Axborotnomasi



Yüklə 0,77 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə1/4
tarix11.12.2023
ölçüsü0,77 Mb.
#145156
  1   2   3   4
YO\'TA0415



42 
YANGI OʻZBEKISTON TALABALARI 
AXBOROTNOMASI 
www.in-academy.uz 
1-JILD, 4-SON (YOʻTA) 
 PEDAGOGIK TAJRIBA-SINOV ISHLARINING MAQSADI VA 
VAZIFALARI 
Vapayeva Fazilat Shuhratovna 
Andijon Davlat Pedogogika Instituti Boshlang’ich
ta’lim yo’nalishi talabasi 
ARTICLE INFO 
 
ABSTRACT
 
Qabul qilindi: 05-april 2023 yil 
Ma’qullandi: 10-april 2023 yil 
Nashr qilindi: 14-april 2023 yil
 
 
Pedagogik tajriba-sinov ishlari 2018-2020 yillarda 
Toshkent davlat peadgogika universiteti, Jizzax davlat 
universiteti va Andijon davlat universiteti ta’lim 
muasasalaridagi “Boshlang’ich ta’lim va sport tarbiyaviy 
ish” yo’nalishining 3,4- bosqich talabalarida olingan. 
Takomillashtirilgan modellar, turli metod, shakl va 
vositalarni qamrab olgan.
KEY WORDS 
refleksiv tadqiqotlar, refleksiv 
ko’nikmalar, 
so’rovnoma, 
pedogogik mahorat. 
 
Birinchi-izlanuvchi-ta’kidlovchi bosqichda bo’lajak boshlang’ich sinf o’qituvchilarda refleksiv 
ko’nikmalarni rivojlantirishga doir psixologik –pedagogik, metodik adabiyotlar o’rganilib 
tahlil qilindi. Bo’lajak boshlang’ich sinf o’qituvchilarda refleksiv ko’nikmalarni rivojlantirish 
bo’yicha o’quv jarayonini tashkil etish va o’tkazish holati tahlil qilindi hamda uni ta’lim-
tarbiya jarayonidagi ahamiyati o’rganildi. Bo’lajak boshlang’ich sinf o’qituvchilarda refleksiv 
ko’nikmalarni rivojlantirish bo’yicha o’quv jarayonini tashkil etish va o’tkazish ilmiy-metodik-
tashkiliy muammo ekanligi ko‘rsatildi. Tadqiqotning maqcadi, vazifalari, tadqiqotning nazariy 
va amaliy ahamiyati izlanuvchan bocqichida bo’lajak boshlang’ich sinf o’qituvchilarda 
refleksiv ko’nikmalarni rivojlantirish jarayonini tashkil etish va o’tkazish uchun so‘rovnoma 
ishlab chiqildi. So‘rovnoma oliy ta’lim muassasalarida boshlang’ich ta’lim va sport tarbiyaviy 
ishi yo’nalishi talabalari o’rtasida o’tkazildi. 
Izoh: Tadqiqot yuzasidan tajriba-sinov ishlari 3 bosqichda 2018-2020 yillarda tashkil qilindi 
va o’tkazildi.
MUHOKAMA 
So’rovnoma natijalari shuni ko’rsatadiki, ko’pchilik talabalar refleksiv ko’nikmalarni 
rivojlantirishda turli qiyinchiliklarga duch keladilar. Oliy ta’lim muassasasiga kelgan talabalar 
orasida turli ta’lim muassasasida tarbiyalangan yoki o’quv mashg’ulotlarining tayyorlov 
bosqichida shug’ullangan talabalar bo’lishi mumkin. Ular orasida darslarni o’zlashtirishda 
ruhan tayyor bo’lmagan talabalarning o’zlashtirishi orasidagi farqni va qiyinchiliklarni ko’rish 
mumkin. Bundan tashqari, o’qituvchining yondashuviga qarab talabalar refleksiv 
ko’nikmalarini rivojlanganlik darajasi tor yoki keng ekanligidagi farqlarni aytish mumkinligi 
ma’lum bo’ldi. Dars jarayonida talabalar refleksiv ko’nikmalarini o’stirishda turli vositalardan 
kam foydalanishlari, darslarni didaktik asosida qiziqarli tashkil etishlarida darslar vaqtini 
to’g’ri taqsimlab, undan unumli foydalana olmasliklari ma’lum bo’ldi. O’qituvchilarning 
talabalar refleksiv ko’nikmalarini rivojlantirish davrida qo’llaydigan metodikalari asosan 
talabalarning nutqini o’stirishga oid bilimlarni oshirishga xizmat qiladi. 



Yüklə 0,77 Mb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3   4




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə