Metodlardan foydalanish



Yüklə 350,81 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə1/2
tarix28.11.2023
ölçüsü350,81 Kb.
#132906
  1   2
Sherqobilova Rayhon Jumayevna



135 
BOSHLANG’ICH SINFLARNI O’QITISHDA INTERFAOL 
METODLARDAN FOYDALANISH 
 
Sherqobilova Rayhon Jumayevna 
Surxondaryo viloyati Denov tumani 
80- umumiy o’rta ta’lim maktabi 
Annotatsiya:
Ushbu maqolada boshlang‘ich sinflarda o‘qitish metodikasi va ta’lim 
texnologiyalari, hozirgi zamon innovatsiyalaridan foydlanish, yangi ta’lim texnikalari, 
o`qitish samaradorligini oshirish bo’yicha fikrlar keltirilgan. 
Kalit so’zlar:
zamonaviy, innovatsiya, boshlang’ich ta’lim, metodika, texnika, 
o’quvchi. 
Yoshlarni erkin fikrlovchi, yangilikka intiluvchi va barkamol inson qilib 
tarbiyalash boshlang`ich sinflardan olib boriladi, bu jarayon muhim vazifalardan 
biridir. Shu sababdan ham ta‘lim mazmuni tubdan yangilanib borilmoqda. 
Kichik maktab yoshi davrida bolada mustaqil ta‘lim olish motivlari yuzaga kelib, 
ular eng oddiy shaklda - bilimlarni olish bilan birgalikda qo‗shimcha manbalarga 
va turli mavzulardagi kitoblarni o‗qishga qiziqishi bilan yuzaga keladi. 
Ta'lim o‗qituvchi va o‗quvchilarning hamkorlikdagi faoliyati bo‗lib, shu 
jarayonda shaxsning taraqqiyoti, uning ma'lumoti va tarbiyasi ham amalga oshadi. 
Darslarda o‗qituvchi o‗z bilimi, ko‗nikma va malakalarini mashg‗ulotlar 
vositasida o‗quvchilarga yetkazadi, o‗quvchilar esa uni o‗zlashtirib borishi 
natijasida undan foydalanish qobiliyatiga ega bo‗ladi. O‗rganish jarayonida 
o‗quvchilar o‗zlashtirishning turli ko‗rinishlaridan foydalanishadi, ya'ni 
o‗zlashtirilayotgan ma'lumotlarni qabul qilish, qayta ishlash hamda amaliyotga 
tatbiq etishda o‗ziga xos tafovutlarga tayanadi. Ta'lim jarayonida o‗qituvchi va 
o‗quvchilarlarning dars paytidagi hamkorligi, o‗quvchilarning mustaqil ishlashi, 
sinfdan tashqari ishlar shaklida ta'lim va tarbiya masalalari hal etiladi. 
Ta'limning maqsadi jamiyat ehtiyojiga mos ravishda shakllanadi. Shunday 
ekan, ta'lim-tarbiya maqsadi mos va mutanosib bo‘lishi kerak. Ilmiy adabiyotlarda 
ta'limning maqsadi imkoniyatlaridan to‘g‘ri, aniq, o‘rinli foydalanish ko‘nikma va 
malakalarini hosil qilish, mantiqiy-ijodiy tafakkurni rivojlantirish, kommunikativ 
savodxonlikni oshirish, milliy g‗oyani singdirish, sharqona tarbiyani shakllantirish, 
shaxsni ma'naviy boyitishdan iboratligi ta'kidlangan. Ta'limiy maqsad asosida 
o‘quvchilarda mustaqil fikrlash, og‘zaki va yozma savodxonlikni oshirish, mantiqiy 
tafakkurni rivojlantirish orqali ularning muloqot madaniyati takomillashtiriladi. 


136 
Tarbiyaviy maqsad asosida esa ma'naviy, g‘oyaviy, nafosat tarbiyasi beriladi. Til 
o‘rganish jarayonida xalqning madaniy-ahloqiy qadriyatlariga yaqinlashtirish 
imkoni paydo bo‗ladi. 
Ulug‘ donishmandlardan biri «kelajak tashvishi bilan yashasang, 
farzandlaringga yaxshi bilim ber, o‘qit», degan ekan. Yurtimizda ta'lim-tarbiya 
tizimida amalga oshirilayotgan islohotlar haqiqiy ma'noda bir-ikki yillik yoki qisqa 
davrda samaraga erishishga qaratilgan ish emas, balki chin ma'noda bir necha yuz 
yillarga tatiydigan o‘zgarish bo‘ldi, desak xato bo‘lmaydi. Bu prezidentimizning 
kelajagimiz, kelajak avlodimiz haqida qayg‘urib, yurtimizning barcha farzandlari – 
mening farzandlarim, ular bizlardan ko‘ra kuchli, bilimli va albatta baxtli 
bo‘lishlari kerak, degan g‘oyasi zamirida donishmandlarcha siyosat yotganini 
ko‘rsatadi. 
Ma'lumki, ta'limda ilg'or pedagogik va yangi axborotlar texnologiyalarini 
tatbiq etish o‘quv mashg‘ulotlarining samaradorligini oshiribgina qolmay, ilm-fan 
yutuqlarini amaliyotda qo‘llash orqali mustaqil va mantiqiy fikrlaydigan, har 
tomonlama barkamol yuksak ma'naviyatli shaxsni tarbiyalashda muhim ahamiyat 
kasb etadi. Hozirgi kunda ta'lim jarayonida interfaol metodlar va axborot 
texnologiyalarini o'quv jarayonida qo‘llashga bo‘lgan qiziqish kundan-kunga ortib 
bormoqda. Bunday bo'lishining sabablaridan biri, shu vaqtgacha an'anaviy ta'limda 
o‗quvchilar faqat tayyor bilimlarni egallashga o‗rgatilgan bo‘lsa, zamonaviy 
texnologiyalardan foydalanish esa ularni egallayotgan bilimlarini o‘zlari qidirib 
topish, mustaqil o‘rganish va fikrlash, tahlil qilish, hatto yakuniy xulosalarni ham 
o‘zlari keltirib chiqarishga o‘rgatadi. O‗qituvchi bu jarayonda shaxs rivojlanishi, 
shakllanishi, bilim olishi va tarbiyalanishiga sharoit yaratadi va shu bilan bir 
qatorda boshqaruvchilik, yo‘naltiruvchilik funksiyasini bajaradi. 
Dars mashg'ulotlarida o‘yin-topshiriqlarni takrorlash yoki mustahkamlash 
darslarida foydalanilsa ijobiy natija beradi. O'yin-topshiriqning qaysi bir turini 
tanlash darsning turiga, sinf o‘quvchilarining o‘yin-topshiriqlarni bajarishga 
o‘rgatilganlik darajasi, ularning bilim saviyasi, mustaqil ijodiy ishlash 
imkoniyatlari, o‗rganilganlarni xotirada tez tiklay olishi, ijodkorlikning qay 
darajada shakllanganiga ham bog‘liq 
bo‘lishi kerak. Ta'limda o'quvchi shaxsini fikrlashga, o‘zgalar fikrini anglash 
va shu fikrni og‘zaki hamda yozma shaklda savodli bayon eta olishga o‘rgatish 
masalasiga e'tiborqaratilgan bo‗lib, mustaqil fikrlaydigan, nutq madaniyati
rivojlangan savodxon shaxsni kamol toptirish asosiy o‘rin egallaydi. Millatning 
turmush tarzi, madaniy yaratuvchanligi uning boy tarixiy merosi asosida 
o‗rganiladi. 


137 
Bugungi kun o‗qituvchidan ilg‘or pedagogik va yangi axborotlar 
texnologiyalaridan o‗quv jarayonida foydalanishni talab etmoqda. 
Yuqoridagilardan kelib chiqib, tajribalarimiz asosida dars mashg‗ulotlarida 
interfaol metodlarni qo‗llashorqali ta'lim-tarbiya berish yo‘llariga doir fikrlarimizni
bayon etamiz. O‘ylaymizki, u o‘quv mashg‗ulotlari samaradorligini oshirishda 
hamkasblarimizga amaliy yordam beradi. Shuningdek, o‘quvchilarni o‘z 
yo‘nalishini tanlash va mustaqil hayotga tayyorgarlik ko‗nikmalarini 
shakllantirishdek mas'uliyatli vazifani bajarishda ularning yaqin ko‘makchilardan 
biriga aylanadi. Quyida sinflar kesimida ayrim mavzular asosida o‘qitishning 
zamonaviy usullarini tatbiq etish bo‘yicha tavsiyalar beramiz. Siz undan ijodiy 
yondashgan holda foydalanasiz va birinchi prezidentimizning: «Har qarichi 
muqaddas bo‘lgan ona yerimizga nisbatan farzandlarimizda g‘urur va iftixor, 
sadoqat tuyg‘ularini uyg‘otish uchun biz bugun nima qilyapmiz, degan savolga 
javob izlab ko‗raylik», - degan fikrlariga javoban ta'lim va tarbiya berishning 
zamonaviy usullarini tatbiq etish orqali ko‗zlangan maqsadga erishishga o‗z 
hissangizni qo‗shasiz degan umiddamiz. 
Ushbu maqolada boshlang‘ich sinflarda ingliz tilini o‘qitishda zamonaviy 
yondashuvlar va innovatsiyalar usullarni qo‘llash natijasida, o‘quvchilarning 
mantiqiy fikrlash qobiliyatlari rivojlanishi, nutqi ravonlashishi, tez va to‘g‘ri javob 
berish malakasi shakllanishi, bilimga ishtiyoq uyg‘otishi, darslarga puxta hozirlik 
ko‘rishga intilishi haqida ma‘lumotlar berilgan. Boshlang'ich sinflarda, ayniqsa, 
birinchi sinfda o'quvchilarga o'qitishda o'quvchining yoshi, fiziologik, psixologik 
xususiyatlarini hisobga olish kerak. Ta'limda o'yin texnologiyalaridan foydalanish, 
eng samarali vositalardan biridir. O'yin davomida ularning tafakkuri, 
dunyoqarashi, fikrlashi kengayib boradi. Olimlar ta'limga o'yin orqali yondashuv 
ta'lim jarayonida osonlashtiradi, deb hisoblagan. Nafaqat osonlashtiradi, balki bu 
fanga qiziqishini kuchaytirib,bolani chuqur bilim olishiga undaydi. O'yin tarzidagi 
darslar bolalarning og'zaki nutqini rivojlanishiga yordam beradi. Birinchi sinf 
o'quvchilari rasmli yoki videoli turli ko'rishlarni juda yaxshi ko'rishadi. Turli xil 
rangli rasmlar orqali, ularning nutqlarini o'stirishda o'yinlardan muntazam 
foydalanib turish lozim. Masalan, Bu nima?, Bu kim?, Kim ko'p so'z biladi?‖ kabi 
o'yinlardan foydalanish mumkin. O'yin jarayonida bolalarning so'zlarni eslab 
qolishi, to'g'ri talaffuz etishiga qarab rag'batlantirib borish zarur. Mavzuni 
kompyuter yordamida taqdim etishda ta‘limni individuallashtirish printsipiga 
e‘tibor berish lozim. Ayrim o‘quvchilar so‘zning grafik, ayrimlari esa tovushli 
obrazni qabul qilishda qiyinchilikka uchraydilar. 
Biz bilamizki, hozirgi ta‘lim jaroyonida o‘quvchi sub‘ekt bo‘lishi lozim. Bunda 


138 
ko‘proq interfaol metodlarga e‘tiborni qaratish ta‘lim samaradorligini 
oshiradi. Hozirgi davr darslariga qo‘yilgan eng muhim talablardan biri mustaqil 
fikrlashga o‘rgatishdir. Bugungi kunda o‘qituvchilar Xorij pedagoglari tajribasini 
o‘rganib, innovatsion metodlardan, va yangi pedagogik texnikalardan 
foydalanishlari lozim. 
Boshlang'ich sinf ta'lim usullari odatdagi ta'lim usullaridan biroz farq qiladi, 
chunki boshlang‘ich sinf o'quvchilari juda yosh. Ta'lim maydoni turli xil 
qobiliyatlar va shaxslar bilan birgalikda ishlaydigan o‘quvchilar bir joyga 
to'planadigan juda dinamik muhit sifatida ajralib turadi va o'qituvchilarning 
vazifasi har biri uchun o'zlarini ya‘ni o‘quvchilarning shaxsiy ehtiyojlarini 
qondirish uchun ijodiy va innovatsion ta'lim strategiyalarini amalga oshirishga 
qodir samarali o'qituvchilar bo'lishi muhimdir. 
Boshlang'ich maktablarda amalga oshirilishi mumkin bo'lgan eng yaxshi 
o'qitish usullaridan ba'zilari quyidagilardir: 
1. Vizualizatsiya 
Vizual va amaliy ta'lim tajribasi orqali zerikarli ilmiy tushunchalarni hayotga 
olib kelish, o‘quvchilarga ularning hayotda qanday qo'llanilishini tushunishga 
yordam berish. 
2. Hamkorlikda o'qitish 
O'quvchilarni kichik guruh yoki butun sinfning faoliyatini rag'batlantirish 
orqali birgalikda ishlashga qodir bo'lgan o'quvchilarni rag'batlantirish. 
3. So'rov asosida ko'rsatmalar 
O‘quvchilarni savol berishga va o'z g'oyalarini o'rganishga da'vat qilimoq, 
ularga muammolarni hal qilish qobiliyatlarini yaxshilashga yordam beradi, 
shuningdek, ilmiy tushunchalarni yanada chuqurroq tushunishga yordam beradi. 
Har ikkisi ham muhim hayotiy ko'nikmalar. 
4. Farqlash Hech kim ortda qolmasligi uchun o'quvchilarning qobiliyatiga 
qarab vazifalarni taqsimlash orqali ta'lim jarayonini farqlash va belgilash. 
5. Kasbiy rivojlanish Muntazam kasbiy rivojlanish dasturlarida ishtirok etish 
o‘qituvchining dars berish qobiliyatlarini yaxshilashning ajoyib usuli hisoblanadi. 
Samarali o'qituvchi bo'lish oson ish emas, chunki har bir o‘quvchi noyobdir,ammo 
ta'lim strategiyalarining kombinatsiyasidan foydalanib, o‘qituvchilar ta'lim 
uslublarini hamda o'quvchilarning bilm salohiyatlarini va imkoniyatlarini hisobga 
olib, sinfdagi o‘quvchilar uchun dinamik va motivatsion muhitni yaratish lozim. 
"Science and Education" Scientific Journal January 2021 / Volume 2 Issue 1 
www.openscience.uz 338 


139 

Yüklə 350,81 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə