Psixologiyaga oid atama va izohli lug`atlar to`plami  4 Affekt


Panelog – gurux ichidagi munozaradir.  Psixodiagnostika



Yüklə 289,69 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə9/14
tarix21.12.2023
ölçüsü289,69 Kb.
#153797
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   14
Panelog
– gurux ichidagi munozaradir. 
Psixodiagnostika
(grekcha psyche – ruh va diagnostikos – bilishga qodir) – psixologik fan 
sohasi bo’lib, shaxsning individual – psixik xususiyatlarini o’lchash va aniqlash usullarini ishlab 
chiqadi. 
Psixoterapiya
(grekcha therapeia – parvarish qilish, davolash) – ko’plab psixik, asabiy va 
psixosomatik xafagarchiliklarda inson hissiyoti, fikrlari, o’z-o’zini anglashiga kompleks 
davolovchi ta’sirdir (asosan nutq yordamida, biroq faqat uning yordamida emas). Shartli ravishda 
asosan mavjud alomatlarni yo’qotish yoki yumshatishga qaratilgan klinik maqsadli psixoterapiya 
va insonga uning sotsial muhiti va o’z shaxsiga nisbatan munosabatini o’zgartirishga yordam 
berishni vazifa qilib olgan shaxsiy maqsadli psixoterapiya mavjudligi e’tirof qilinadi. 
Psixo analiz 
– ruhiy xastalikni davolash usuli va psixologik ta’limot. 
Psixotexnika
(grekcha techne – san’at, mahorat) – psixik jarayonlarni sodir bo’lish 
harakteristikasini yaxshilash, mavjud psixik qobiliyatlarni o’stirish va yangilarini shaqllantirishda 
qo’llaniladigan konkret metodik usullar yoki usullar tizimidir. 


Predikatlar mantig`i 
– muhokama yuritish jarayonlarining muloxazalarning ichki 
strukturasidan kelib chiqib tahlil qiladigan mantiqiy sistema. U muloxg`azalar mantig`ini o’z 
ichiga oladi. Predikatlar mantig`i tili muloxazalar mantig`i tiliga qo’shimcha simvollar kiritish 
yordamida hosil qilinadi. 
Reproduktiv
– fikrlashni bir turi. 
Referent guruh 
(lot. referens – xabar beruvchi) – kishi uchun e’tiborli bo’lgan, 
qadriyatlari, fikrlash hulq-atvor, normalari va qoidalarini so’zsiz tan oluvchi va ularni o’zi uchun 
qabul qiluvchi kishilar guruhidir. 
Refleksiya
– aynan o’ziga o’xshash odamlar obrazi orqali o’zi to’g`risidagi obrazni 
shaqllantirish, jonlantirish. 

Yüklə 289,69 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   14




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə