Musiqa tarixi



Yüklə 0,49 Mb.
səhifə2/3
tarix14.05.2023
ölçüsü0,49 Mb.
#110263
1   2   3
Kurs ishi mavzu O’zbekistonda dostonchilik sa’nati

Kurs ishining maqsadi.
O'zbek xalq og'zaki ijodi namunalarida ilgari surilgan ezgu g oyalar xalq pedagogikasi bilan chambarchas bog liqligi katta ahamiyat kasb eladi. Bundan tashqari o'zbek folklori elshunoslik (etnografiya), shevashunoslik (dialektologlya), til va adabiyot tarixi, madaniyatshunoslik, musiqa, adabiyot nazariyasi, tilshunosllk, tarix, arxeologiya kabi yana bir qator fanlar bilan ham uzviy aloqada bo’ladi.
Kurs ishining obe’kti. Dostonchilik sa’nati.

Kurs ishning vazifasi: obe’ktidan kelib chiqib qo‘yidagi vazifalar belgilab olindi.
Doston haqida umumiy ma’lumot olish
Ba’xshilar sa’nati haqida tanishish
Kurs ishning metodologik asosini
O’zbekistonda dostonchilik sa’nati
Kurs ishning: Kurs ishi kirish, ikki bob, xulosa va adabiyotlar ro‘yxatlaridan iborat.

1.BOB. O’ZBEK DOSTONCHILIK TARIXI XUSUSIDA
1.1.Doston haqida umumiy ma’lumot
Doston o'zbek folklorining keng tarqalgan va yirik janrlarida biridir. Uning yaratilishi xalqimizning ma'naviy-maishiy qiyofasi, ijtimoiy-siyosiy kurashlari, axloqiy-estetik qarashlari, adolat va haqqoniyat, ozodlik va tenglik, qahramonlik va vatanparvarlik haqidagi g'oyalari bilan chambarchas bog'liq. «Doston» so'zi qissa, hikoya, sarguzasht, maqtov va ta'rif, shonshuhrat, mashhurlik ma'nolarida ishlatiladi. Adabiy atama sifatida bu so'z xalq og'zaki ijodi va yozma adabiyotdagi yirik hajmli epik asarni anglatadi. V.M. Jirmunskiyning yanada aniqroq ifodasiga ko ra «Epos-bu xalqning qahramonlik g'oyasi ko'lamidagi jonli o'tmishidir». Uning ilmiy-tarixiy qimmati, ayni paytda juda katta ijtimoiy, madaniy-tarbiyaviy ahamiyati ham shundadir.Folklorshunos olim Muhammadnodir Saidovning ta'kidlashicha, doston murakkab san'at asari bo'lib, uning doston bo'lishi uchun quyidagilar bo'lishi zarur:
a) Ma'lum adabiy matn.
b) Matnga mos musiqa.
c) Kuylovchi xushovoz xonanda bo'lishi.
d) Kuylovchi musiqa asboblaridan birini - sozni chala olishni bilishi.
e) Kuylovchi shoirlik iqtidoriga va kuchli xotiraga ega bo'lishi.
Bu ta'riflarning biri ikkinchisini to Idiradi. Shuning uchun ham dostonlar sinkretik - omuxta janr hisoblanadi. Xalq dostonlarining ijrochilari O'zbekistonning turli hududlarida turli nomlar bilan yuritiladi. Masalan, Surxondaryo va Qashqadaryoning ayrim joylarida baxshi, yuzboshi, Janubiy Tojikiston o'zbeklari orasida jirov, jirchi, irchi, oqin, oxun, sannoch yoki sannovchi, shoir, xalfa, kampir va hokazo.Dostonni kuylash juda ham qiziqarli с ringa avj pardalarga etganda. yarim tunda dam olish uchun tanaffus e Ion qilinadi Buni baxshilar «Do'mbira to'ntarmoq» deb aytadilar. Bunda baxshi eshituvchilarga yoki do mbirasiga murojjat tarzida bir necha qistirma misralar to qib ijrom to xtatadi. Baxshi taklif qilingan qishloq yoki xonadonda dostonchilik kechalari ba zan bir necha kun davom etadi Maxsus dostonchilik kechalaridan tashqari toyhashamlarda. oila tantanalarida. bayramlarda baxshilarning ishtirok etishi odatdagi hoi bo'lgan. XX asrga kelib, shaharlarda baxshilar xizmatidan foydalamsh yoqoldi. Ammo qishloqlarda bu an analar hozirga qadar saqlanib kelmoqda Asrimiznmg ulkan qurilishlarida - umumxalq hasharlarida. masalan. Kattaqo rg on suv ombori, Katta Farg'ona kanali qurilishida. bayram-sayllarda doston va undan parchalar tinglash odat tusiga kirgan.Dostonchilik — xalq ogʻzaki poetik ijodidagi qad. epik anʼana. Dastlab qoʻshiq shaklidagi, musiqa asbobisiz kuylanadigan asarlar yaratilgan. Keyinchalik (10— 11-asrlar) doʻmbira jurligida aytiladiganlari yuzaga kelgan. D.ning bunday namunalari Kaspiy va Orol dengizlari boʻylaridagi qad. koʻchmanchi turkiy qabilalar orasida vujudga kelgan. Epik dostonlarni yaratuvchi va kuylovchi badihagoʻylar koʻpayib borgan sari ustoz-shogirdlik anʼanalari vujudga kela boshladi. Natijada 15—16-asrlarga kelib koʻpgina dostonchilik maktabi paydo boʻldi. 17—18-asrlar D. taraqqiyotida jiddiy koʻtarilish bosqichi, 19—20-asrlar esa uning eng rivojlangan davri hisoblanadi. Bu davrda baxshilar repertuarida 150 dan ortiq xalq dostonlari boʻlib, ularni Tilla kampir, Sulton kampir, Jolmon baxshi, Boʻron shoir, Jumanbulbul, Jossoq, Xonimjon xalfa, Buvi shoira, Suyav baxshi, Amin baxshi, Yoʻldoshbulbul, Sultonmurod, Qurbonbek, Yoʻldosh shoir, Suyar shoir, Sherna yuzboshi kabi mashhur baxshilar kuylab kelganlar. Ergash Jumanbulbul oʻgʻli, Fozil Yoʻldosh oʻgʻli, Poʻlkan, Islom shoir, Saidmurod Panoh oʻgʻli, Berdi baxshi, Abdulla Nurali oʻgʻli, Umir shoir, Bola baxshi, Ahmad baxshi kabi yetakchi sanʼatkorlar uzlariga zamondosh boshqa baxshilar bilan birgalikda bu epik anʼanani davom ettirdilar. D.da qatiy tartibga rioya qilingan: doston eshitish uchun maxsus kechalar uyushtirilgan, toʻy-hashamlar ham baxshilarsiz oʻtmagan. Tinglovchilar baxshini toʻrga oʻtqazib, atrofida qoʻr toʻkib oʻtirganlar. Baxshi doʻmbirasini sozlab, tinglovchilarga "Nima aytay" termasi bilan murojaat qilgan, "Kunlarim", "Doʻmbiram" termalarini aytib, tinglovchilar eʼtiborini oʻziga jalb etgan. Baxshi ijro davomida dostondagi har bir tasvirga mos soʻz topib, oʻsha soʻzlarga monand xatti-harakatlar qilgan. Tinglovchilarni qiziqtirish b-n, oʻzi ham tobora avjga chiqqan. Iqtidorli dostonchilar ikki-uch kecha mobaynida, hatto oylab doston kuylay olganlar. Mas, Shernazar Berdinazar oʻgʻli yetti kecha davomida doston ayta olgan. Baʼzi dostonlarning hajmi ham ikki-uch kecha muttasil ijro etishni taqozo etgan. Dostonchi, odatda, voqea eng qiziq joyga yetganda kuylashni toʻxtatib, tanaffus qilgan, bu esa tinglovchilarning qiziqishini yana ham oshirgan. D. kechalariga ikki-uch baxshi tashrif buyurgan. Bunday hollarda dostonchilar oʻzaro tortishuvga kirishganlar: bir-birlarining iqtidorlarini, soʻzdagi chechanligini, soz chalishdagi mahoratlarini sinaganlar. Tinglovchilar ularga baho berganlar. Xalq olqishini ololmagan dostonchi davradan chiqib ketgan.D. anʼanasi hozirgi kunda ham davom etmoqda, ammo kuylash tartibi va sharoitlarida birmuncha oʻzgarishlar bor. Endiliqda baxshilar teatrlarda, konsert zallarida, katta sayil va hasharlarda, radio va televideniye orqali uyushtirilgan olimpiada va tanlovlarda oʻz mahoratlarini keng tomoshabinlar oldida namoyish etmoqdalar.DOSTON, poema — liro-epik janr; shu janrdagi badiiy asar. Oʻzbek xalq, ogʻzaki ijodi va oʻzbek mumtoz adabiyotida keng tarqalgan. Dostonda muayyan voqea liro-epik tasvir vositalari yordamida hikoya qilinadi. Unda hayot, voqelik keng koʻlamda qamrab olinadi, bir yoki ikkita bosh qahramon ishtirok etadi, personajlar esa koʻp boʻladi. Syujeti sertarmoq, rang-barang. Xalq ogʻzaki ijodidagi Dostonlar nazm va nasrav., yozma adabiyotdagi Dostonlar nazmda boʻladi, bunda nasr voqealarni bogʻlovchi vazifasini oʻtaydi. Yozma adabiyotdagi Doston larda lirizm kuchliroq, ayniqsa, hoz. zamon D. larida lirik asos yanada salmoqliroqdir. Jahon mumtoz adabiyotidagi Dostonlar keng qamrovligi va hajmining kattaligi, koʻtarib chiqqan ijtimoiy, siyosiy, axloqiy muammolari, syujetining sertarmokligi va dramatizmining oʻtkirligi, personajlarining koʻpligi bilan ajraladi. Bunday asarlar markazida jamiyat va xalq takdiri turadi, jamiyat, xalq va qahramon yaxlit, bir butunlikda tasvirlanadi, ular oʻrtasida ziddiyat boʻlmaydi, balki shu xalq, shu qahramon bilan tashki dushmanlar oʻrtasidagi kurash, yaxshilik bilan yomonlik oʻrtasidagi ziddiyat tasvirlanadi. Ularda vatanparvarlik, qahramonlik, insonparvarlik, mehr-muhabbat, doʻstlik va sadoqat, mehnatsevarlik gʻoyalari ilgari suriladi. Ilk dostonlar Yunonistonda paydo boʻldi. Ularda afsonaviy qahramonlarning jasorati, xudolarning karomati haqida kuylangan. Gomerning «Iliada» va «Odisseya», Dantening «Ilohiy komediya», Firdavsiyning «Shohnoma» asarlari Doston janrining kad. namunalaridir. Dostonlar, oʻz mohiyatiga koʻra, qahramonlik («Alpomish», «Farhod va Shirin»), sarguzasht-detektiv («Sabbai sayyor»), ishqiy-romantik («Tohir va Zuhra», «Layli va Majnun»), jangnoma («Yusuf va Ahmad», «Saddi Iskandariy»), tarixiy-memuar («Shayboniynoma», «Jizzax qoʻzgʻoloni»), falsafiy («Hayrat ul-abror»), fantastik-allegorik («Lison uttayr»), didaktik («Qutadgʻu bilig») turga boʻlinadi. Qahramonlik Doston larida xalq, jamiyat takdiri tasvirlansa, ishqiy-romantik Doston larda oshiq-maʼshuklarning sarguzashti bosh oʻrinda turadi. Tarixiy-memuar yoxud tarixiy-biografik Doston larda biror tarixiy shaxslar ramziylashtirilib, boʻrttirib tasvirlanadi. Umuman, Doston larda ideallashtirish, mubolagʻali tasvir ustun boʻladi, ularda turli afsonalar, asotirlar, hikoyatlar, dev, parilar, xizr, ajdar, ajabtovur otlar («Alpomish»dagi Boychibor), sehr-jodu koʻp ishtirok etadi. Xalq Doston lari baxshi, dostonchi va xalq shoirlari tomonidan dutor, doʻmbira va xalq cholgʻu asboblari joʻrligida ijro etiladi. Folklordagi Dostonlar bilan yozma adabiyotdagi Dostonlar shaklshamoyili jihatidan bir xil koʻrinishda boʻlsada, yozma adabiyotdagi Dostonlar yozuvchining dunyoni oʻziga xos tarzda idrok etishi, baholashi va oʻz fikr-gʻoyalari, orzuarmonlarini ifodalash tarzi, usulida farqlanadi. Garchand, Navoiyning aksar Dostonlari, jumladan, «Layli va Majnun», «Saddi Iskandariy» asarlari asosida folklor mavzui turgan boʻlsada, shoir ularni oʻz estetik qarashlari va badiiy niyatidan kelib chiqib tubdan qayta yaratgan.Oʻzbek Doston chiligi asrlar davomida oʻsib, kamol topib, shakli rang-baranglashib bordi. Oʻrxun-Yenisey yozuvida, Avestoyaa, «Devonu lugʻotit turk» dagi qadimgi Doston parchalarida, turkiy xalqlar mulki boʻlmish «Kitobi dodam Qoʻrqut»da va ayniqsa «Alpomish», «Goʻroʻgʻli» turkum D. larida oʻzbek Doston chiligining taraqqiyot yullari, davrlarini kurish mumkin. Navoiy «Xamsa»si oʻzbek Doston chiligi tarixida yuksak choʻqqi boʻldi. «Xamsa»da, Gegel iborasi bilan aytganda, «dunyoning qahramonlik holati»ni tasvirlash kuchli, uning falsafiy-axloqiy mazmuni chuqur, unda shaxs barkamolligi, fozil in-son va adolatli jamiyat targʻib etiladi, yaxshilik va yomonlik ildizlari qidiriladi. 20-a. ga kelganda, oʻzbek Dostonlari hajman toraydi, lirizm kuchaydi. Dunyoni, voqelikni va inson ru-hiy olamini, ruhiy kechinmalarini idrok etish va haqqoniy tasvirlash bosh fazilat boʻlib qoldi (Mirtemirning «Surat» dostoni). Hoz. Doston larga afsona, asotirlar ham faol kirib keldi. E. Vohidovnit «Ruxlar isyoni», A. Oripovning «Jannatga yoʻl» D.larida ana shu yangiliklar yaqqol kurinadi. Hoz. zamon oʻzbek Doston larida drama janri belgilari (konflikt, dialog), ayniqsa epik tasvir unsurlari faollashdi. (E. Vohidov, «Istanbul fojiasi», O. Matjon, «Paxlavon Mahmud» va b.).Bundan tashqari, shoirning his-tuygʻulari, taassurotlari, oʻymushohadalari, kechinmalaridan iborat boʻlgan.


Dostonlar ham yaratilmoqda. 20-a. oʻzbek adabiyotida Dostonlar kamayishini roman janri rivoji bilan izohlash mumkin. Voqelikni afsona, asotirlar va ertaklar asosida bayon etib, bolalarga moʻljallangan yirik sheʼriy asarlar yozishda ham Doston janridan foydalaniladi.
1.2.Ba’xshilar sa’nati haqida
Baxshilar - doston ijrochilari sifatida mashhur, iqtidorli, shoirtabiat odamlar. Hodi Zarifning yozishicha, baxshi so'zi mo'g'ulcha va buryatcha baxsha, bag'sha
so'zlaridan olingan bo'lib, ustod, ma'rifatchi degan ma'nolarni beradi. O'zbeklarda baxshi keng ma'noda xalq dostonlarini kuylovchi, yodda saqlovchi va nasldan-naslga etkazuvchi san atkordir. Xalq orasida baxshi so'zi turlicha xarakterdagi ikki vazifani bajaruvchi shaxsga nisbatan qo'ilangan.
1. Doston kuylovchi.
2. Folbinlik qiluvchi.
Uzoq o'tmishda bu ikki vazifani bir shaxs bajargan. Baxshilar xalq dostonlarini biror sozda, ko'p erlarda do'mbira, ayrim joylarda qo'biz yoki dutorda kuylaydilar. Xorazm baxshilari esa dostonlarni, asosan dutorda, torda ijro etadilar. Ularga g'ijjak va balomonda sozandalar jo'r bo'ladilar.30-yillardan boshlab Xorazm baxshilari dostonlarni asosan tor va rubobda kuylay boshladilar. Xorazmda ba zan epik asarlarni yoki ularning parchalarini garmonda ijro etish hollari ham uchraydi. Xorazmda epik asarlarni, ulardan olingan parchalar va ayrim termalarni kuylovchi ijodkorlarning yana bir turi xalfalar, deb yuritiladi. Xalfachiiik, asosan, ayollar orasida keng tarqalgan. Bibi shoira, Xonimjon xalfa, Ojiza, Onajon Safarova, Nazira Sobirova, Roziya Matniyoz qizi, Saodat Xudoyberganova, Poshsha Saidmamat qizi, Anbarjon Ro'zimetova, Anorjon Razzoqova kabilar xalfachilikda nom qozonganlar. Xalfalar ko'proq «Oshiq G'arib va Shoxsanam», «Oshiq Oydin», «Asilxon», «Hurliqo va Hamro», «Qumri», «Qissai Zebo», «Tulumbiy»,
«Zavriyo», «Duransho», «Bozirgon», «Xiromon», «Xirmon dalli» kabi dostonlarni hamda Maxtumquli she' rlarini ijro etganlar. O'zbek dostonchiligida an'anaviy doston kuylash tartibi bor. Odatda dostonchilik kech kuzdan erta bahorgacha kechqurunlari uyushtirilgan. Baxshi taklif qilingan mehmonxonaga barcha tinglovchilar yig'ilib, qo'rtashlab o'tirishgan. Baxshi to'rda o'tirgan. Doston kuylash kichik bir ziyofatdan keyin boshlangan. Baxshi dastlab bir yoki bir necha terma kuylagan. Asosan, «Nima aytay?» («Doston terish») termasi bilan tinglovchilarga murojaat qilgan. Song tinglovchilarning xohishi yoki baxshining tanlashiga ko'ra biror doston ijro etiladi. Odatda doston kuylash tongga ulanadi. O'zbek xalq dostonlarining ko'pchiligi bir kun kuylashga mo'ljallangan. «Alpomish»dek ulkan asarlar ikki va undan ortiq kechalar ijro etilgan.Dostonni kuylash juda ham qiziqarli с ringa avj pardalarga etganda. yarim tunda dam olish uchun tanaffus e Ion qilinadi Buni baxshilar «Do'mbira to'ntarmoq» deb aytadilar. Bunda baxshi eshituvchilarga yoki do mbirasiga murojjat tarzida bir necha qistirma misralar to qib ijrom to xtatadi. Baxshi taklif qilingan qishloq yoki xonadonda dostonchilik kechalari ba zan bir necha kun davom etadi Maxsus dostonchilik kechalaridan tashqari toyhashamlarda. oila tantanalarida. bayramlarda baxshilarning ishtirok etishi odatdagi hoi bo'lgan. XX asrga kelib, shaharlarda baxshilar xizmatidan foydalamsh yoqoldi. Ammo qishloqlarda bu an analar hozirga qadar saqlanib kelmoqda Asrimiznmg ulkan qurilishlarida ulkan qurilishlarida - umumxalq hasharlarida. masalan. Kattaqo rg on suv ombori, Katta Farg'ona kanali qurilishida. bayram-sayllarda doston va undan parchalar tinglash odat tusiga kirgan.
3.«BOLA BAXShI» DOSTONI Dostonchilikda tadqiqot uchun eng qadrli bo‘lgan asl manbalari, doston ijrochiligining yuqorida aytib o‘tilgan jonli guvohlari va ko‘zga ko‘ringan vakillarining axborotlari juda muhimdir. Xususan, Shirvoniy uslubining yirik namoyandasi, o‘zbekiston, Turkmaniston, Qoraqalpog’iston xalq baxshisi, Ozarbayjon oshiqlar uyushmasining a'zosi, urush va mehnat faxriysi Bola baxshi Qurbonnazar Abdullaevdan olingan dostonchilikning barcha jabhalariga taalluqli ma'lumotlarjuda qimmatlidir. Baxshi otaning aytishicha, bu kasb unga bobo meros bo‘lib, Qurbonnazarning katta bobosi Usmon baxshi el orasida dong’i ketgan mashhur baxshilardan hisoblangan.



Yüklə 0,49 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə