Musiqa tarixi


BOB.DOSTON KUYLOVCHILAR VA DOSTON KUYLASH TARTIBI



Yüklə 0,49 Mb.
səhifə3/3
tarix14.05.2023
ölçüsü0,49 Mb.
#110263
1   2   3
Kurs ishi mavzu O’zbekistonda dostonchilik sa’nati

2.BOB.DOSTON KUYLOVCHILAR VA DOSTON KUYLASH TARTIBI
2.1O’zbek dostonlarining mashhur ijrochilari
Folklorshunos olimlarimiz XX asrda o'nlab doston ijrochilari nomlarini aniqlashdi va ularning ijrosida ikki yuzdan ortiq dostonlarni yozib olishdi. Mashhur xalq baxshilari haqida alohida-alohida monografiyalar yaratildi. Ulardan yozib olingan dostonlarning deyarli barchasi nashr ettirildi, ommalashtirildi. Xalq dostonchilari orasida to’rtta shoirning nomi alohida tilga olinadi. Bu shoirlar o'zlariga xos ijro uslublari bilan boshqalardan ajralib turadi. Quyida ular haqida muxtasar malumotlar berildi. ERGASH JUMANBULBUL O'G’LI Qo'rg'on dostonchiiik maktabining mashhur vakili ergash Jumanbulbul o’g'li 1868 yilda Nurota tumaniga qarashli Qo'rg'on qishlog'ida tavallud topgan. Uning etti ajdodi shoir bo'lib. mashhur baxshilar sifatida tilga olingan. Otasining Jumanbulbul nomiga ega bo'lishi ham bu oiladagi shoirlikka bo'lgan iste'dodni namoyon qiladi. 1875-1876 yillarda ergash Jumanbulbul qishlog'idagi maktabda tahsil oladi. Undagi iste'dodni payqagan otasi o'g'lini Buxoro madrasasiga о qishga beradi. SHu tufayli ergash boshqa baxshilardan farqli o’laroq o qish va yozishni biladigan shoirlardan bo'lib etishdi. U fors va arab tillarini ham mukammal о rgandi. Nizomiy, Navoiy, Mashrab kabi shoirlarning a’sarlarini o’qib o'rgandi. Uning madrasada tahsil olganligi va mumtoz shoirlar ijodidan Yaxshi xabardorligi shoirdan yozib olingan dostonlardan ham sezilib turadi.Ergash shoir 18 yoshga etganda uning otasi vafot etadi. Keyinroq ukalarr Abduxalil, Abdujalil, singlisi Mahkamoy birin-ketin vafot etadi. Bu musibatlar shoir termalarida ham o'z aksini topgan. SHoirdan mashhur folklorshunoslar Hodi Zarif, G'ozi Olim Yunusov, Muhammad Iso ernazar o'g'li kabi olim va o qituvchilar 40 ga yaqin doston va termalar yozib olishgan. ergash Jumanbulbul haqida maxsus monografiya, 200ga yaqin maqolalar yozilgan va bu maqolalarning bir qismi «Ulkan xalq san'atkori» nomi bilan chop etilgan. «Bulbul taronalari» nomli 5 jildlik asarlari nashr qilingan. ergash shoir Samarqand. Zarafshon atroflaridagi qishloqlarda doston va termalar aytib, tirikchilik qilishga majbur bo'lgan. Bu safarlar shoirni mashhur baxshi sifatida elga tanitgan. U doston kuylash bilan birga muttasil baxshichilik mahoratini oshirib borgan va o'zi ham termalar yaratgan Ergash Jumanbulbul о g lidan «Ravshan», «Kuntug'mish», «Alpomish», «Qunduz va Yulduz», «Dalli», «Xush keldi», «Avazxon», «Xasanxon» singari o'nlab dostonlar yozib olingan. SHoir ayniqsa «Go ro g'li» turkumiga kiruvchi dostonlarni zo r mahorat bilan ijro etgan. Uning ijrosida yozib olingan «Ravshan» va «Kuntug'ish» dostonlariga biror lavhani qo'shish ham undan ajratib olish ham mumkin emas, deb ta'kidlaydi folklorshunos olim Omonulla Madayev ergash Jumanbulbul o'g'li mumtoz adabiyot ta sirida tuyuq janriga о xshash tajnisli to'rtliklar ham yaratgan: Qo'lingdan kelgancha chiqar Yaxshi ot, Yaxshilik qil, bolam, yomonlikni ot. Nasixatim yodingda tut, yolg'izim, Yolg'izyursa chang chiqarmas Yaxshi ot. Biz shoirdan yozib olingan «Ravshan» dostonini о rta maktab adabiyot darsliklaridan o'qib o'rganganmiz. Ayniqsa dostondagi Ravshan tomomdan Qalpoq bozorini qidirib yurib aytilgan parcha juda harakterlidir. Bu o'rinda shoir Sharq bozorlarining to'kin-sochinligi va xilma-xilligini badiiy jihatdan yuksak mahorat bilan tasvirlab bergan. ergash Jumanbulbul o'g'li og ir kasallikdan so ng 1937 yil 12 may kuni vafot etgan. FOZIL YO LDOSH О G LI Bulung'ur dostonchilik maktabining mashhur vakili Fozil Yo ldosh o'g'li 1872 yilda Samarqand viloyatining Bulung'ur tumaniga qarashli Loyqa qishlog'idatavallud topgan. Uning ota-bobolari dehqonchilik, chorvachilik bilan shug'ullanishgan hamda dostonlar ijro etib, xalq orasida obro'-e tibor qozonishgan. 1877 yilda Yo ldosh 5 yoshida otasidan etim qoladi. SHu tufayli u 9 yoshga tolmasdan yollanib podachilik qiladi. Bu haqida «Kunlarim» nomli termasida alohida aytib otgan. Fozil Yo ldosh o g lidan folklorshunos olimlar 30 dan ortiq dostonlarni yozib olganlar. Masalan, «Alpomish», «Yodgor», «Yusuf bilan Ahmad», «Malika ayyor», <
Fozil shoir zamonasining mashhur baxshisi Yfildoshbulbulning mehrini qozonadi va undan doston aytish sirlarini o'rgangan. U doston aytish bilan birga dehqonchilik, chorvachilik bilan shug'ullanishda davom etgan. Qishlog'ida Fozil Yo'ldoshdan epchil o'roqchi bo'lmaganligini hamqishloqlari hikoya qilib berishgan. Yosh baxshi jismoniy mehnat qilish bilan bir qatorda ustozi Yo'ldoshbulbul va boshqa baxshilardan 40 dan ortiq xalq dostonini o'rganadi. Fozil shoirdagi o'ta kuchli xotira, mehnatsevarlik va talabchanlik uning mashhur baxshi bo'lib tamlishiga asos bo'ldi. U 19 yoshida ona qishlog iga qaytadi, baxshi sifatida nom taratadi. XX asr boshlarida ro'y bergan tabiiy ofat natijasida «Chigirtka» termasini yaratgan. Chor hukumatining mustamlaka yurtlardan mardikorlikka olish haqidag farmoniga qarshi Jizzaxda bo'lib o'tgan qozg'olon haqida «Jizzax qo zg'oloni», «Mamatkarim polvon» nomli kichik dostonlarni yaratdi. Bu bilan shoir zamonaviy mavzularda tarixiy dostonlar yaratishga asos soldi. Shuningdek, Fozil Yo ldosh o'g'li mumtoz adabiyot namunalari asosida yaratilgan «Farhod va Shirin» singari kitobiy dostonlarning muallifi sifatida ham ulug'lanadi. Fozil Yo ldosh o'g'li 1955 yilda 83 yoshida o'z qishlog'ida vafot etdi. SHoir ijodini 1922 yildan boshlab G'ozi Olim Yunusov, keyinchalik Hodi Zarif, Hamid Olimjon, Maqsud Shayxzoda, V.M. Jirmunskiy, Muhammadnodir Saidov, Bahodir Sarimsoqov kabi olimlar tadqiq etishdi. Ularning ishlarini To'ra Mirzayev, Shomirza Turdimovlar davom ettirmoqdalar. Fozil Yo'ldoshdan yozib olingan «Alpomish» dostoni xalqimiz sevib о qiydigan kitoblardan biri bo'lib qoldi, desak mubolag'a emas. MUHAMMADQUL JONMUROD О G LI PO LKAN Qo rg on dostonchilik maktabining mashhur vakillaridan biri Muhammadqul Jonmurod o'g'li Po'lkan 1874 yilda Samarqand viloyatining Xatirchi tumaniga qarashli Qatag'on qishlog'ida tavallud topgan. U ham yoshligida ota-onasidan etim qoladi va 10 yoshidan boshlab mehnat qilishga majbur bo ladi. U dehqonchilik. podachilik bilan shug'ullangan paytda do'mbira chertib termalar aytishni mashq qilgan. Muhammadquldagi iste dodm payqagan Jassoq baxshi uni o'ziga shogird qilib oladi va to rt yil doston aytish yo llarini o'rgatadi. SHoir 25 yoshidan mustaqil baxshi sifatida faoliyat boshlaydi Muhammadqul Jonmurod o'g lining xotirasi juda kuchli bo'lib, etmishdan ortiq xalq dostonlarini yod bilgan. O'nlab termalarni ijod qilgan. Uning ijodini Hodi Zarif, Buyuk Karimov, Mansur Abzalov, Oxunjon Sobirov, Muhammadnodir Saidov kabi olimlarimiz atroflicha o'rganganlar. Shoirdan «Alpomish», «Yakka Ahmad», «Oysuluv», «Kuntug'mish», «Qironxon», «Go'ro g lining tug'ilishi», «Yunus pari», «Misqol pari», «Gulnor pari», «Xush keldi», «Xasanxon», «Chambil qamali», «Ravshan», «Avazxon», «Xoldorxon», «Elom on»,«Berdiyor otaliq», «Zamonbek», «Xidirali elbegi», «Yodgor», «Shayboniy» kabi dostonlar yozib olingan. Chor Rossiyasi Turkiston o'lkasidan mardikorlikka olish haqida farmon chiqarganda 40 yoshga etib qolgan Muhammadqul front orqasiga jo natiladi Bu safari natijalari o laroq shoir «Mardikor» dostonini yaratadi U o'zining Po'lkan taxallusini ham ana shu paytda tanlagan. SHoirdan yozib olingan «Go ro g lining tug'ilishi» dostoni shu turkumdagi dostonlarning mukammali hisoblanadi. dostonda G oro'g'lining ota-onasi, qahramonning dunyoga kelishi, yoshligi hikoya qilinadi. Go'ro'g'lining mashhur oti G irotning tug'ilishi ham shu dostonda hikoya qilinadi. «Chambil qamali» dostonida o'zbek xalqi ayollariga xos bo'lgan yana bir ulug' fazilat ularning vatanparvarligi yuksak mahorat bilan tasvirlangan. Ayollarni dushmanga qarshi kurashishi kitobxonda vatanparvarlik tuyg'ularini uyg otadi. Shoir ijro etgan dostonlarga xalq maqollarini ham singdirib yuboradi:
Ot boshiga кип tushsa,
Suvliq bilan suv ichar.
Er boshiga кип tushsa,
Etik bilan suv kechar.
Po'lkan shoir 1941 yilda 67 yoshida vafot etdi Uning ijodi haqida maxsus tadqiqot yaratilgan va po'lkan shoir nomi bilan nashr etilgan. ISLOM SHOIR NAZAR O'G'LI Narpay dostonchiiik maktabining mashhur vakili Islom shoir Nazar o'g'li Samarqand viloyatining Narpay tumaniga qarashli Galaqassob qishlog'ida 1874 yilda tavallud topgan Uning otasi Nazar Rajab o'g'li serfarzand bo'lgani sababli yosh Islom cho'ponlik bilan shug ullanishga majbur bo'ladi. Islomning bobosi Rajab shoir baxshi edi. Yosh Islom qalbiga shoirlik cho'g'ini ana shu baxshi bobosi Rajab shoir solgan Shoir: «Yurganim, ko'rganim, dasht, cho'I, boqqanim qo'yqo'zi, ulfatim jafokash cho ponlar bo'ldi. Umrim bino bo'lib, yoshligimda, yigitligimda yangi kiyim kiyganimni, qornim to'yib ovqat eganimni bilmayman», - deb eslaydi. Islom shoir kuchli xotiraga ega bo'lib, o'nlab doston va termalarni yod olgan. U Qo'rg'on va Shaxrisabz maktabi baxshilaridan doston kuylash sirlarini o'rganib, 26 yoshida baxshi sifatida nom qozondi. Islom shoir do'mbira chertishda har qanday baxshini ortda qoldirar ekan. Ovozining shirasi bunga qo'shimcha bo'lgan. SHoirdan «Zulfizar bilan Avazxon», «Gulxiromon», «Orzigul», «Kuntug'mish», «Xirmondalli», «Sohibqiron», «Erali va Sherali», «Tohir va Zuhra», «Nigor va Zamon» kabi dostonlar yozib olingan. U safarlarini birida turkman shoiri Otaniyoz bilan do'stlashadi va umrbod hamkorlik qiladi. Otaniyozning Islom shoir haqida aytgan so'zlari el og'zida doston bo'lgan. Shoirga Qo'rg'on maktabining vakili To'xtamish shoir ustozlik qilgan. Islom shoirdan yozib olingan «Orzigul» dostoni xalq orasida mashhur bo'lgan. Chunki shoir bu dostonni o'zgacha bir mehr bilan kuylab yurgan. Islom shoir hayoti va ijodi folklorshunos olimlar Hodi Zarif, Muzayana Alaviya, Mansur Afzalov, Oxunjon Safarov singari olimlar tomonidan organilgan. Shoir ijodiga oid «Islom shoir va uning xalq poeziyasida tutgan o'rni» nomli tadqiqotlar kitobi nashr etilgan.


2.2 Dostonchilik maktablari
Muayyan doston varianti ko'pinchiiik va yakka ijod birligi jarayonida yuzaga kelgan maxsus asar ekan. unda kuylovchining ijrochilik va ijodkorlik faoliyati asrlar davomida shakllangan epik an analar doirasida namoyon bo ladi. Bu hoi hamma baxshilar uchun umumiy tomonlarni. muayyan dostonchilik qoliplarim yuzaga keltiradi. SHu bilan birga. har bir dostonchi yoki dostonchilar guruhi о ziga xos poetik yo'li, uslubi bilan bir-biridan farq qiladi. Boshqacha qilib aytganda, umumlashgan puxta epik an'ana doirasida ma'lum baxshi yoki baxshilar guruhiga xos alohida ijodiy xususiyatlar, yo liar, uslublar o'zgachaligi mavjud. Folklorshunoslikda buni shartli ravishda dostonchilik maktablari deb yuritiladi. Hozirga qadar o'zbek folklorshunosligida quyidagi dostonchilik maktablari aniqlangan: Bulung ur dostonchilik maktabi vakillari qahramonlik dostonlarini ijro etish bilan mashhur bo Iganlar Sodda. yuksak. о ta an anaviy, nisbatan arxaik (eskirgan) bo'lgan qahramonlik eposini kuylash uslubi bu dostonchilarnmg poetik yo li hisoblanadi Bu maktabmng so'nggi talantli vakili Fozil Y o ldosh o 'g 'li (1872- 1955), undan «Alpomish», «Yodgor», «Yusuf va Ahmad» kabi о nlab ajoyib dostonlar yozib olingan. Fozil Yo idoshning ustozi Yo ldosh shoir bo Igan, u esa Yo ldosh bulbulning shogirdi bo'lgan. Bu maktab Amin baxshi CHini shoir, Tovbuzar. Qurbonbek, Sultonmurod. Suyar, Rahimbulbul. Jo ra. Yorlaqab kabi o' nlab dostonchilarni birlashtirgan. Mazkur maktab vakillari Chortoqdagi Ко libuqon dostonchilik an'analariga ham ijobiy ta' sir ko'rsatganlar.
Bulungur.
Qo rg'on.
Shahrisabz.
Narpay.
Sherobod.
Janubiy Tojikiston.
Xorazm.
Farg'ona (Namangan).Qo'rg'on dostonchiiik maktabining so'nggi talantli vakillari ergash Jumanbulbul o'g'li (1868-1937) va Muhammadqul Jonmurod o'g'li Po'lkan (1874- 1941) hisoblanadi. Bu baxshilardan «Alpomish», «Yakka Ahmad», «Oysuluv», «Kuntugmish», «Qironxon», «Go ro g lining tug ilishi» kabi o'nlab dostonlar yozib olingan. Mang'ishtovdan Nurotaga qadar cho zilgan silsila tog' laming, ayniqsa. Oqtovning shimoliy va janubiy etaklarida yashovchi shoirlar Qo'rg'on dostonchiiik maktabiga mansubdir. Bu maktab Yodgor, Lafas, Mulla Tosh, Mulla Xolmurod Jolmon, Bo'ron, Yorlaqab, Jassoq. Qulsamad, Bo ta, egamberdi, Mardi kabi baxshilarni, Sulton kampir, Tilla kampir singari ayol ijrochilarim birlashtirgan. Mazkur maktab shoirlari koproq ishqiy-romanik dostonlarni kuylaganlar. O'ziga xos chuqur lirizm, chiroyli tasvirlar, she riy bezaklar, tafsilotlarni atroflicha ishlash. noziklik va jimjimadorlik Qo'rg'on maktabi uslubining asosiy belgilaridir. XIX asrda mavjud bo'lgan yana bir epik markaz Shahrisabz dostonchiiik maktabidir. Bu maktabning so'nggi namoyandasi Abdulla Nurali o'g'li (1874- 1957) bo'lib, u XIX asming yirik dostonchisi Rajab shoirning shogirdi bo Igan Ushbu baxshilar dostonlarni sho'x, quvnoq, ко tarinki ruhda aytishlari, kuylarining yoqimliligi bilan ajralib turadilar. Atoqli shoir Isiom Nazar o'g'li (1874-1953) Narpay dostonchiiik maktabining vakilidir. U XIX asrning ulkan dostonchisi Rajab shoirning shogirdi bo'lgan. Talantli xalq shoiri Nurmon Abduvoy o'g'li ham (1862-1940) shu maktabga mansubdir. Ulardan «Orzigul», «Sohibqiron», «Erali va Sherali», «Kuntug'mish», «Zulfizar bilan Avazxon», «Gulixiromon» kabi оnlab dostonlar yozib olingan. Bu dostonlarda xalqchillik keng o'rin olganini sezamiz O'zbekistonning janubida yashovchi kopgina baxshilar SHerobod dostonchiiik maktabi bilan bog liq. XIX asrning ikkinchi yarmi XX asrning boshlarida yashagan Shernazar Beknazar o'g'li bu maktabning mashhur vakili bo'lib, bir qancha shogirdlar etishtirgan. Mardonqul Avliyoqul o'g'li, Umir Safar o'g'li, Normurod baxshi, Ahmad baxshi, Nurali Boymat o'g'li, Madrayim baxshi, Bo riboy Ahmad o'g'li, Yusuf Otagan kabi o'nlab baxshilar bu maktabga birlashganlar. Surxondaryo, Qashqadaryo ba'zan janubiy Tojikiston baxshilari o’zaro doimiy aloqada bo'lganlar va ularning ko pchiligi SHerobod bilan bog'langan. Bu maktab vakillari repertuarida mavjud bo'lgan «Oltin qovoq». Malta savdogar», «Ollonazar Olchinbek» kabi dostonlar boshqa joylarda uchramaydi. Janubiy Tojikistonda yashovchi o'zbek - laqay baxshilari ham repertuari, badiiy tasvir vositalari jihatidan o ziga xos xususiyatlarga ega Ushbu baxshilar Jorubqo'l qishlogi bilan bog'liq. Bu erda Haybat Shamol o'g'li, Qunduz Soqi degan mashhur baxshilar o tgan О zbek-laqay baxshilari repertuarining asosiy qismini «Go ro g li» turkumi dostonlari tashkil etgan. Xorazmdagi o'zbek dostonchilik san'ati boshqa maktablarga mansub baxshilar uslubidan tubdan farq qiladi. Bu erda badihago ylik asosiy rol’ o’ynamaydi, matn tom ma noda variant bermaydi. balki musiqa etakchilik qiladi. Ко’pchilik hollarda doston ijrochilarining qo llarida yozma matn ham bo'ladi. SHu bilan birga yakka ijrochilik qatorida jamoa bo'lib ijro etish ham keng tarqalgan.
Bunda 3-5 kishidan iborat ijrochilar guruhi tuziladi Dostonni ustoz torda boshlaydi, qolganlan unga g yjak va bolomonda jo r bo ladilar Naqoratni esa hamma birgalikda ijro etadi Xorazm baxshilarining kuylari ко p va xilma-xil. Dostondagi har bir qo shiq alohida kuyda ijro etiladi Dostonchilar bularni baxshi yo'llari yoki baxshi na'malari deb yuritadilar Xorazm dostonchiligi repertuar tizimi jihatidan ham о ziga xos bo lib asosan «Oshiq G arib va Shohsanam», «G o'ro g'li» turkumiga kiruvchi dostonlar kuylangan Bu erda «Alpomish» dostom juda kam kuylanadi Xorazm baxshilari kuylaydigan ishqiy-romanik dostonlarming aksariyati O'zbekistonning boshqa hududlarida kuylanmaydi Farg’ona (Namangan) dostonchilik an analarim о rganish XX asrning 50-60 yillariga to g ri keladi Bu maktabm о rgamshda dotsent Tojiboy G oziboyev, professorlar: Malik Murodov. Odiljon Nosirov, o'rta maktab adabiyot О’qituvchilari: Umarjon Sarimsoqov, Otamirza Xolmirzayevlar o'z hissalarini Qo’shganlar Shunmgdek bu xayrli ishlarda Robiddin Is’hoqov, Mahmudjon Ma'murov kabi shoir va jurnalistlar faol qatnashganlar. Namangan folklori namunalarim o’rta maktablarda о rganish sohasida tadqiqot ishlari olib borgan adabiyotshunos olim Abdushukur Sobirov «Adabiyot darslarida mahalliy materiallardan foydalanish» (Folklor namunalari asosida) mavzuida 1996 yil nomzodlik dissertatsiyasini himoya qildi. Folklorshunos olimlar tomonidan Namangan viloyati hududida quyidagi dostonchilik markazlari amqlangan:1. Ko'libuqon. 2 Sayram. 3. Ariqmo yin. 4. Elatan. 5. Goravon. 6. Yakka ijrochilar. Namangandagi eng mashhur dostonchiiik markazi - Ko'libuqon qishlog i bilan bog liq Ko'libuqon qishlog i Chortoq tumamdagi Alixon va YAngiqorg on tumamdagi Bekobod qishloqlari orasida joylashgan Hozir uning nomi Orzumobod deyiladi Bu maraz o'z safiga Chortoqnmg shimoliy hududida, Shuningdek, Yangiqo rg'on tumaninmg Bekobod, Birlashgan, Govazon, Xo'jasho'rkent qishloqlarida yashab ijod etgan baxshilarni birlashtiradi. Ular qatorida Haydar sannovchi Boychayev. Cho tivoy sannovchi, Suvon sannovchi, Razzoq shoir Qozoqboy о g li, Alimqul baxshi Niyozovlaming nomini keltirish mumkin. Mashhur sannovchi Cho tvoy baxshining o'g'li Mahmud buva Cho'tboyevning, otasi aytib bergan malumotlar asosida hikoya qilishicha, bu dostonchiiik markaziga Samarqand viloyati Miyonkol qishlog idan kelgan Begijon baxshi asos solgan. U XIX asrning 70-80 yillarida Ko'lbuqonga keladi va doston kuylashga qiziqqan yoshlarm atrofiga to'plab baxshilik sirlarini o'rgatadi. Haydar sannovchining hikoya qilishicha. Begijon baxshi: «Doimiy ustozim Yo'ldosh. shogirdim SHonazar, o'zim Samarqandning Miyonkolidanman», - deb aytib yurar ekan Folklorshunoslarning fikriga ko'ra, Begijon baxshi va uning ustozlari Bulungur maktabining vakillari bo'lganlar. Chunki Yo Idosh ismli baxshilar boshqa maktablarda uchramaydi. Ammo Mahmud buva Cho tboyevmng ma lumotiga ko ra Begijon baxshi xorazmlik bo’Igan. lining otasi Cho tvoy sannovchi Shunday deb gapirib yurar ekan. Begijon baxshi tarbiyasida etishib chiqqan Cho'tivoy va Suvon sannovchilar asrimizning boshlarida juda mashhur bo'lganlar Keyinchalik ularning shogirdlari Haydar sannovchi va Razzoq shoirlar mashhur dostonchi sifatida nom chiqarishdi. Ularning shogirdlari Alimqul baxshi, Mamasodiq baxshi va boshqalar bo'lishgan. Ko'lbuqon dostonchiiik markazida 30 dan ortiq baxshilar yashab ijod etishgan, Bu markaz vakillaridan «Alpomish», «Yusuf va Ahmad», «Avazxon», «Go'rog'lining tug'ilishi» kabi 20 dan ortiq dostonlar yozib olingan Sayram dostonchiiik markazi To'raqo rg'onga qarashli Sayram qishlog i va uning atrofida yashab ijod etgan baxshilar nomi bilan bog liq Bu markazga Umurzoq baxshi asos solgan. Umurzoq baxshining Abduvohid shoir, Anor baxshiIbrohim Otaboyev kabi shogirdlari bo'lgan. Sayram dostonchilik markazi vakillari asosan «Alpomish», «Yusuf va Zulayho», «Go ro'g'linin g tug'ilishi» kabi bir necha dostonlarni kuylaganlar. Ariqm o yin (Ariqbo yi) dostonchilik markazi Bu markazga mansub baxshilar Chust tumanidagi Olmos qishloq fuqarolar kengashiga qarashli Ariqmo yin qishlog'ida va uning atrofida yashagan baxshilardir. Bu markazga Ariqmo'yin qishlog'ida yashagan Arsion baxshi Murodov asos solgan. Uning bir necha shogirdlari bo lib, shulardan bin Mamadrayim baxshi Boltaboev juda mashhur bo'lgan. U asli Kosonsoy tumanining Qorasuv qishlog'ida yashagan, keyin Arsion shoirdan baxshilik sirlarini o'rganadi. Bu baxshilar repertuarida ham «Alpomish», «Qunduz va Yuiduz», «Avazxon» singari o'nlab dostonlar mavjud. Elatan dostonchilik markazi asoschisi Usmon baxshi Mamatqul o 'g 'li. Usmon baxshi elatan qishlog'ida yashab ijod etgan. U XX asrning 30-40 - yillarida el orasida shuhrat qozongan. Katta Farg'ona kanali qurilishida doston va termalar aytib mashhur bo'lgan. Undan yozib olingan dostonlar alisher Navoiy nomidagi Til va adabiyot instituting folklor sektorida saqlanadi. Go'ravon dostonchilik markaziga - Namangan viloyati Uchqo'rg'on va Norin tumanlarida yashagan baxshilar bilan birga Andijon viloyati Baliqchi tumanida yashab ijod qilgan shoirlar ham kiradi. Bu markazning yirik vakili Husan baxshi Rajab baxshi o 'g 'li Bu hududda asosan «Alpomish» dostoni kuylangan. Namangan viloyati hududida biror dostonchilik markaziga mansub bo'lmagan yakka ijrochilar ham mavjudligi aniqlangan. Uchqo rg onlik adabiyot muallimi Xalq maorifi a'lochisi Jo ramirza Otaxonov Katta Farg ona kanali qurilishida Uchqo'rg onlik «Alpom ish ova» (ova sozi shevada amaki ma'nosini anglatadi) nomi bilan mashhur bo'lgan shoir o'tganligini xabar beradi. YAngiqorg'on tumanining Bekobod, Birlashgan, Uychi tumanining Yorqo'rgon, Namangan tumanining Toshbuloq qishlog'ida faqat «Yozi bilan Zebo» dostonini kuylaydigan yakka ijrochilar ham bo'lgan. Buiar qatoriga Hojiakbar Ko'chimov va uychilik Dehqonboy Bahromovlarni kiritish mumkin. «Yozi bilan Zebo» dostoni asosan yoz paytida bug'doy о rimi mavsumida kuylangan. Chortoq tumanining Saroy qishlog ida yashovchi Asatulia О rmonov, Kosonsoylik To'lanboy Hoshimovlar asosan «Oshiq G 'arib va Shohsanam» dostonini kuylaganlar. To'lanboy Hoshimov asli Qo qimboydan. U dostonchilikni yakka ijrochilardan o'rgangan. Uning yana bir ustozi Maliaboy shoir. U «G o'ro'g'li» dostonlarini kuylagan. Asatulla O'rmonov juda ko'p xalq ertaklari va qo'shiqlarini yod biladi. Namanganlik mashhur baxshilardan biri Razzoq shoirdir Qozoqboy О’g’lidir. 1998 yilda uning 100 yilligi Namanganda keng nishonlandi. U 1898 yil 25 mayda Chortoqning Oraliq qishlog' ida tug ilgan. Razzoq shoir yoshligida Cho'tiboy baxshi va amakisiga shogird tushgan. Uning ta'kidlashicha, amakisi 50ga yaqin xalq dostonlarini yod olgan Razzoq shoirdan «Alpomish» va «G o'ro'g'li» turkumidagi 20ga yaqin dostonlar yozib olingan. SHoir qo'shni Qirg izistonda ham bo'lib, hatto «Manas» eposidan parchalarni kuylagan, Razzoq Qozoqboy o'g lidan juda ko'p: «Abduvali», «Yorginam», «Temirxon» singari dostonlar yozib olingan U axloq va odob mavzuiariga oid «Kunlarim», «Ayrildim », «Toshkentim», «Terimchi qizlar», «Pishqo'rg'onim », Navoiyga bag'ishlab «Buyuk Alisher» singari termalarni kuylagan. Razzoq shoir 1983 yil 85 yoshida vafot etgan. Haydar sannovchi Boychayev 1890 yil Ko'lbuqon qishlog'ida tug'ilgan. U 14-15 yoshidan boshlab doston kuylashni o'rgangan. Haydar shoir keyinroq qo'shni G'ovazon qishlog'ida yashab ijod qilgan. Haydar sannovchidan 20 ga yaqin dostonlar yozib olingan. Shuningdek, turkum dostonlardan «Alpomish» dostoni yozib olingan. Haydar shoirdan o'nlab ertaklar ham yozib olingan. Bulardan «llonpari», «Oqbo'ri», «Sakparast», «[Echkining о ch olishi» kabi ertaklar «Gulpari» (Namangan ertaklari) to'plamiga kiritilgan. SHoirdan «Do'mbiram», «Dangasa», «Yosh o'g'il-qizlarga», «Mehnat bilan» kabi zamonaviy termalar yozib olingan Shoirning 70 yillik yubileyi Chortoq va Yangiqo'rg'on tumanida katta to'y qilib nishonlandi. U 1954 yil xalq ijrochilari konkursida ishtirok etadi. Shoir 1966 yil Gavozonda vafot etadi. Haydar sannovchining kampiri ham dostonlardan parchalar kuylaganligini keksalar ko'p eslashadi. Alimqul baxshi Niyozov 1 912 yilda Ko lbuqonda tug'ilgan. U Haydar sannovchining jiyam va shogirdi bo'lgan. Uning o'ziga xos tomoni bir necha yillar Uchqorg'onda yashab ijod etgan va doston kuylagan. Umrining oxirgi yillarida Yangiqorg'onning Navkent qishlog'ida yashadi Undan asosan «G o'ro'g'li» turkumiga kiruvchi dostonlar yozib olingan, Alimqul baxshi, adabiyotshunos Otamirza Xolmirzayevning hikoya qilishicha, doston kuylayotgan paytida ehtirosgaberilib syujetga kirishib ketar ekan Xulosa qilib aytganda, dostonlar o'zbek folklorining eng go'zal namunalari sifatida juda katta tarbiyaviy, tarixiy, estetik adabiy qimmatga ega bo lib. yosh avlodm ma naviy jihatdan etuk va barkamol qilib tarbiyalashda muhim ahamiyat kasb etadi.
XULOSA
Milliy musiqa merosimiz otmishdan ikki ulkan yonalish yani, bir-biridan paydo boluvchi, bir-birini toldiruvchi, shu bilan birga alohida oziga xos xususiyat-sifatlariga ega bolgan yonalishlardan tashkil topgan. Shulardan biri-musiqiy folklor bolsa, ikkinchisi-ijodkorlar tafakkuri bilan yaratilgan kasbiy musiqadir. Har ikki yonalish o`zining ichki qonunlari, shakli, ijro uslubi, joyi va vaqtiga egadir. Yaxshi shе’r, yaxshi kuy va yaxshi ijro. Xalqimiz asrlardan bеri sеvib tinglab qiladigan Lutfiy, Navoiy, Bobur, Furqat va boshqa ko’pgina mumtoz shiorlarimizning azallari bilan aytiladigan qo’shiqlarda mazkur uch sifat uzviy bolangan. Shuning uchun ham ular umribaqiydir. Ular millatimizning bеbaho xazinasidir.Qadimgi xalq afsonalari, rivoyatlar, dostonlar va hikoyalar jamiyatning tarixga bo‘lgan ehtiyojidan kelib chiqqan va kishilar ijtimoiy ongini shakllantirgan desak xato bo‘lmas. Har bir afsona zamirida turli zamonlar va turfa xil urug‘ hamda qabilalarning qahramonlar qiyofasini uchratish mumkin. Bunda turli urf-odatlar, diniy, axloqiy, mahalliy udumlar, tarixiy voqyealar, bahodirlik ertaklari o‘z ichida mazmun-mohiyati bilan yuqoridagi jihatlarni birlashtirgan singarimurakkab majmua bo‘lib, tafakkur va tasavvur asosida yaratilgan va so‘z orqali kishilar ongiga yetkazilgan. Elat va qavmlarning yashash tarzi, tafakkur va e'tiqodlarini tadqiq etishda milliy doston, rivoyat va afsonalar tarixiy vositalar sifatida qimmatli manbaga aylanadi.
ADABIYOTLAR
1.MO'MINJON SULAYMONOV OZBEKXALa OGZAKI
IIODI (Akademik litseylar uchun o'quv-uslubiy qo'llanma)
Namangan –2008
2."O'zbekiston”, 2017.
T.YE.Solomonova. O`zbek musiqasi tarixi T.1999


Yüklə 0,49 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə