Psixologiyaga oid atama va izohli lug`atlar to`plami  4 Affekt


Fantaziya - hayolning borliqdan, haqtqatdan biroz uzoqlashuv jarayonidir.  Fizionomika



Yüklə 289,69 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə11/14
tarix21.12.2023
ölçüsü289,69 Kb.
#153797
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   14
Fantaziya
- hayolning borliqdan, haqtqatdan biroz uzoqlashuv jarayonidir. 
Fizionomika
– odam yuz qirralari va ularning nisbati orqali odamning xususiyatlarini 
o’rganish. 
Faoliyat
– insonning voqeilikni, o’zini o’zi ijodiy o’zgartirish, takomillashtirish
mukammallashtirishga yo’naltirilgan faolligi. Psixologik jihatdan ichki ehtiyojni qondirish deya 
talqin etiladi. 
Xarakter
(grekcha charakter – bosish, zarb qilish) – insonning faoliyati va munosabati 
tufayli shaqllanadigan va namoyon bo’ladigan barqaror individual xususiyatlari yig`indisi bo’lib, 
unga xos bo’lgan hulq-atvor va hayotiy holatlarga javob berish usullarini belgilaydi. Xarakterda 
inson uchun xos bo’lgan, standart vaziyatlarda qo’llaniladigan, hayotiy vazifalarni qo’yish va 
yechish usullari o’z ifodasini topadi. 
His-tuyg`u 
– insonning nisbatan barqarorligi, umumiyligi, uning shaxs sifatidagi 
taraqqiyoti davomida shaqllangan ehtiyojlari va (xususan) qadriyatlariga mosligi bilan farq 
qiladigan yuksak o’zaro madaniy bog`langan hissiyotlaridir. 
Hayajonlanish 
– (lot. emoveo – hayratga solmoq,hayajonga solamoq) – psixik 
hodisalarning alohida toifasi bo’lib, sub’ekt tomonidan bu hodisalar, predmetlar va vaziyatlar 
insonning o’z ehtiyojlarini qondirish uchun bevosita qiziqqon kechinmalari ko’rinishida namoyon 
bo’ladi. 


Xayol
– insonning sub’ekt sifatidagi ongidan butun holda idrok qilinmagan yoki sezgi 
a’zolari yordamida idrok etila olmaydigan ob’ektlarning in’ikosining (tasavvurlar, sxemalar va 
boshqa obraz-modellarning) yoki jo’rttaga paydo bo’lishiga yoxud ataylab qurilishiga olib 
keluvchi bilish faolligidir. (mas., kelajakni mo’ljallagan tarix hodisalari idrok etila olmaydigan 
yoki umuman mavjud bo’lmagan dunyoning voqealari – miflar va ertaqlardagi hayri-tabiiy 
personajlar va b.) 

Yüklə 289,69 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   14




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə