Psixologiyaga oid atama va izohli lug`atlar to`plami
4
Affekt
(latincha affectus – ruhiy hayajonlanish, qiziqish) qisqa muddatda va shiddat bilan
sodir bo’ladigan hissiy, hayajonli jarayon: hulq-atvor, hatti-harakat ustidan nazoratning susayishi
tufayli ro’y beradigan kuchli his-tuyg`u (g`azablanish, qo’rqish, nafratlanish, shodlanish).
Mutaxassislar normal va
patologik affektlar borligini, shuningdek, affektiv reaksiyalarga ozroq
yoki ko’proq moyil bo’ladigan shaxslar ham bo’lishini ta’kidlashadi. O’zida affektiv reaksiyaga
nisbatan hislarga erk bermaslik insondagi normal psixik holat hisoblanadi. Affektlar ta’siriga
beriluvchi kishilar odatda olomon orasida sarosimalik uyg`otishga moyil bo’ladilar.
Anglash
– psixik mazmunni ongsizlikdan aktiv belgi shaqliga ko’chirishdan iboart psixik
jarayoni bo’lib, bu mazmunni boshqa kishilarga yetkazib berish imkonini beradi. Anglamoq o’ziga
xabar bermoq, o’z
tajribasi hisiyoti, ehtiyoji, qiziqishi va b. to’g`risida o’ziga tushuntirish
demakdir. Anglash demak nimadir to’g`risida o’z-o’ziga hisob berishdir. Sub’ektiv holda u yoki
bu vaziyat, kechinma va boshqalarni aniq-ravshan va nazorat qilinadigan in’ikosidir.
Amaliy psixologiya
– ijtimoiy amaliyotning turli sohalaridagi amaliy vazifalarni hal
qilishda foydalaniladigan amaliy bilimlar va texnologiyalar majmuasidir. Amaliy psixologiyaning
muhim xususiyati shundaki, u yoki bu vazifalar ularning manfaatlari
uchun hal etilayotgan
iste’molchi yoki buyurtmachini hamisha ko’rsatish mumkin.
Aql
– insonning ma’naviy va ruhiy faoliyatida barcha oliy narsalar xodiaslarni qanday
bo’lsa, aynan shunday xolda bilish qobiliyati, mavxum fikrlash
va tushunchalar yaratish
xususiyati.
Ahloq
- ijtimoiy ong shaqllaridan biridir. Kishilarning tarixan tarkib topgan hulq – atvori,
yurish – turish, ijtimoiy va shaxsiy xayotga o’zaro, shuningdek jamiyatga bo’lgan munosabatlarini
tartibga solib turuvchi barqarormuayyan norma va qoidalar yig`indisi.
Attraksiya
– (lotincha so’z – attrahere –yoqtirish, o’ziga jalb etish) – bu bir insonning
boshqa bir insonga ijobiy munosabati asosida yoqishi va yoqtirish, o’zaro mobillikni
tushuntiruvchi emotsional hisdir.
Aloqa
– makon yo vaqtda bir – biridan muayyan masofada uzoqlikda joylashgan ikki yoki
bir necha hodisa yo ob’ektning o’zaro bog`lanish hodisasi.
Anglash
- psixik mazmunni ongsizlikdan aktiv belgi shaqliga ko’chirishdan iborat psixik
jarayon bo’lib, bu mazmunni boshqa kishilarga yetkazib berish imkonini beradi.
Anglamoq
o’zicha xabar bermoq, o’z tajribasi xissiyoti, extiyoji, qiziqishi va boshqalar to’g`risida
tushuntirish demakdir. Anglash demoq nimalar to’g`risida o’z – o’ziga xisob berishdir. Sub’ektiv
xolda
u yoki bk vaziyat, kechikma va boshqalarni ochiq – ravshan va nazorat qilinadigan
inikosidir.