Mavzu: 2-sinfda musiqa o‘qitish metodikasi va mazmuni. Reja



Yüklə 39,05 Kb.
səhifə1/5
tarix11.10.2023
ölçüsü39,05 Kb.
#127051
  1   2   3   4   5
2-sinfda musiqa o‘qitish metodikasi va mazmuni


Mavzu: 2-sinfda musiqa o‘qitish metodikasi va mazmuni.


Reja:


1.2-sinfda musiqa o‘qitish metodikasi va mazuni, o‘quvchilarining psixologik-fiziologik xususiyatlari.
2.Musiqiy faoliyat turlari va o‘quvchilarni musiqiy qobiliyatlarini rivojlantirish.
3. Bolalar ovozini xususiyati va uning rivojlanishi.
4.DTS va dasturni mazmuni.


2-sinfda musiqa o‘qitish metodikasi va mazuni. Ikkinchi sinf o‘quvchi-larining psixologik-fiziologik xususiyatlari. Ikkinchi sinf o‘quvchilarining ko‘pgina umumiy jihatlari - idroki, fantaziyasi, xotirasi, qiziqishlari bo‘lishiga qaramay, ular o‘rtasida sezilarli farq bor. Birinchidan, 2-sinf o‘quvchisi 1-sinf o‘quvchisiga nisbatan, darsda o‘zini qanday tutish, dars tartib-intizomi, kun tartibiga moslashganlik jihatidan ancha tajribalirok bo‘ladi. 2-sinf o‘quvchisida iroda yetarlicha shakllangan bo‘lmasada, 1 - sinf o‘quvchilariga nisbatan ular birmo‘ncha qiyinchiliklarni yenga oladi. 2-sinf o‘quvchisi o‘qish va yozish malakalarini egallagan bo‘ladi. Bu esa o‘z navbatida musiqiy bilimlarni ham qo‘lamini kengaytirishga yordam beradi. Bo‘larning barchasi o‘quvchilarning ijodiy rivojlanishi ularning 1-sinfda olgan bilimlariga asoslanadi. Tashqillashtirilgan, maqsadga yo‘naltirilgan, qiziqarli darslar o‘quvchi-larni birgalikda musiqa tinglashga, o‘z taassurotlari bilan o‘rtoqlashishga, jamoa bo‘lib kuylashga, bir-birini tinglashga o‘rgatgan bo‘ldai.
Odatda 2-sinf o‘quvchilari xuddi 1-sinf o‘quvchilaridek, o‘ta qiziquvchan bo‘lmay-dilar. Biroq, o‘qituvchi ularning qiziqishlarini so‘ndirmaslikka harakat qilmog‘i kerak. Buning uchun o‘qituvchi musiqiy qobiliyati bo‘lmagan o‘quvchilarga nisbatan ham e’tibor-liroq bo‘lmog‘i lozim va kelajakda ularning qobiliyati o‘quvchilarga biriktirib ularga ham alohida vazifadar berishi kerak. O‘qish jarayonida o‘qituvchi darsdagi vazifalarni osondan murakkabga, quyidan yuqoriga qarab olib borishi kerak. Boshlang‘ich sinflardagi musiqa darslari umumiy ta’lim maktab-larida o‘quvchilarga badiiy ta’lim va estetik tarbiya berish tizimining ajralmas bir qismi hisoblanadi. Birinchi va ikkinichi sinflarning orasida unchalik farq bo‘lmasada, lekin ikkinchi sinf bolalari tajribali o‘quvchi, maktab qoidalariga ko‘nikmaa hosil bo‘lgan, diqqati mustahkamlashgan o‘quvchi hisoblanadi. Musiqa madaniyat darslarida dars faoliyatlarini tez-tez almashtirib turish, ularni musiqaga qiziqishlarini yanada oshiradi. Ikkinchi sinfda ovoz apparatining nozikligi, mo‘rtligi va ovoz pardalari to‘la shakllanmaganligi sababli ovozlari (nosoz) falset ko‘rinishida yangraydi. Ovoz diapazoni do1- re - 2 gacha bo‘ladi. O‘quvchilarda birinchi sinfda olgan bilimlari ikkinchi sinfda yanada mustahkamlanib, chuqurlashib boradi. Ular marsh musiqalari, tantanavor harakterdagi musiqalar haqida ta’savurga ega bo‘lib, bu musiqalarni janri, turlari haqida bilimga ega bo‘ladilar. Shu tarzda qo‘shiq va raqs janri ham o‘rgatiladi. 2-sinf bolalari ovoz apparatining fizilogik xususiyat-lari, ya’ni nozikligi, mo‘rtligi ovoz pardalarining to‘la shakllanma-ganligi bilan ham birinchi sinf bolalaridan kam farq qiladilar. 2-sinf o‘quvchi-larining musiqiy qobiliyatlarining rivojlanishi birinchi sinfda berilgan darslaring sifat va mohiyatiga bog‘liq. 1-sinfda o‘quvchilar bilan o‘tilgan samarali, qiziqarli tash-killashtirilgan darslar o‘quvchilarda musiqa tinglash, qo‘shiq haqida o‘zinig taas-surotlarini ifodalash, xor jamoasi bilan qo‘shiq kuylash malakalarini oshiradi.
Musiqa tinglash musiqa faoliyatining yetakchi turi hisoblanadi. Zeroki, darsda qo‘llanadigan barcha musiqa qo‘llanmalari asosan eshitib o‘zlashtirish orqali amaliy faoliyatda kuylash, chalish, raqsga tushish, qadam tashlashga ko‘chadi. Xususan bolalar musiqaning uch asosiy janri, ya’ni qo‘shiq, marsh va raqsni, har bir janrning o‘ziga xos turlanishi, uch janrning yirik asarlarida mujassamlashuvi va ularing qo‘shiqona, raqsona va marshona harakterga ega bo‘lishini bilib oladilar. Mazkur janrlar vositasida musiqa nima haqida «So‘zlashi» va uni qanday ifodalashini anglaydilar. Bu mavzular asosida olingan bilim va ko‘nikmaalar esa to‘rt chorakda umumlashadi. Musiqa pedagogikasi sohasidagi mutaxassislar tajribalari ikkinchi sinf o‘quvchilarini psihologik fizilogik hamda musiqiy malakalariga musiqaga bo‘lgan qiziqishlariga asoslanib ularni musiqa darslariga qatnashishiga tayyor ekanliklarini ko‘rsatadi. Bu yoshdagi o‘quvchilar musiqa sa’nati bilan birinchi sinfda, oilada, radio va televidenie orqali beriladigan eshitirishlar, ko‘rsatuvlar orqali tanish bo‘ladilar. Darsda bolalarning quvnoq kuy va qo‘shiqlarni tinglash, kuylash raqs elementlarini bajarish hamda chapak va cholg‘u asboblarini chalish ishtiyoqlari oshib boradi. Chunki, bu yoshdagi bolalarning diqqatlari xali uncha turg‘un bo‘lmaydi, ular ko‘proq serharakat va o‘yinga moyil bo‘ladilar. Bunga esa darsdagi musiqa faoliyatini turlarini maqsadga muvofiq almashib turishi yordam beradi. Shu bilan birga musiqa haqida yangi tushunchalar paydo bo‘lib musiqani ongli o‘rganishga qiziqish kuchayib boradi. Buning natijasida kuylashda va boshqa amaliy faoliyatlarni bajarishda faollik ifodalilik xususiyatlari namoyon bo‘ladi. Ammo, bu yoshda bolalar ko‘proq shirin so‘zga moyil bo‘ladilar. Shunga ko‘ra, bolalarni musiqa madaniyati darslariga tobora qiziqtirishga, butun dars davomida quvnoq qayfiyatni saklashga erishish lozim.
Birinchi sinfda qo‘llanilgan musiqa o‘qitish metodikasi 2-sinfda ham deyarli o‘zgarmaydi. Bu davrda musiqaga qiziqish va muhabbat uyg‘otish, musiqiy qobiliyatlarni rivojlantirish davom etadi. Barcha bilim, ko‘nikmaa va malakalar chuqurlashtiriladi. Shuningdek, musiqani to‘laqonli idrok etish, uning estetik kechinmalar va sifatli ijro nuqtai-nazaridan mukammal bo‘lishi ta’minlanadi.
Ikkinchi sinf o‘quvchilari psihologik fiziologik xarakterga ko‘ra birinchi sinfga o‘xshash bo‘ladi. 2-sinf o‘quvchilari o‘z diqqat e’tiborini uzoq vaqt bir narsaga qaratib turolmaydilar, juda tez charchab koladilar. Shuning uchun ham musiqa madaniyati darslarida musiqiy ijroga ahamiyat berib borish chapak chalish, qadam tashlash kabi xilma-xil harakatlardan foydalanish zarur. Ayniqsa, bolalar musiqiy cholg‘u asbob-larida doyra, bubenga, rumbada jo‘r bo‘lish va ritmik raqs harakatlarini bajarish bolalarni faollashtiradi va dars qiziqarli mazmunli o‘tadi. 2-sinfda bolalar musiqa-ning harakteri, obrazlar orqali olgan bilimlari nisbiy bo‘lib, keyingi sinflarda aniq tushunchalarga aylanadi. Musiqiy faoliyatlarning birinchi turlariga doir vazifalar ish mazunini tashqil etadi. Mazkur faoliyatlar qo‘shiq kuylash, musiqa tinglash, musiqa savodi, raqs elementlarini bajarish, qadam tashlash musiqa madaniyatini tarkib toptir-ishda muhim o‘rin o‘ynaydi. 2-sinfda qo‘shiq kuylash-jamoa faoliyati sifatida o‘quvchi-larni bevosita ishti-roki bilan amalga oshiriladi. Qo‘shiq kuylash murakkab psixologik va fiziologik jarayondir. Bunday bosh miyadagi asab xujayralari faol qatnashadi, o‘quvchilarda ijobiy his-tuyg‘ularni faollashini ta’minlaydi, ko‘krak qismi tovush hosil qiluvchi azolarni artikulyatsiya va nafas organlarini faollashtiradi, hamda o‘quvchilarni samarali kuylashga sharoit yaratadi. Birinchi sinfda o‘quvchilarni ovoz diapazonini kengaytirishga alohida e’tibor berish lozim. Qo‘shiqlarni o‘quvchilarni musiqiy