklə 44,35 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə