Mavzu
:
Musiqa o‘qitish texnologiyalari kursi.
Maqsad:
Musiqa o‘qitishni tashkil etishning o’ziga xos xususiyatlari haqida
bilimlarni egallash va to`liq tasavvurni shakllantirish.
Mashg`ulоt turi:
amaliy
Mashg`ulоt mеtоdi:
«
Kеys, insеrt, klastеr»
Mashg`ulоt jiхоzi:
markеrlar.
Ajratilgan vaqt:
80
REJA:
1.
Musiqa o‘qitish texnologiyalari kursi maqsadi va vazifalari bilan tanishish.
2. Musiqa o‘qitishni tashkil etishning o’ziga xos xususiyatlari
3. Musiqa asari bilan tanishish jarayonini tashkil etish.
4.
Musiqa madaniyati darsida o‘quvchilarning musiqiy qobiliyatlarini
rivojlantiruvchi ko‘rgazmali vositalardan foydalanishi.
Mashg`ulоtning bоrishi:
I. Tashkiliy qism -
3 daqiqa: Talabalarning amaliy mashg`ulоtga
tayyorgarligini aniqlash, mashg`ulоt mavzusi, maqsadi va kutilayotgan
natijalar bilan tanishtirish.
II.O`quvchilarga bеrilgan uy ishlarining bajarilishini tеkshirish, o`rganilgan
matеrial yuzasidan o`quvchilardan so`rash
- «Musiqa o`qitish nazariyasi,
mеtоdikasi va maktab rеpеrtuari»fanidan o`tgan mavzularni takrоrlash 7 daqiqa)
III. Musiqa madaniyati o‘quv predmeti o‘quvchilarning ma’naviy, badiiy, axloqiy
madaniyatini shakllantirishga, milliy g‘urur va vatanparvarlik tarbiyasini amalga
oshirishga mahorat, nafosat, badiiy didni o‘stirishga, fikr doirasini kengaytirishga,
mustaqillik hamda tashabbuskorlikni tarbiyalashga xizmat qiladi. Musiqa
madaniyati o‘quv predmeti o‘rta umumta’lim maktablarida o‘qitiladigan barcha
o‘quv predmetlari, jumladan, adabiyot, tasviriy san’at, jismoniy tarbiya, mehnat va
boshqa fanlar bilan bog‘lanadi. Barcha o‘quv fanlari qatori musiqiy ta’limda ham
davlat ta’lim standartining joriy etilishi milliy musiqiy meroslardan to‘laqonli
foydalanish imkonini beradi. Bular ommaviy xalq kuy va qo‘shiqlarida, xonanda
va sozandalarning ijodiy faoliyatlari, maqom, shashmaqom, dostonlar hamda
bugungi zamonaviy musiqiy faoliyatda o‘z aksini topadi. Musiqa san’atining bu
kabi imkoniyatlari yangi avlodni tarbiyalashda, ularning barkamol bo‘lib
yetishishlarida o‘ziga xos takrorlanmas manba bo‘lib xizmat qiladi. Musiqa
ta’limidan davlat ta’lim standartlari asosida yangi ta’lim mazmuni o‘quvchilarning
musiqiy bilim va malakalari bilan birga ularda kuzatuvchanlik, xotirani
mustahkamlash, obrazli tasavvur qilish, ijodkorlik, mustaqillik, tashabbuskorlik,
badiiy va musiqiy did kabi hislatlarni rivojlantirishni ta’minlaydi.
O‘quvchilarning musiqiy-estetik rivojlanishlari uchun o‘qituvchi o‘zining
ish faoliyatida sidqidildan tayyorlanib, darslarni yuksak metodik darajada
o‘tilishini ta’minlashi lozim. Zero, dars o‘qituvchidan katta irodaviy kuch, izlanish,
hozirjavoblik hamda turli pedagogik vaziyatlarga tezda munosabat bildirishni talab
etadi. Samarasiz dars kamchiliklari uzoq vaqt o‘qituvchiga orom, halovat
bermaydi, ortga nazar solib uning sabablarini qidirishga ehtiyoj sezadi.
Musiqa madaniyati darsi – maktabda musiqa tarbiyasini tashkil etishning asosiy
shaklidir. Musiqa to‘garaklari, fakultativ mashg‘ulotlar ham amaliyotda bo‘lsa-da,
dars hech qachon o‘z ahamiyatini yo‘qotmaydi, chunki musiqa madaniyati darsi
musiqiy faoliyatning turli shakllarini o‘z ichiga oladi. Bular jamoaviy qo‘shiq
kuylash, musiqiy ritmik harakatlarni bajarish, musiqa tinglash, musiqiy
savodxonlik, musiqa ijodkorligi, o‘quvchilar cholg‘u asboblarida chalish va
hokazo.
Dars musiqa tarbiyasi tizimida yetakchi omil hisoblanadi, chunki bunda
barcha o‘quvchilar qamrab olinadi. Musiqa darsining muxim xususiyatlaridan biri
shundaki, u ko‘proq ijodiy zavq, xissiy tuyg‘ular va obrazli kechinmalar uyg‘otishi
bilan ajralib turadi. Musiqa, ayniqsa, o‘quvchilarning aqliy va axloqiy estetik
jixatdan kamol topishiga rivojlanishiga ijobiy ta’sir ko‘rsatadi.
Musiqa darsi o‘zining ajoyib xususiyatlari bilan boshqa fanlardan farq qiladi:
Birinchidan, musiqa darsi, musiqa tarixi, nazariyasi, cholg‘u ijrochiligiga doir turli
namunalar, xor mashg‘ulotlari, musiqa savodi, musiqa tinglash, musiqa asarlari
tahlili, o‘quvchilar cholg‘u asboblarida ijro etish, ritmik harakatlar bajarish kabi
elementlaridan iboratdir. Shuning uchun musiqa darsi aralash dars tipiga kiradi.
Ikkinchidan, musiqa boshqa san’at turlaridan o‘zining ifoda vositalari bilan farq
qiladi. Agar badiiy adabiyot badiiy so‘z bilan, tasviriy san’at ranglar va grafik
chiziqlar bilan, raqs badiiy harakatlar bilan ifodalansa, musiqa musiqiy tovushlarda
vujudga kelgan ohang vositasida ifodalanadi. Agar tasviriy san’at va
haykaltaroshlik asarlarini ko‘rish orqali, badiiy adabiyotni o‘qish va eshitish
vositasida, kino va teatrni ko‘rish va eshitish orqali idrok etsak, musiqani faqatgina
diqqat bilan tinglabgina idrok eta olamiz.
Musiqa aniq vaqt o‘lchovi bilan bog‘langan san’atdir. Ijro etilayotgan
musiqa tempi (sur’ati)ga sozlanib, uning har bir elementini diqqat bilan
tinglanmasa, asar mukammal idrok etilmaydi. Shuning uchun klassik asarlarni biz
qayta-qayta tinglash bilan uning yangi badiiy qirralarini his etamiz.
Musiqa vositasida ifodalanadigan his-tuyg‘ularni so‘z bilan ifodalash qiyin.
“Qachonki so‘z ojizlik qilsa, musiqa yordamga keladi”.
Uchinchidan, musiqa o‘quvchilarga faol emotsional ta’sir ko‘rsatadi,
quvontiradi, ijobiy kechinmalar uyg‘otadi. Yaxshi, mazmunli, qiziqarli musiqa
darsidan o‘quvchilar quvnoq, xursand bo‘lib, hordiq chiqaradi.
Agar musiqa darsi oxirgi darsda qo‘yilgan bo‘lganda ham, o‘quvchilar hordiq
chiqarib, charchoqlari tarqaladi.
Bugungi kunda musiqa fanining yangi sohasi-funktsional musiqa orqali
musiqaning inson psixikasiga hamda fiziologiyasiga ta’sirini o‘rganish ham buning
boisidir. Musiqa darsi o‘zining aralash dars tipi (tuzilmasi)ga ifoda vositasi (tili) va
faol psixologik ta’siri bilan boshqa fanlardan farq qiladi. Demak, musiqa darsi
o‘quvchilarning shaxsiyati va dunyoqarashining shakllanishida muhim rol
o‘ynaydi. Musiqiy dars uchun alohida emotsional muhit xarakterlidir. Bu tabiiy
hol, albatta, chunki musiqa hissiyotlar tili. Musiqa to‘lqinlantiradi,
o‘quvchilarning ruhiyatiga ijobiy ta’sir ko‘rsatib, muayyan kayfiyat uyg‘otadi.
Shakllangan badiiy taassurotlar o‘qituvchi ta’sirida nafaqat ifodali ijro, balki
“so‘z” san’ati, yuz ifodasi, turli harakatlar yordamida yanada kuchaytiriladi.
O‘quvchilar diqqati yangrayotgan musiqaga jalb etilib, ularning hissiyoti
rivojlantiriladi. O‘quvchilarning musiqiy obrazlar olamiga kirishishlari, ifodalilikni
aniq his etishlariga erishiladi. Umumiy jihatlariga qaramay har bir dars o‘ziga xos
va takrorlanmasligi bilan farq qiladi.
Ma’lumki, xoxlagan ishning yaxshi tashkil etilishi uning yarim yutug‘i va bu
to‘liq ma’noda musiqa madaniyati darsiga ham taaluqlidir. Darsda maqsad va
vazifalar, mazmun, tuzilma, vosita hamda metodlar puxta o‘ylangan bo‘lishi kerak.
Aks holda musiqa darsida hech qanday ijobiy natijalarga erishib bo‘lmaydi. Darsga
tayyorgarlik o‘qituvchining pedagogik malakasi, mahoratiga bog‘liq. Bu esa,
musiqa materialining tarbiyaviy, ta’limiy va rivojlantiruvchi imkoniyatlarini,
shuningdek ularni tadbiq etish yo‘llarini ta’minlaydi. Darhaqiqat, musiqiy tarbiya
vazifalarini muvaffaqiyatli amalga oshirish uchun asarni chuqur o‘ganishni talab
etadi. Asarni tanlab olish esa o‘quvchilar musiqiy tayyorgarligi hamda yosh
xususiyatlarini hisobga olgan holda amalga oshirilishi maqsadga muvofiq.
Dars mazmuni talqinida turli xil musiqa asarlari bo‘ladi. Ularning
yaxlitligini ta’minlash uchun dars tuzilmasini aniqlab olish juda muhim. Chunki,
bunda turli musiqiy faoliyatlarning birin-ketinligiga e’tibor berish muhim ahamiyat
kasb etadi. Darsning musiqiy badiiy tuzilmasini o‘ylab o‘qituvchi bir asardan
boshqasiga o‘tish jarayoniga o‘quvchilardagi muhim hissiy holatni saqlab qolishi
va ularning diqqatini jalb etish usullarini tadbiq etishi lozim. Shuningdek, dars
ishlanmasini tuzishda o‘quvchilarning jismoniy, aqliy va emotsional holatlarni,
sinfning o‘ziga xosligini inobatga olish zarur. Masalan, boshlang‘ich sinflarda
kichik yoshdagi o‘quvchilar diqqatini uzoq vaqt barqaror saqlay olmaydi. Shu bois
ularning faoliyatini o‘z vaqtida almashtirib turish maqsadga muvofiq bo‘lib,
o‘quvchilarning qiziqishlarini so‘nishidan saqlaydi. Murakkab qo‘shiqni, raqsni bir
necha dars davomida o‘rgatish samarali kechadi. Murakkab musiqiy –ritmik
harakatlar o‘rganilgandan so‘ng qo‘shiq kuylashga o‘tish maqsadga muvofiq emas.
Shuningdek, jadvalda musiqa darsining o‘rnini ham, ya’ni o‘sha kunda bu
mashg‘ulot nechanchi soatda o‘tilishini ham hisobga olish lozim. Qaysi darsdan
so‘ng musiqa madaniyati mashg‘uloti bo‘lishi ham ahamiyat kasb etadi. Musiqa
madaniyati mashg‘ulotlari mehnat ta’limi va ayniqsa, jismoniy tarbiya darsidan
keyin o‘tiladigan bo‘lsa, o‘quvchilarni fikrlashga, idrok etishga undovchi
faoliyatlardan boshlash lozim. Har bir muayyan holatda o‘qituvchi sinfning o‘ziga
xoslik jihatlarini, o‘quvchilarning u yoki bu musiqiy faoliyatga qiziqishlarini,
ularning tayyorgarlik darajalarini hisobga olishi juda muhimdir.
Shunday qilib, to‘liq shart-sharoitlar hisobga olingan xolda dars tuzilmasini ishlab
chiqish va uni amalga oshirish uchun o‘qituvchining ijodiy yondashuvi talab
etiladi. Bu esa, har bir dars tuzilmasini takrorlanmas bo‘lishiga yordam beradi.
Axir bir mashg‘ulotdan ikkinchisigacha bo‘lgan davrda boshqa fanlar o‘tilib,
taassurotlar sayozlashishi mumkin. O‘qituvchi shularni egallab olish hafta
davomida musiqa darsida yaxlit taassurotlar va qiziqishlarni saqlab qolishlariga
erishmog‘i kerak.
Musiqa darsi mazmuni oldindan rejalashtirilsa, o‘ylab qo‘yilgan usul va
vositalar o‘z ifodasni topib, o‘qituvchi va o‘quvchilarning o‘zaro hamkorlik
faoliyati doimo qiziqarli jarayon asosida amalga oshirilishi lozim. Biroq ayrim
kutilmagan holatlar bo‘lishi mumkin va muayyan har bir holatga maslahat berib
bo‘lmaydi. Ba’zan ko‘zda tutilmagan holatlar yo‘l-yo‘lakay dars jarayonida ham
amalga oshirishga to‘g‘ri kelib qoladi. O‘qituvchining kasb mahorati, o‘zini
yo‘qotmasdan har bir holatga tegishli xulosa chiqarishni taqozo etadi. Natijada dars
maqsadiga erishilib, belgilangan tuzilmada amalga oshiriladi. Tajribali
o‘qituvchilar yaxlit dars tuzilmasiga alohida ahamiyat berishadi. Zero darsning
turli elementlari, bosqichlari o‘zaro uygun va bir-biri bilan bog‘liq bo‘ladi. Turli
metodlar (asarni taqqoslash (T-sxemasi), muammoli vaziyat, aqliy hujum,
skarabey) asosida o‘qituvchi o‘quvchilarni ijodiy topshiriqlar orqali faolligini
oshiradi va istagan natijalarga erishishlariga harakat qiladi.
Ma’lumki, zamonaviy musiqa darsining sifati o‘quvchilar faolligi bilan
belgilanadi. Faollik muammosi nafaqat darsning qiziqarli tuzilmasi, o‘quvchilarga
qiziqishni shakllantiruvchi metodlarni qo‘llash orqali hal etiladi. Ko‘pincha
o‘qituvchining har bir o‘quvchiga yakkaindividual yondashuviga ham bog‘liq
bo‘ladi. Bu esa bugunki kun zamonaviy o‘qituvchi oldiga qo‘yilgan muhim
vazifalardan biridir.
Musiqa fani o‘qituvchi va o‘quvchilar bilan haftasida bir marotaba
uchrashadi. Musiqa darsi sinf o‘quvchilari bilan keng ko‘lamli ishlarni amalga
oshirishni talab etadi. Shu bois, o‘qituvchi o‘z o‘quvchilarini yaxshi bilmog‘i,
ularning kuchli va zaif tomonlarini, qiziqishlarini to‘g‘ri anglab, ular dunyosiga
kirishib har bir o‘quvchi imkoniyatlarini baholashi kerak bo‘ladi. Darsda bevosita
muloqot o‘rnatishga harakat qilish, turli xil savollarga undovchi, so‘rovli nigoh,
yuz ifodasida bayon etish vosita va usullaridan keng foydalanish maqsadga
muvofiq. Har bir musiqiy faoliyat o‘quvchilarga individual yondashish imkonini
beradi. Ayniqsa, ikki va uch ovozli asarlarni o‘rganishda o‘quvchilar musiqa
cholg‘u asboblarida jo‘r bo‘lishda, o‘quvchilar imkoniyatiga ko‘ra ijodiy
xarakterdagi topshiriqlar berishda va h.k.larda buni yaqqol kuzatish mumkin.
Differentsial topshiriqlar o‘quvchilarda qiziqish uyg‘otadi. O‘quvchilar berilgan
topshiriqlarni muvaffaqiyatli bajarishi esa ularning musiqiy rivojlanishlarini
faollashtiradi. Zamonaviy musiqa darsini maxsus jihozlanmagan sharoitda amalga
oshirish murakkab. Musiqa xonasining estetik jihozlanishi o‘quvchilarga zavq
bag‘ishlab, darsda o‘ziga xos kayfiyat uyg‘otishi lozim. Darsda o‘qituvchi musiqa
cholg‘u asboblari, texnik vositalar, ko‘rgazmali qurollardan foydalanishi juda ham
muhim. Ularning sifatliligidan, o‘z vaqtida tayyorlanganligidan va unumli tadbiq
etilishidan darsning muvaffaqiyatli o‘tishi ta’minlanadi.
Bugungi kunda o‘qituvchi darslarda musiqa asarlarining turli ijrolarini
(orkestr, ansambl ijrosida) sadolanishini texnik vosita yozuvlarsiz tasavvur qilish
qiyin. Bu vositalar o‘quvchilarning har bir musiqa cholg‘ularining jaranglashini va
ovozning ifodaliligini idrok etish tasavvurlarini kengaytiradi, Fonoxrestomatiya
(elektron resurs) esa o‘qituvchida qo‘shiq o‘rgatish jarayoni yanada qiziqarli,
sermazmun o‘tishiga yordam beradi. O‘qituvchi dars davomida o‘quvchilarning
qo‘shiq ijrosini yozib olib, ularning o‘ziga qaytib eshitirishi va ijroga nisbatan
o‘quvchilarning munosabati hamda ijroga baholarini berishni taklif etadi. Keyingi
paytlarda musiqa darsida turli xil ko‘rgazmali vositalardan keng foydalanilmoqda.
Bular illyustratsiya, turli tasviriy manzaralar va boshqalar. Bu esa, darsda tasviriy
san’at, so‘z san’ati namunalaridan ham unumli foydalanishni nazarda tutadi.
Musiqa madaniyati darsida o‘quvchilarning musiqiy qobiliyatlarini rivojlantiruvchi
ko‘rgazmali vositalardan foydalanishi muhim. Nota yozuvlari vositasida
ko‘rgazmalar o‘quvchilarda nota asosida kuylash malakalari shakllanib borishi,
qo‘shiq kuylashni tezroq o‘zlashtirilishiga erishiladi. Tovushlarni to‘g‘ri, sof va
toza intonatsyada kuylash esa, qo‘shiq matnini yaxshi eslab qolishlariga yordam
beradi.
Shunday qilib, umumta’lim maktabida musiqa madaniyati darsiga puhta
tayyorgarlik ko‘rish va uni samarali o‘tkazish o‘qituvchidan doimo ijodiy
yondashuvni, kasbiy tajribalarni, bilim, malaka hamda ko‘nikmalarni faol tadbiq
etishni taqozo etadi. O‘qituvchi ijodining natijasi bo‘lgan dars g‘oyaviy-emotsional
ta’sir kuchiga ega bo‘lib, o‘quvchi ichki dunyosini zabt etib, musiqa san’atiga
qiziqish va ehtiyojni tarbiyalaydi. Musiqa darsining muvaffaqiyati savodxon,
chuqur bilimli, o‘z kasbiga fidoiy bo‘lgan o‘qituvchi shaxsiga bog‘liq. Shu bois,
musiqadan bilim va malakalari yetarli bo‘lmagan o‘qituvchilarga musiqa darsini
o‘tishda mutaxassis mualliflardan zaruriy saboqlar olib turish MP3 yozuvlardan
keng foydalanib, musiqa o‘qitish jarayonida yangi pedagogik texnologiya
usullaridan unumli foydalangan holda dars o‘tishlariga maslahat beriladi. Aks
holda,
o‘quvchilarning
belgilangan
dastur
talablarini
o‘zlashtirishlari
mushkullashib, musiqa madaniyati darsi oldiga qo‘yiladigan talablarga erishilmay
qoladi.
Dostları ilə paylaş: |