qobiliyati, uquvi, xotirasi, talaffuziga ahamiyat berib tanlash maqsadga muvofiqdir. Dars samaradorligini oshirishda dars mazuni bilan bo‘lgan ko‘rgazmali qurollar, musiqa obrazlarini ifodalovchi badiiy suratlar, texnika vositalari, didaktik o‘yinlardan foydalanish yaxshi natija beradi. Bu yoshdagi o‘quvchilarni ovozi o‘zlariga xos juda mayin va yokimli tembrga ega bo‘ladi. O‘tirib va turib kuylaganda gavdani to‘g‘ri tutish, nafasni so‘z o‘rtasida olmaslik uchun rejaga solish, unli va undosh tovushlarni to‘g‘ri talaffuz qilish, sof intonatsiya ustida mo‘ntazam ish olib borish lozim. Ovoz sozlashni prima tovushlardan (mi1,fa1, sol1) boshlab, yelkani ko‘tarmasdan nafas olishga ahamiyat berish, qo‘shiq kuylash samaradorligini oshiradi. 2-sinf o‘quvchi-larining psihologik, fiziologik va musiqiylik xususiyatlarini rivojlantirishda darsning har bir faoliyati bir-biri bilan o‘zlik bog‘liq holda olib borilishi lozim. Darsning chorak, yil mavzulari bir-biri bilan izchil bog‘lanib bir-birini to‘ldirish kerak. Birinchi sinf o‘quvchilarida ovoz apparatlari to‘la shakllanmaganligi sababli, hali ancha zaif va nozik, ovoz pardalari esa kuchsiz bo‘ladi, ovoz registri kuchi va tembri bo‘yicha o‘g‘il va qiz bolalarda deyarli farq sezilmaydi. Shu sababli ularda tovush falset tipida hosil bo‘ladi. Ayrim bolalarning ovozlari me’yor holatda bo‘lsada, ular sozga tusholmaydilar. Bunga sabab, ularda musiqa eshitish (slux) o‘rgangani bilan tovush qilish apparati o‘rtasida musiqa tovushlari baland pastligini sezish bo‘yicha umumiy koor-dinatsiya xali yaxshi shakllanmagan bo‘ladi. Natijada yil boshida bolalarning musiqiy uquvi qobiliyatlari, musiqa tinglash ko‘nikmaalari va kuylash malakalari bo‘yicha saviya-lari bir xil bo‘lmaydi. Shularni hisobga olib birinchi darsdan boshlab bolalarni musiqaga qiziqtirish yo‘li bilan ularni musiqiy qobiliyatlarini, kuylash hamda ovoz sifatlarini sinchiklab o‘rganib, ularni defferensial (tabaqalashgan) tarzda guruhga bo‘lish mumkin.
1-guruhga iqtidorli musiqiy uquvi yaxshi rivojlangan o‘quvchilar.
2-guruhga musiqani aniq eshita oladigan ammo sozga va o‘qituvchi ovoziga tayangan holda kuylaydigan o‘quvchilar.
3-guruhga sozga umuman tusha olmaydigan o‘quvchilar kiritiladi.
Birinchi guruhga kirgan bolalarni orkaga, ikkinchi guruhga kirgan bolalarni o‘rtaga, uchinchi guruhga kirgan bolalarni esa oldingi partalarga o‘tkazish talab etiladi. Maqsad musiqiy qobiliyati sust rivojlangan bolalar oldinda o‘qituvchi va orqada esa qobili-yatli ovozi rivojlangan bolalarning ijobiy tasirida musiqiy ravnaqini tezlatish hamda yil davomida guruhlar saviyasini tenglatishdan iboratdir. Ayrim bolalarda ovoz kasalligi belgilari masalan, doimiy xirillash, ovoz paychalarining to‘la birlashmas-ligi kuzatilishi mumkin, ammo, bo‘lar vaqtinchalikdir. Kasal bolalarni davolatish ota-onalar yordamida va qoidali qo‘shiq kuylatish yo‘li bilan bunday bolalar ovozidagi nuqson bartaraf etiladi. Bunday ayniqsa, o‘qituvchi ovoz gigienasini bolalarga tushuntirib va sinfda qo‘shiq kuylash holatiga doimiy e’tibor berishi muhim ahamiyatga ega. Dars davomida musiqa qobiliyati sust rivojlangan va ovozida ma’lum xastalik mavjud bo‘lgan o‘quvchilarning har bir yutug‘i uchun ularni rag‘batlantirish hamda qiziqtirish va ilg‘or bolalar bilan teng darajada musiqiy faollik ko‘rsata olishlariga ishonch hosil qildirish lozim.
Ikkinchi sinfda o‘quvchilarni musiqiy qobiliyatlarini rivojlantirish, o‘quvchi-larda musiqaga qiziqishni uyg‘otish va musiqiy taassurotni tarkib toptirish, musiqani san’at sifatida ongli idrok etishga zamin yaratadi. Natijada bolalarda musiqa haqida mushohada qilishning boshlang‘ich asoslari vujudga keladi. Ushbu maqsadga erishish uchun quyidagi vazifalar amalga oshiriladi.

  1. O‘quvchilarni musiqiy qobiliyatlarini rivojlantirish.

  2. Musiqani (tinglash) idrok etish malakasini o‘stirish.

  3. Qo‘shiq kuylash malakasini o‘stirish.

Musiqiy badiiy-g‘oyaviy mazmo‘n vostasida axlokiy estetik tarbiyalash. o‘quvchilarning aqliy nafosat va jismoniy rivojida raqs musiqali o‘yinlar va musiqaga mos harakatlar bajarish muhim ahamiyatga ega. Musiqa madaniyati darslarida musiqaga mos harakatlar bajarish o‘quvchilarning musiqiy uquvi, xotirasi, ritm tuyg‘usiga ijobiy ta’sir ko‘rsatadi. Har qanday harakat turi musiqiy asarning sur’ati va ritmi ostida bajariladi, harakat bilan bog‘liq musiqiy ohanglar bola xotirasida uzoq saqlanadi. Raqs va musiqiy harakatlar bolada harakatchanlik, chaqqonlikni rivojlan-tirib qomatni to‘g‘ri o‘sishga va badanini chiniqtirishiga yordam beradi. Demak, musiqaga mos harakatlar o‘quvchilarining aqliy nafosat qobiliyatini rivojlantirish bilan birga irodasini ham mustahkamalaydi. Masalan, marsh - o‘quvchilarga g‘ayrat va tetiklikni, raqs ichki his-tuyg‘ularni hosil etib raqsga tushishga undaydi va zavqlantiradi. Ikkin-chi sinf o‘quvchilarida bolalar cholg‘u aboblarida jo‘r bo‘lish eng qiziqarli mashg‘ulotdir. Bolalarni cholg‘u asboblari jonli tovushli o‘yinchoq sifatida har bir o‘quvchini qiziq-tiradi. Cholg‘u asboblarini chalishga hamma intiladi, shuning uchun berilgan asarning bolalar xato qilmay to‘g‘ri xis qilishga va xotirada saqlashga harakat qiladilar. Yosh avlodni yetuk inson qilib voyaga yetkazishda musiqa madaniyati darslarida o‘quvchilarning musiqiy qobiliyatlarini rivojlantirishini ahamiyati katta. Musiqiy qobiliyatlar yordamida o‘quvchilarda fikrlash uylash, mushohada qilish rivojlanadi.

Yüklə 39,05 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3   4   5




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə