Yoqubova pdf



Yüklə 76,71 Kb.
Pdf görüntüsü
tarix23.09.2023
ölçüsü76,71 Kb.
#123566
yoqubova



Dostonchilik maktablari.
Xalq og‘zaki badiiy ijodining yuksak professional san’at turi doston va
dostonchilik bo‘lib, uning paydo bo‘lish taraqiyoti baxshilar faoliyati bilan bog‘liq.
Doston o‘zbek xalqining qadimgi ma’naviy-madaniy va badiiy merosi, durdonasi
hisoblanib, uning asosini xalq hayoti va kurashi, orzu umidlari tashkil etadi.
“Doston” so‘zi qissa, hikoya sarguzasht ta’rif va maqtov manolarida ishlatiladi.
Adabiy atama sifatida u xalq og‘zaki ijodi va yozma adabiyotidagi yirik ijodi va
yozma adabiyotidagi katta hajimli epik asarlarni anglatadi. Doston juda ulkan va
murakkab, noyob xazina bo‘lib, uning yaratilishi va sayqal topishiga ajlodlarning
juda katta o‘rni bor. O‘zbekistonda xalq dostonchiligi, shuningdek, epik musiqa
hikoya, doston janri deb nomlangan o‘zining nasriy va nazmiy unsurlarini musiqa
cholg‘usi jo‘rnavozligida qamrab olganligini namayon etadi. Dostonlarning yuzaga
kelishida, saqlanib va rivoj olishida ijrochi baxshi, dostonchi, shoir, jirov,
yuzboshilar muhim o‘rin egalaydi. Baxshi cholg‘u chertganda sozanda, she’riy
parchalarni kuyga solib aytganda xonanda, matnlarni bir zumda to‘qib ketadigan
shoir, dostondagi hikoya parchalarini yoddan o‘qiydigan so‘z ustasi, harakat va
mimika orqali ifodalovchi aktyor hamdir
1
. Doston ijrochisini turli hududlarda
turlicha nomlanadi. Xorazmda-dostonchi, baxshi yoki xalfa; Qashqadaryo va
Surxondaryoda-yuzboshi, baxshi, shoir; Samarqandda-baxshi, Xo‘jand
(Tojikistonda) va O‘sh (Qirg‘izistonda) viloyatlarida – soqiy yoki azanda,
Farg‘ona vidiysida – baxshi yoki sannovchi, Qoraqalpog‘istonda – baksi va jirov
deb aytishgan. Dostonlar mavzusi va shakllari ko‘p asrlar davomida rivojlangan.
Ular mavzu jihatidan juda keng bo‘lib, vatanga sadoqat, qahramonlik, xalqning
qudrati, juda keng bo‘lib vatanga sadoqat, ozod mehnati, sevgi, do‘stlik, tinchlik,
haqiqat, umid, insoniylik kabi ezgulikni targ‘ib qiladi. Dostonda oila munosabatlari
va orzu umidlari ifoda etib kelingan.
1
“O‘zbek mumtoz musiqasi” R.S.Abdullayev.T.2008.46 bet.


O‘zbekistonda mavjud dostonlardi mavzusiga ko‘ra quydagi guruhlarga
bo‘lish mumkin. 1. Qahramonlik-bahodirlik dostonlari; 2. Tarixiy dostonlar. 3.
Romantik dostonlar. 4. Diniy dostonlar. Bulardan tashqari jangnoma, maishiy,
zamonaviy, va aftobiografik dostonlar ham amaliyotda mavjud. Qahramonlik-
bahodirlik dostonlari o‘zbek xalqining ko‘chib yurishi orqali paydo bo‘lgan. Bu
mavzudagi dostonlarga “Alpomish”, “Yodgor”, “Rustamxon”, “Yusuf va Axmad”,
“Sohibqiron” dostonlari misol bo‘ladi. Tarixiy dostonlar xalqining tarixiy voqea va
hodislar, ayrim tarixiy shaxslar faoliyati asosida yaratilgan. Bunday dostonlarga
“Shoyboniyxon” “Tulumbiy”, “Iskandarnoma” kabilar kiradi. Romantik dostonlar
bu janrdagi asarlarning eng katta turidir. Ularda sevgi, muhabbat, fantastika, va
afsona o‘zaro chambarchas bog‘liq. Bu dostonlar ichida “Toxir va Zuxro”,
“Kuntug‘mish”, “Oshiq g‘arib va Shoxsanam”, “Shirin va shakar”, “Ravshan va
Zulxumor” va boshqalar bor.
2
Hajmi yirik bo‘lgan dostonlar baxshilardan badihago‘ylik va musiqiy-
nazmiy qobiliyatni, o‘qish-yozish va mahoratini talab etadi. Dostonlarning asosiy
musiqiy janri – termadir. Terma so‘z va kuydan tashkil topib, musiqa cholg‘usi
do‘mbira yoki qo‘biz va cholg‘u asbobi bilan birga aytiladi. Har bir dostonda 5
tadan 36 gacha kuy – ohanglar qo‘llanadi. Doston kuylari “nag‘ma”, “nola” yoki
“nolish” va “baxshi kuy” deb ataladi. O‘zbek dostonchilik san’atida ikkita asosiy
ijro uslubi mavjud. 
1. Rechitativ – deklamatsion – tomoq, ya’ni “bog‘iq ovoz“ aytish: Bu
aytim jarangsiz, xira bo‘lib u do‘mbira yoki qo‘biz jo‘rligida yaxshi ijro etiladi. 
2. Qo‘shiqsimon – kuychang – cholg‘u ansambli jo‘rligida ijro etiladi.
Ularda kuy tuzilishi, xarakteri va ritim – usul holatlari ancha rivojlangan. Ushbu
dostonlarda terma qoshiq ijro tarzi turlicha bo‘lib, u baxshining badiiy didi va
mahoratiga bog‘liq bo‘ladi.
3
Dostonchilik san’atining tarixiy rivojlanishi
jarayonida o‘ziga xos ijrochilik maktablari shakllanib kelgan. Har bir maktab
dostonlar mavzusi va ijrochilar tarkibi va namoyandalari bilan ajralib turadi.
Mintaqalarda turli o‘ziga xos ananalarga ega bo‘lgan dostonchilik maktablari
2
“O‘zbek mumtoz musiqasi” R.S.Abdullayev.T.2008.47 bet.
3
“O‘zbek mumtoz musiqasi” R.S.Abdullayev.T.2008.47 bet.


shakllangan. Bulung‘ur, Narpay, Qo‘rg‘on, Xorazm va Sherobod maktablari
mashxur bo‘lgan. Ular reperturalari, uslubi, ma’lum ijod tamoiyli va ijro
uslublariga ko‘ra bir biridan ajralib turadi. Samarqand viloyatidagi Bulung‘ur
dostonchilik maktabi “Alpomish” dostonini kuylash maxorati bilan ajralib turadi.
Bu dostonchilik maktabida Po‘lkan shoiri Fozil Yo‘ldosh og‘li, Ergash
Jumonbulbul o‘g‘li asos solgan. Ergash Jumonbulbul o‘g‘lining makatbida Sulton
kampir, Tilla kampir, Jodxon baxshi kabi o‘nlab dostonchilar faoliyat yuritgan.
Dostonlardagi musiqiy kuy tuzilmalaring diapazoni hajim jihatdan kichikroq.
Ayrim holatlarda hikoyalar ham do‘mbira jo‘rligida ijro etilgan. “Alpomish”,
“Rustamxon”, “Kuntug‘mush” dostonlari notaga Fozil Yo‘ldosh o‘g‘li, Ergash
Jumanbulbul og‘li birinchi bo‘lib bu dostonlardi notaga ob o‘quvchilarga
o‘rgatgan. Hozirgi kunda Samarqanddagi baxshichilar maktabi rivojlanmay oqsab
qolgan.
4
Ergash Jumanbulbul Og‘lining ulkan shoir-dostonchi bo‘lib yetishuvida
oilasi va Qo‘rg‘on qishlog‘idagi dostonchilik maktabidagi boy adabiy muxit katta
axamiyatga ega bo‘ldi. Dostonchilik ta’limini otasi Jumanbulbuldan olgan.
Jumanbulbul o‘z og‘li Ergashning o‘qish-o‘rganishi, bilan olishiga katta e’tibor
bergan. 1884-1886 yillardan Buxoro madrasalaridan birida taxsil olib, fors, arab
tillarini chuqur o‘rgangan. Moddiy jihatdan qiynalganligi va 1886-yil otasi vafot
etganligi sabab o‘qishina davom ettira olmagan. Qishlog‘iga qaytib kelib mustaqil
o‘qish, dostonchilikda mahoratini oshirish bilan shug‘ullangan. 1887-1889
yillarda Ergash Jumanbulbul o‘g‘li Buxoro amirligiga qarashli nurota bekligining
amaldorlaridan biri Qo‘zibekka mirza bo‘lib ishlaydi. O‘lkada boshlagan
qahatchilik dostonchi bo‘lib yetishayotkan ukalari Abduxalil va Abdujalillar,
singillari va Farzandlari birin-ketin vafot etadi. Bunday g‘am-alam, tashvishida
qolgan shoir kuylashni tashlab qo‘yadi. 1912-1922 yillarda Bulung‘ur, G‘allarol,
Urgut tumanlari, Jizzax va Panjikent atrofidagi qishloqlarda tabiblik, qassaxonalik,
sherxonlik qilib yurgan, bazan dostonlar kuylagan. 1994-yil Qoraqisa qishlogְ‘ida
bir xonali maktab ochdi. 1925 yil Samarqandga kelib 1926-1928 yillarda
4


Bulung‘urr tumani Qirqshodi qishlog‘da Po‘lkan shoir, Fozil Yo‘ldosh o‘g‘li bilan
birgalikda yod bilgan doston larini yozdirish va o‘zi yozib qoldirish bilan
shug‘ullangan. 1937 yil aprelgacha X.T.Zarifov uyida yashab, aprel oxirida
qishlog‘iga qaytib borib vafot etdi.
5
Ergash Jumanbulbul og‘lining ijodi rang
barang bo‘lib, u qirqdan ortiq dostonlar yod oladi. Bulung‘ur dostonchilik
maktabining so‘nggi vakili Fozil Yo‘ldosh o‘g‘li bo‘lgan. “Alpomish”, “Yodgor”,
“Yusuf bilan Axmad”, “Malikayi ayyor”, “Nurali” “Shirin billan Shakar” kabi
dostonlarni maromiga yetkazib aytgan. Ochil baxshidan intervyu olganda
Samarqandda dostonchilik rivojlantirish uchun nima qilish kerak degan savolga?
Ochil Baxshi “Samarqan birinchi bo‘lib baxshichilik rivojlangan Polkan shoiri,
Fozil Yo‘ldiosh o‘g‘li “Apomish“, “Yodgor” dostonlari notaga olishgan.
Rivojlangan Surxondaryo Qashqadaryo baxshichilariyam Polkan Fozil Yo‘ldosh
o‘g‘li dostonlarining variantlarini o‘zgartirmasdan kuylab ijro qilib sherobod
dostonchilik maktabini ochib shu dostonlar variantidan foydalanib o‘z yo‘lini ijro
uslubini topgan. Hozirgi kunda Samarqand baxshilari oqsamoqda rivojlanish
bo‘lmayapti chunki, ular ijro qiloyatgan dostonlari saviyasiz, ustoz ko‘rmagan.
Agar Qashqadaryo Surxondaryodagi ustoz baxshichilar biroz muddat Samarqandga
kelib dostonchilikdi o‘rgatsa yana rivojlanish bo‘ladi”.
Qashqadaryo Surxondaro dostonchilik Sherobod dostonchilik maktabi
bilan mashxur. XIX asrning 1-yarmi XX asr boshlarida yashagan bu maktabning
mashxur vakili Shernazar Beknazar o‘g‘li bir qancha shogirtlar yetishtirgan.
Mardanqul Avliyoqul o‘g‘li, Normurod baxshi, Ahmad baxshi, Nurali Boymat
o‘g‘li kabi o‘nlab dostonchilar shu maktabga birlashadi va ulardan bir qancha
dostonlar yozib olingan. Bu maktab nomayondalari nafaqat doston aytish, balkim
termachi va do‘mbirachi sifatida ham mashhur boֹ‘ lishgan va ushbu ana’na hozirgi
kungacha saqlanib kelmoqda. Surxondaryoda doston ijrochilarini yuzboshi deb
atashadi, ijro uslubi rechitativ, tomoq (ichki ovoz) an’analariga boְ‘ysingan,
do‘mbira jo‘rligida ijro etiladi. Bu maktabga xos bo‘lgan “Qo‘ng‘iroqcha
nag‘malar” ham dostonlarda qo‘llanib kelingan. Bu baxshilar repertuariga nazar
5
O`zbekistonda baxshichilik san’atining shakllanishi va taraqiyoti tarihi.38 bet.


tashlar ekanmiz, dostonchilikning nisbatan quyi bosqichlariga, badiiy tafakkurning
uncha rivojlanmagan shakllariga duch kelamiz. Surxondaryo Qashqadaryo, ba’zan
Janubiy Tojikiston baxshilari o‘zaro doimiy aloqada bo‘lgan va ularning
ko‘pchiligi sherobod bilan bog‘lanadi. Bu maktab repertuaridagi ayrim dostonllar
“Oltin qovoq”, “Malla savdogar”, “Ollonazar Olchinbek” kabi dostonlar boshqa
joylardagi baxshilar repertuarida uchramaydi. 1960-yillardan boshlab esa
an’analarning muayyanlashib borishi, ma’lum ma’noda kitobiylikka intilish
kuchaygan. Bunda iste’dodli xalq baxshisi Qodir Raxim o‘g‘lining xizmatlari katta
bo‘lgan. Bugungi kunda Xushboq Mardanqul, Shoberdi Boltayev Qora va Chori
Umirovlar, Abdunazar Povlonov kabi bir qancha baxshilar dostonchilik
an’analarini davom ettirmoqdalar.
Xorazm dostonchilik maktabi o‘tmish davrlardan mashhur bo‘lib kelgan.
O‘rta asrlarda shimoliy baxshichilik maktabi nomini olgan. Xorazm baxshilarida
dostonlarni, asosan dutorda ijro etadila, ularga g‘ijjak va sozandalar jo‘r bo‘ladi.
Xorazm dostonchilik maktabi uslubiy jihatdan farq qiladi. Xorazm dostonlari
yozma manbaga ega bo‘lib, bazan aytuvchi ko‘lida qo‘l yozma matni ham
bo‘lgan, ishqiy romantik mavzudagi dostonlardi aytishgan. Doston ijrochilari xalq
orasida baxshi, dostonchi, jirov va xalfa (ayol) nomi bilan yuritilgan. Ijro uslubi
qo‘shiqsimon ansambil jo‘rligida ijro etishgan. Xorazm dostonchilgida termadan
tashqari qo‘shiq, yalla, lapar va ashula janrlari ham mashxur bo‘lgan. Doston
qo‘shiqlari keng tarqalgan bo‘lib, uning kuylari “nola” yoki “nolish” deb yuritiladi.
Xorozm dostonlari lirik, quvnoq, raqqisbob h.k ijro etiladi. Xorazm dostonchilik
makatabining yirik vakilari: Suvay baxshi, Jumannazar baxshi, Qodir sozchi,
Ahmad baxshi, Jumaboy baxshi va boshqalar. Xorazm dostonchilik Repertuarida
“Alpomish” “Go‘r o‘g‘li”, “Oshiq g‘arip”, “Oshiq Mahmud”, “Toxir va Zuxra”,
“Layli va Majnun” kabi dostonlar mavjud.
6
Xorazm dostonchilar makabining yirik
vakili, ekkinchi jahon urish qatnashchisi, Xorazmlik Jumannazar baxshi shogirdi.
Bola baxshi o`n yoshlaridayoq katta yoshdagi baxshilar davrasida doston, qo`shiq
aytganligi uchun “Bola baxshi “degan nomni olgan, asl ismi Abdullayev
6
O`zME. Birinchi jild. Toshkent, 200-yil.


Qurbonnazar 1899 yil Xiva tumani Gullan bog‘ qishlog‘ida tug‘ilgan. 1938-yil
O‘zbekiston xalq dostonchisi unvoni bilan taqdirlandi. Uning repertuarida “Oshiq
g‘arib va Shoxsanam”, “oshiq Mahmud”, “Bozirgon”, “Xirmondali”, “Avazxon”,
“Kampir”, “Qirqming” shu kabi 20 ga yaqin dostonlar bo‘lib, ulardan “Bozirgon”,
“Avazxon” dostonlari yozib olingan. U yoshlarga doston o‘rgatish maktabi tashkil
qilgan, ko‘pgina shogirdlar chiqargan. O‘zbekiston xalq ijodchilari olimpiyadasi
(Toshkent, 1938), Xalqaro Oltoyushunoslar (Toshkent,1987) hamda boshqa folklor
anjumanlarda qatnashgan. 1994 yil vafot etdi.
Xulosa qilib aytganda, O‘zbekistonda dostonchilar maktabi mana necha
yillardan beri rivojlanishda davom etib kelmoqda. Bu albatta, yosh avlod ruhiyatini
sog‘lom tarbiyalashda, bizning nomoddiy ma’daniy merosimiz bilan doimo aloqa
o‘rnatishda muhim vazifani bajarib kelmoqda. 

Yüklə 76,71 Kb.

Dostları ilə paylaş:




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə