Musiqa tarixi



Yüklə 0,49 Mb.
səhifə1/3
tarix14.05.2023
ölçüsü0,49 Mb.
#110263
  1   2   3
Kurs ishi mavzu O’zbekistonda dostonchilik sa’nati


O’ZBEKISTON RESPUBLIKASI OLIY VA O’RTA MAXSUS TA’LIM VAZIRLIGI

TERMIZ DAVLAT UNIVERSITETI
MILLIY LIBOS VA SAN’AT FAKUL’TETI
MUSIQA TA’LIM KAFEDRASI
MUSIQA TARIXI” FANIDAN

KURS ISHI

MAVZU:O’ZBEKISTONDA DOSTONCHILIK SA’NATI
Bajardi: musiqa ta’lim yo'nalishi
__-kurs talabasi ____________________

Ilmiy rahbar: ______________________



MAVZU; O’ZBEKISTONDA DOSTONCHILIK SA’NATI
MUNDARIJA
KIRISH………………………………………………………………….1
1.BOB. O’ZBEK DOSTONCHILIK TARIXI XUSUSIDA ..9
1.1.Doston haqida umumiy ma’lumot …………………17
1.2.Ba’xshilar sa’nati haqida…………………..21
2.BOB.DOSTON KUYLOVCHILAR VA DOSTON KUYLASH TARTIBI……………………………………………………………….17
2.1O’zbek dostonlarining mashhur ijrochilari ….……29
2.2 Dostonchilik maktablari……………………………………36
XULOS…………………………………………………………………….37
FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR…………………………...38


KIRISH .
MAVZUNING DOLZARBLIGI
O’zbek dostonlari boshqa ko’pgina xalqlardagi kabi faqat epik she’riy asargina bo’lmasdan, ularda nasr ham muhim o’rin tutadi. Syujet rivojida voqealarning borishini tasvirlovchi nasriy, ya’ni proza qismi janglar mazmuni, tabiat go’zalliklari, u yoki bu obrazning alohida e’tiborga loyiq fazilatlarini tasvirlovchi poetik qism bilan almashinib turadi. Dostonlar ijro etilganda nasriy (proza) qismi, odatda, hikoya tarzida ma’lum artistik mahorat bilan aytiladi va ba’zan rechitativ tarzida kuylanishi ham mumkin. Ammo she’riy bo’limlari doimo kuylanib ijro etiladi va bu yerda baxshi (yoki shoir)ning ustaligi ishlatiladigan bir necha kuyning har birini mantiqiy rivojga mos keltirishida ham ko’rinadi. SHunisi diqqatga sazovorki, O’zbekistonning deyarli barcha lokal (mahalliy) tumanlarida dostonlar maxsus bo’g’iq ovozda (Xorazmni mustasno etganda) do’mbira jo’rligida (Xorazmda dutor yoki an’anaviy ansamblь jo’rligida) rechitativ deklamatsion (Xorazmda kuychan) ohanglar bilan ijro etiladi. Bu, ayniqsa, hozirgi kunda ham doston aytib kelayotgan Qashqadaryo va Surxondaryoning yirik baxshilari va ular maktabiga sodiq yosh iste’dodlar ijrosida yorqin ko’rinadi.Surxondaryo-Qashqadaryo dostonlari. Ushbu voha dostonchiligi juda qadimiy, ayni paytda hozirga qadar yaxshi saqlangan mahalliy udum va an’analariga ega. U o’ziga xos adabiy-nasriy, she’riy, shuningdek, musiqiy-ijodkorlik xislatlar bilan ta’riflanadi.Doston voqealarining bosqichma-bosqich, salobatli bayon etilishi jarayonida so’zli va sof cholg’u kuylar katta o’rin tutadi. Shuningdek, uning ijrosi davomida muntazam ravishda aytiluvchi har-xil mazmundagi qo’shiqsimon namunalar “noma” deb yuritiladi. Nomalar dostonchi tomonidan do’mbira cholg’usi jo’rligida yo’g’on, bo’g’iq tabiatli, shu boisdan “ichki” deb ataluvchi ovozda ijro etiladi[1].

Har bir doston o’nlab turlicha holat va kayfiyatlarni ifodalovchi noma va kuylardan tuziladi. Ijrochi muayyan voqelik vaziyatidan kelib chiqib, o’z ijro bisotida bor musiqiy namunalarni tanlab, o’rinli ishlatadi. Doston tarkibidagi aksariyat kuy va nomalar kichik hajmli, oddiy tuzilmali shaklu-shamoyillardan iboratdir. Ularda foydalanilgan musiqiy tovushlar ko’lami, vazn-usullari jihatdan biroz chegaralangandek tuyulishi mumkin. SHunday bo’lsa-da, doston ijrochisining badihago’ylik mahorati orqali bunday qadimiy musiqiy namunalarning rango-rangligi, ta’sirchan va ifodaviyligi ta’minlanadi.Surxondaryo va Qashqadaryo vohalarida eng keng tarqalgan tarixiy, bahodirlik, ishqiy dostonlardan “Alpomish”, “Avazxon”, “Rustamxon”, “Go’r o’g’li” va boshqalarni tilga olish mumkin.Doston o’zbek folьklorining keng tarqalgan yirik janrlaridan biridir. Uning yaratilishi xalqimizning ma’naviy-maishiy qiyofasi, siyosiy qarashlari, axloqiy estetik tarbiya, adolat va xaqqoniyat, ozodlik va tenglik, qaxramonlik va vatanparvarlik xaqidagi ideallari bilan chambarchas bog’likdir. Asriy kurashlar va ideallar mavzusi g’oyaviy mazmunni, voqelikning mohiyatini belgilaydi.«Doston» so’zi qissa, hikoya, sarguzasht, ta’rif va maqtov ma’nolarida ishlatiladi. Adabiy atama sifatida u, xalq og’zaki ijodida yirik xajmli epik asardir.Dostonlar ijro etilganda nasriy (proza) qismi, odatda, hikoya tarzida ma’lum artistik mahorat bilan aytiladi va ba’zan rechitativ tarzida kuylanishi ham mumkin. Har bir doston o’nlab turlicha holat va kayfiyatlarni ifodalovchi noma va kuylardan tuziladi. Ijrochi muayyan voqelik vaziyatidan kelib chiqib, o’z ijro bisotida bor musiqiy namunalarni tanlab, o’rinli ishlatadi. Doston tarkibidagi aksariyat kuy va nomalar kichik hajmli, oddiy tuzilmali shaklu-shamoyillardan iboratdir. Ularda foydalanilgan musiqiy tovushlar ko’lami, vazn-usullari jihatdan biroz chegaralangandek tuyulishi mumkin. SHunday bo’lsa-da, doston ijrochisining badihago’ylik mahorati orqali bunday qadimiy musiqiy namunalarning rango-rangligi, ta’sirchan va ifodaviyligi ta’minlanadi


Milodiy VII-VIII asrlarda islom dini kirib kelishi bilan Xorazmda musulmonchilik urf-odatlariga moslashgan dostonchilik hamda shu tarzda bizgacha yetib kelgan uslublar joriy etila boshlagan. SHariat asoslarini targ’ibot qiluvchi islom dini, xususan Kur’oni Karim negizida har xil qissalar doston va dostonsifat nomalar yaratilib keng tarqaldi. Masalan: «Me’rojnoma», «Bobo Ravshan», «Payg’ambarlar hikoyati», «Sultonboyning me’roji», “Juxud o’g’lon», «Yusuf va Zulayxo», «Kiyiknoma» kabilar musiqiy jihatdan boy dostonlar. Musiqashunos olim R.Yunusov mazkur voha dostonlariga quyidagicha ta’rif beradi: “Xorazmda keng tarqalgan dostonchilik udumlari turkiy tilli qo’shni xalqlar, ya’ni Markaziy Osiyoning boshqa mintaqalaridagi, xususan, O’zbekistonda mavjud boshqa dostonchilik an’analaridan sezilarli farq qiladi. Umuman olganda Xorazm dostonlari ko’proq musiqiylashgan. Ularda voqealar bosqichma-bosqich bayon etilishi bilan bog’liq she’riy matnlar ham qo’shiqchilikka ko’proq moslangan. Dostonchi nomalarni yuqorida aytilganidek, “ochiq”, ya’ni tabiiy ovozda kuylaydi. Unga ko’pincha dutor, bo’lamon, g’ijjak va doira jo’rlik qiladi. Ma’lumki, ayrim xorazmlik dostonchilar so’nggi 70-80 yil davomida ozarbayjon torida chalishni o’zlashtirib, uni o’z cholg’u jo’rnavozligi uchun qo’llab kelishgan”[2].Turlicha mazmundagi doston nomalari ancha rivojlangan va tugal musiqiy shakllarga ega. Nomalarning ayrimlarini terma, qo’shiq, boshqalarini esa xalq ashula janrlariga qiyoslash mumkin. E’tiborli tomonlaridan biri shundaki, dostonlar tarkibidagi nomalarning aksariyati tinglovchilar orasida juda mashhur bo’lib ketgan. Zero ularni nafaqat bevosita doston ko’rinishida, balki ko’p san’atkor va havaskor xonandalar toonidan erkin, alohida-alohida ham kuylash Xorazmda odatga aylangan. Xorazm dostonlari yuzasidan so’nggi yillarda olib borilgan ilmiy izlanishlar natijasida yangi, e’tiborga sazovor ma’lumotlar topildi. Binobarin, mavjud doston nomalari o’zining umummushtarak adabiy-musiqiy sifatlari qatori, ayni paytda, qisman sezilarli darajadagi ichki xilma-xillikni ham qamrab olgan ekan. Misol tariqasida, sof musiqiy uslubiyati va xislatlarini nazarda tutgan holda barcha Xorazm dostonlarini “SHirvoniy” yoki “Eroniy” nomli ikki asosiy yo’nalishga, bir qator ijod va ijro “maktablariga” mansubligini qayd qilish mumkin.Xalqimiz tomonidan ming yillar davomida yaratilgan og'zaki ijod namunalari o'zbek xalqining tarixiy va qimmatli madaniy merosidir. Ayni kuniarda о rganish va asrab avaylash qayta-qayta ta'kidlanayotgan xalq qadriyatlari tarkibida xalq og'zaki ijodi ham mavjudair. Xususan, «To'maris», «Shiroq» kabi afsonalar, «Alpomish», «Go'ro g 'lining tug'ilishi», «Ravshan», «Oshiq G 'arih va Shoxsanam» kabi dostonlar, «Bulbuligo'yo», «Malikai Husnobod», «Uch og'a-ini botirlar» kabi ertaklar, lirik qo'shiqlar, marosim va mehnat qo'shiqlari hamda boshqa og'zaki ijod namunalari xalqimiz qadriyatlarining airalmas qismi hisoblanadi. O'zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan qabul qilingan < Kadrlar tayyorlash milliy dasturi»da xalq qadriyatlarining tarbiyaviy ahamiyati alohida qayd etiigan. Xususan, «Kadrlar tayyorlash tizimini rivojlantirishning asosiy yo nalishlari» bobining «Ma'naviy-axloqiy tarbiya va ma'rifiy ishlar» moddasida: «YOsh avlodni ma naviy-axloqiy tarbiyaiashda xalqning boy milliy. madaniv-tarixiy an analariga, urf-odatiari hamda umumbashariy aadriyatlariga asoslangan samarali tashkiliy pedagogik shaki va vositalari ishlab chiqilib, amaliyotga joriy etiiadi»,- deyilgan. Ushbu muhim davlat hujjatida xaiq og'zaki ijodining asrlar bo yi yosh avlodni tarbiyalash vositasi bo'lib kelganligi alohida ta kidlangan. Bugungi kunda ma lum bo'lyaptiki, shaxsni tarbiyaiashda uning ruhiy holatiga ta sir kilmasdan samaraga erishib bo Imaydi. Xalq og'zaki ijodida avlod tarbiyasi aynan ana shu usuldan foydaiangan holda amaiga oshiriladi. Jumladan, «Alpomish» dostonida Alpomishning soddaligi va ishonuvchanligidan foydaiangan dushman uni va sheriklarini tuzoqqa tushiradi. Qahramonning bir kun may ichib hushyorligining yo qotisni 7 yii zindonda yotishiga sabab bo'ladi. Yoki dostonda aka-uka Boybo ri va Boysarinmg murosasizligi tufayli о n minglab qo'ng'irotliklarning boshiga misilsiz ко rgiliklar tushadi.Bundan ma lum bo'ladiki, dono xalqimiz psixologiya fanining zamonaviy yutuqlaridan bexabar holda yoshlarni tarbiyalashda eng m aqul yo Ini tanlagan ekan. Pedagogikada yosh avlodni vatanparvarlik, xalqparvarlik, mehnatsevarlik, rostgo ylik ruhida tarbiyalash masalasiga alohida e'tibor beriladi. Bundan tashqari, xalq o'z farzandlarining ziyrak, irodali, insonparvar bo'lib etishishini orzu qilgan. Xalq og'zaki badiiy ijodidagi asarlarda tanqid ostiga olingan qahramon o'z fe'lidagi kamchiliklarni tuzatadi va murod-maqsadiga etadi. Bu misollar ham xalqimiz og'zaki ijodining muhim tarbiyaviy ahamiyatga ega ekanini tasdiqlaydi Xalq og'zaki ijodi bilan yaqindan tanishish bu asarlarda inson tarbiyasiga oid hech qanday bo sh o'rin qolmaganligini ко rsatadi. Xususan, bazi ertaklarda asar qahramonining ziyrakligini tekshiruvchi topishmoqlar mavjud. Bir qator epik asarlarda esa hayotda yomonlik qilgan shaxsning jazosiz qolmasligi ta'kidlanadi. Bevosita yosh bolalarning tarbiyasiga oid masalalar ham xalq og'zaki ijodi namunalaridan sezilarli o'rin olgan. Bu o'rinda topishmoqlarda majoziy fikr yuritilishini, tez aytishlarda nutq organlari shakllanishiga e'tibor berilganini, bolalar qo'shiqlarida estetik tarbiya bilan jismoniy tarbiyaning uyg'un ekanligini nazarda tutamiz. Xalq og'zaki ijodi va xalq pedagogikasining aloqasi haqida maxsus fikr yuritilar ekan, o'rganilayotgan asarning m arifiy ahamiyatini ham e tiborga olmoq maqsadga muvofiqdir Chunki xalq og'zaki ijodida katta o'rin tutuvchi doston va ertaklar orqali yosh avlodga qadim zamonlarda quyosh. er, suv, ot, tuya, yo'lbars, baliq, qaldirg och, behi, chinor kabi tushunchalarning muqaddasligi uqtirilgan Shuningdek, bunday asarlarda to y, aza kabi marosimlar qanday o'tkazilishi haqida aniq ma lumotlar berilgan, Natijada doston va ertaklarni tinglovchilar bir tomondan, hayot, ikkinchi tomondan, badiiy ijod namunalari orqali milliy qadriyatlarimiz ruhida tarbiyalanganlar. Bu esa bugungi kunda davlatimiz tomonidan alohida e'tibor berilayotgan umummsoniylikni va milliylikni, mustaqillik mafkurasi asosbrini o'zlashtirish omili hisoblangan Akademik litsey talabalar yaqin kelajakda oliy o'quv yurtlariga o qishga kirishlarini va ko'plari maorif xodimlari bo'lib etishishini nazarda tutsak. og zaki ijod asarlarini organishlari zarurligi aniq seziladi. Talabalar og'zaki ijod asarlarim o qish jarayonida faqat asar mazmuniga emas, balki asar matnidagi mifik dunyoqarash elementlariga, rasm-rusum o'tkazish tartiblariga ham о tibor bermoqlari lozimdir.

Yüklə 0,49 Mb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə