Psixologiyaga oid atama va izohli lug`atlar to`plami  4 Affekt



Yüklə 289,69 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə6/14
tarix21.12.2023
ölçüsü289,69 Kb.
#153797
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   14
Ijtimoiy ustanovka 
- shaxsning atrof muhitida sodir bo’layotgan ijtimoiy xodisalarni, 
ob’ektlarni, idtimoiy guruxlarga ma’lum tarzda idrok etish, qabul qilish va ular 
bilan munosabatlar o’rnatishga ruxiy ichki hozirlik sifatida odamlardagi dunyoqarashni ham 
o’zgartirishga aloqador kategoriya. 
Inson
– tushunchasiga aniq tarif berish uchun olamda mavjud bo’lgan boshqa biologik 
mavjudodlardag ajralib turuvchi eng muxim xususiyatlarni aniqlash zarur. 
Insonporvarlik
– gumanizm odamlarga mehr – muxabbat bilan qarash, ularni xurmat 
qilish, insonning moddiy farovonligini yuksaltirish va kishilardayuksak ma’naviy fazilatlarni 
rivojlantirishga g`amxo’rlik qilish g`oyalari bilan sug`orilgan dunyoqarash. 


Insof
– insonning muayyan jamiyatda amal qilayotgan axloq me’yorini nazorat qilish va 
axloqiy baholash. 
Ideal
– orzu intilishning oliy maqsadi. Tor ma’noda: shaxs qobiliyatlarini ifodalovchi 
namuna. 
Illyuziya
– tana azolarimizga bevosita ta’sir etib turgan narsa va hodisalarni noto’g`ri 
(noadekvat) idrok qilishdan iborat bilish jarayonining hodisasi. 
Insayt
– oydinlashuv. Muammoning yechimi, ba’zan birdan yorqin yo`lduzday yalt etib 
paydo bo’ladi. Bunday psixologik xolat psixologiyada insay – oydinlashuv deyiladi. 
Ijtimoiylashuv
– inson tomonidan ijtimoiy tajribani egallash va xayot faoliyat jarayonida 
uni faol tarzdao’zashtirish jarayoni. 
Image 
– obraz 
Konformizm
(lat. conformis – o’hshash, mos keladigan) – inson tomonidan o’zining 
haqligiga ichidan shubhalanmaydigan fikridan nosamimiy ravishda qaytish tufayli boshqalarning 
fikrlarini (ehtimol, noto’g`ri bo’lsa ham) tanqidsiz qabul qilish. 
Kundalik ong 
- kishilarning bevosita kundalik tajribasiga asoslanadigan va ular mansub 
bo’lgan sotsial jamoalarda hukmronlik qiluvchi tasavvurlar, bilimlar, tushunchalar va 
harakatlarning yig`indisidir. 
Kayfiyat
– insonning psixik hayotida namoyon bo’ladigan, o’rtamiyona yoki zaif 
samaradorlikning nisbatan davomiy, barqaror, emotsional holati bo’lib, u yoki bu hissiyotning 
ustunligi bilan harakterlanadi. 
Kichik guruh 
– umumiy ishni bajaradigan va bir-birlari bilan bevosita shaxsiy aloqada 
bo’lgan, 3 tadan 20-30 tagacha kishidan tarkib topgan, unchalik katta bo’lmagan kishilar 
to’plamidir. U guruh a’zolarining hamdard bo’lishi, «biz» ekanligini his etishi bilan bog`liq 
xususiyatlarga ega. 

Yüklə 289,69 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   14




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə