Axborotnomasi


  YANGI OʻZBEKISTON TALABALARI



Yüklə 0,77 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə3/4
tarix11.12.2023
ölçüsü0,77 Mb.
#145156
1   2   3   4
YO\'TA0415

44 
YANGI OʻZBEKISTON TALABALARI 
AXBOROTNOMASI 
www.in-academy.uz 
1-JILD, 4-SON (YOʻTA) 
qiyinchiliklar kuzatilishi tajriba-sinov ishlari natijalarini umumlashtirish va tahlil qilishda 
muayyan qiyinchiliklarni yuzaga keltirdi. 
NATIJA 
Tajriba-sinov ishlariga jalb etilgan jami 270 nafar respondent-talabalarni tasodifiy tanlov 
tamoyiliga muvofiq quyidagi sonlarda tajriba va nazorat guruhlariga biriktirildi: 
1) tajriba guruhlariga 127 nafar; 
2) nazorat guruhlariga 143 nafar.
Oliy ta’lim muassasalarining boshlang’ich ta’lim va sport tarbiyaviy ishi yo’nalishi talabalarda 
refleksiv ko’nikmalarini rivojlantirishga oid tajriba ishlarini tashkil etishda biz tomonimizdan 
ishlab chiqilgan “Talabalar refleksiv ko’nikmalarini rivojlantirish” dasturi tadqiqot ishimiz 
jarayonida xulosalariga tayangan holda takomillashtirilib, talabalarning tajriba guruhlarida 
bevosita sinovdan o’tkazildi, nazorat guruhlarida esa odatdagi tartibda, an’anaviy ish rejasi 
asosida ish ko’rildi. 
Tajriba-sinov uchun taqdim etilgan kontseptsiya quyidagi metodlar asosida shakllantirildi: 
1. Respondent-talabalar uchun mo’ljallanib, bo’lajak boshlang’ich sinf o’qituvchilarda refleksiv 
ko’nikmalarni rivojlantirish borasidagi bilim, ko’nikma va malakalarining mavjud darajasini 
baholashga yo’naltirilgan so’rovnoma ishlab chiqildi. Bundan ko’zlangan maqsad bo’lajak 
boshlang’ich sinf o’qituvchilarda refleksiv ko’nikmalarni rivojlantirish borasidagi tajribalarini 
o’rganish va amaliy ish holatini tahlil qilish, shuningdek, ularning mustaqil o’qishlarini, ta’lim 
jarayoniga nisbatan ijodiy-texnologik yondashuvga ega ekanliklarini baholashdan iborat 
bo’ldi. Tajriba davrida mavjud holatni imkon qadar holi baholash maqsadida ochiq 
so’rovnomalardan foydalaniladi.[1] 
2. Suhbat, savol-javob va intervyular uchun ishlanmalar. Ta’lim tajribasi anketa so’rovlarini 
suhbat, savol-javob hamda intervyu metodlari bilan birga qo’llash maqsadga muvofiqligini 
tasdiqlanadi. Talabalar o’z fikr-mulohazalarini bayon etish va respondentlarga o’z fikrlarini 
batafsil ifodalash imkoniyatini yaratish uchun suhbatlar ham tashkil etildi. Suhbatlar avvaldan 
tayyorlangan savollar asosida tashkil etilganligi sababli savollarning puxta o’ylanganligi, 
aynan o’rganilayotgan muammo mohiyatini yoritishga yo’naltirilganligi, aniq, qisqa va fikrni 
tugal ifodalay olishi alohida ahamiyatga ega bo’ldi. Tajriba davrida tashkil etilgan suhbatlar 
uchun savollar tanlandi. 
Tajriba davrida savol-javoblarini tashkil etish, suhbat, intervyularni uyushtirish
respondentlarning amalga oshirilgan mashg’ulotlar to’g’risidagi taassurotlarini o’rganish kabi 
vaziyatlarda samarali foydalanildi. 
Tajriba-sinov ishlarini amalga oshirish jarayonida bo’lajak boshlang’ich sinf o’qituvchilarda 
refleksiv ko’nikmalarni rivojlanganlik darajasini aniqlashda muayyan mezonlarga tayanildi va 
quyidagi xususiyatlarning shakllanishiga alohida e’tibor qaratildi: 

“refleksiv maxorat” tushunchalarining mazmun-mohiyatini anglash; 

Pedagogik refleksivlikka moyillik, ijodkor, yaratuvchan va tashabbuskor o’qituvchi 
bo’lish istagining mavjudligi

O’z ustida ishlash, o’z fikrini mustaqil bayon eta olish, ko’rish orqali ma’lumotga ega 
bo’lish; 

Improvizatsiya, 
nostandart 
tafakkur 
va 
tashabbuskorlik 
ko’nikmalarining 
shakllanganligi; 



Yüklə 0,77 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə