Psixologiyaga oid atama va izohli lug`atlar to`plami  4 Affekt


Motivatsiya – inson hulq – atvori, uning bog`lanishi va faolligini tushuntirib beruvchi  psixologik sabablar majmuini bildiradi.  Mentalitet



Yüklə 289,69 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə8/14
tarix21.12.2023
ölçüsü289,69 Kb.
#153797
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   14
Motivatsiya
– inson hulq – atvori, uning bog`lanishi va faolligini tushuntirib beruvchi 
psixologik sabablar majmuini bildiradi. 
Mentalitet
– individ yoki ijtimoiy guruxning millatning o’ziga xos tafakkur tarzi, voqelikni 
ma’lum bir tarzda tushunishi va va birlikda harakat qilishga tayyorligi va moyilligi. 
Motiv 
– shaxsdagi u yoki bu xulq – atvorga nisbatan turgan moyillik. 
Mardlik –
o’zini puxta bilish dadillik, qatiatlik, chidam va toqat paytlarida namoyon 
bo’ladigan kuchli iroda. 
Nutq 
– ovoz berilgan til, u yoki bu til belgilarini anglatuvchi ovoz signallarining inson 
tomonidan qo’llaniladigan tizimidir. 
Ong
– hayvonlar psixikasidan farqli ravishda butun inson psixikasini ifodalashda 
foydalaniladigan termin. Inson psixikasi (ong) belgililik (ong «hujayrasi» belgilarning murakkab 
tizimini hosil qiladi), qurollilik (istagan ong birligi predmetlar dunyosini aks ettirish vositasi 
sifatida foydalaniladi), predmetlilik (tashqi dunyo elementlari bilan mutanosibligi va qat’iy 
uyushganlik (belgilar va qurollar tizimi ko’plab o’zaro mutanosib kategoriyalarni vujudga 
keltiradi) xususiyatlari bilan harakterlanadi. 
Ongsizlik anglab bo’lmaydigan
– aniq, ravshan anglash nazorati uchun predmet bo’la 
olmaydigan ko’plab psixik hodisalar to’plami. Ongda har bir daqiqada bir vaqtning o’zida 
cheklangan miqdordagi tasavvurlar bo’lishi mumkin (o’rtacha taxmin qilishlaricha 7+2). Bunda 
ushbu damdagi anglanmagan tasavvurlarni biz aniq ong zonasiga oson «chaqirishimiz» mumkin 
(«hohlaganing uchun eslading»), lekin juda ko’plab psixik boshqarib turuvchilar (regulyatorlar) 


shunday ishlaydiki, bunda inson na faqat o’z-o’ziga hisob bermasligi mumkin, balki buni u hattoki 
hohlagan taqdirda ham uni qila olmaydi. Masalan, soatning aylana shaqldagi siferblatini idrok 
qilayotganda bizning ko’z qobig`imizda aylana emas, balki ellips (agar soatga yondan qarasak) 
hosil bo’lishi mumkin, biroq soat qanday holda tursa ham biz siferblatni «aylana» sifatida idrok 
qilamiz. Na faqat sub’ekt idroki tomonidan anglana olmaydigan, balki psixologiyada yangi 
shug`ullanayotgan kishi uchun ham tushunarsiz bo’lgan bu geometrik ma’nodagi hol psixika 
mexanizmlari tufayli ro’y beradi (qarang: doimiylik idrok xossasi sifatida) hissiyotlarning ba’zi 
qismlari («yaxshi», «madaniyatlilik» bilan sig`isha olmaydiganlarini) ongdan siqib chiqariladi, 
lekin Z.Freyd ta’limotiga ko’ra, ular hatti-harakatni sezilarli holda boshqarishda davom etaveradi 
va hattoki ichki ziddiyatlarga va asab kasallariklarini ham keltirib chiqaradi. Psixoanalizning (bu 
termin freydizm tomonidan mustahkam o’rnashib qolgan, shuning uchun har qanday psixika 
tahlilini (analizini) psixoanaliz deb atamaslik kerak) psixoterapevtik amaliyoti shunga 
asoslanganki, siqib chiqarilgan hissiyotlarni topib anglash predmetiga aylantirish lozim. Bu 
psixoanalitikdan juda katta va o’tkir mahoratni talab qiladi (o’zini shunday deb hisolaydiganning 
ko’pchiligi, afsuski, nafaqa bu borada malakasiz, balki manfaatparast hamdir). 
Orzular
– insonning kelajak to’g`risidagi, xayoliga kelgan va u uchun muhimroq 
ehtiyojlar va qiziqishlarni ro’yobga chiqarish borasidagi rejalaridir. 
Optatsiya
–(lotincha so’z – ortatio – xoxish, tanlov) tanlov bosqichi. Odam 
tomonidan professional taraqqiyotning bosqichi tanlanishidir deb e’tirof etiladi. 11-12 yoshlar, 
14-18 yosh davrlarni o’z ichiga oladi. 
Optimizm
– kechayotgan voqea va xodisalar jarayoniga nisbatan bildirilgan ikki xil 
qarama – qarshi fikrlar yoki munosabatlarni yaxshilikka yo’yish. 

Yüklə 289,69 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   14




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə