Psixologiyaga oid atama va izohli lug`atlar to`plami  4 Affekt


Liderlik  – guruhdagi shaxslararo munosabatlar tizimida hukmronlik va bo’ysunuvchanlik,  hokimlik va qaramlik munosabatlaridir.  Malaka



Yüklə 289,69 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə7/14
tarix21.12.2023
ölçüsü289,69 Kb.
#153797
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   14
Liderlik 
– guruhdagi shaxslararo munosabatlar tizimida hukmronlik va bo’ysunuvchanlik, 
hokimlik va qaramlik munosabatlaridir. 
Malaka
–faoliyatning avtomatlashtirilgan ko’nikmasi, mustahkam mahoratidir. Boshda 
ongni nazorat qilinadigan va bir me’yordagi harakat bo’lgan narsa har bir kishiga turmush 
tajribasiga ko’ra avtomatlashtirishi mumkin. Ko’nikmalar faqat oson payqash mumkin bo’lgan 
harakatchan bo’lmaydi, balki fikrlovchi, sotsial-kirishuvchan, tashkilotchi va boshqacha ham 
bo’ladi. Avtomatizmdan iborat bo’lgani holda ko’nikmalar ayni paytda ishda ijodning zaruriy 
sharti hisoblanadi (bunga tushunarli misol quyidagicha: shu sozanda o’z asbobida musiqa 
chalishning zarur texnikasi, ko’nikmasini hosil qilgunga qadar u ijodkor bo’la olmaydi, chunki u 
hali «musiqiy» asboblar klavishalarini, pozitsiyalar va b. ni chalkashtirib qo’yishdan qo’rqadi). 
Muloqotdagi konstruktivlik
– hamkorlarning aloqasi davomida ularning ehtiyojlarini 
qondirishni ta’minlaydigan, birgalikda hal qilinayotgan masalalarning ijobiy yechim topishiga 
yordam beradigan, ularning individual betakrorligini saqlab qoladigan muloqotdir. Muloqotdagi 
konstruktivlik (yaratuvchanlik) tushunchasi kishilarning muloqot davomida o’z salohiyatini 
o’stirish, shaxsiy o’sishi, sotsial yetuklikning shaqllanishi tomon harakatlanishi yo’nalishini 
ko’rsatadi. 


Munosabatning o’zgarishi
(deformatsiya) – bu munosabatlardagi shunday o’zgarishlarki 
(buzilish, qiyinchiliklar, yanglishishlar), ular munosabatdagi samaradorlikning pasayishi yoki 
buzilishiga, hamkorliklarning sog`lig`iga, ularning obro’siga yoki ruhiy osoyishtaligiga, moddiy 
qadriyatlariga va boshqalarga putur yetkazadi. O’zgarishlarni ularning turiga qarab turlicha 
tushunish mumkin: mas., mening ustimdan kulishayotgani uchun bizning begona ekanligimizni, 
bizning do’st emasligimiz, bir-birimizni tushuna olmasligimizni, meni mashara qilishayotganligi 
va ko’plab boshqa narsalarni anglay boshladim. 
Mazmun
– bevosita hissiy kechinmalar davomida yoki ongda aks etuvchi qandaydir 
ob’ekt o’rtasidagi munosabatni xira bo’lsada anglash va sub’ekt hohishlariga ko’ra paydo 
bo’ladigan psixik yaxlitlikdir. Bir narsa men uchun kerak, ehtiyoji bor, boshqasi esa – yuq, 
kerakmasligini e’tiborga olib, aytishadiki, «bu men uchun mazmunga ega» yoki «buning men 
uchun mazmuni yo’q» tashqaridan qaraganda bir narsa bo’lib tuyo`lgan yumush (o’ra qazish) 
yollangan yer qazuvchi uchun daromad qilish mazmuniga ega, arxeolog uchun qandaydir buyuk 
tarixiy muammoni yechish, tasodifiy yo’lovchi uchun esa piyodalar yo’lining buzilayotganligi 
unga qandaydir buzg`unchilik mazmuniga ega bo’lib tuyo`ladi. 
Me’yor
– ob’ektning sifat va miqdoriy jixatlari o’zaro bog`liqligini anglatadigan, mazmukn 
va shaql imkoniyat va voqeilik o’rtasidagi zaruriy uyg`unlik ta’minlanishini ifodalaydigan falsafiy 
tushuncha. 
Moslik 
– kishilardan harakat qilish kelishuvini va yaxshi o’zaro bir-birini tushunishini 
talab qiladigan birgalikda ishlash, vazifalarni muvaffaqiyatli hal etish qobiliyati. 

Yüklə 289,69 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   14




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə