Axborotnomasi


  YANGI OʻZBEKISTON TALABALARI



Yüklə 0,77 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə2/4
tarix11.12.2023
ölçüsü0,77 Mb.
#145156
1   2   3   4
YO\'TA0415

43 
YANGI OʻZBEKISTON TALABALARI 
AXBOROTNOMASI 
www.in-academy.uz 
1-JILD, 4-SON (YOʻTA) 
Tavsiya etilayotgan metodik tavsiyalar va yaratilgan o’quv qo’llanma tanlab olingan 
OTMlarning talabalari orasida muhokama qilish, yutuq va kamchiliklarini ko’rib chiqish uchun 
taqdim etildi. Barcha talabalardan olingan mulohaza va takliflar, e’tirozlar, qarama-qarshi 
fikrlar o’rganib chiqildi. Ularning fikrlarini inobatga olib, tegishli xulosalar chiqarildi.
Tadqiqotning ikkinchi-shakllantiruvchi tajriba-sinov bosqichida bo’lajak boshlang’ich sinf 
o’qituvchilarda refleksiv ko’nikmalarni rivojlantirish bo’yicha tashkil etiladigan darslar 
mazmuni, shakl, metodlari ishlab chiqildi. “Umumiy pedagogika”, “Pedagogik maxorat” 
darslarining mashg’ulotlar kesimida olib borilishi va mashg’ulotlar asosida tashkil etish 
metodikasi tizimlashtirildi va bunga imkon beruvchi darslar, o’quv-uslubiy tavsiyalar, o’quv 
mashg’ulotlari uchun mo’jallangan o’quv qo’llanma yaratilib, o’quv jarayoniga tatbiq etildi 
hamda sinab ko’rildi. Shu jumladan, bo’lajak boshlang’ich sinf o’qituvchilarda refleksiv 
ko’nikmalarni rivojlantirish metodik yondashuv asosida tashkil etildi va darclarda 
metodikalar tahlil qilindi, umumlashtirilib, yagona umumlashgan metodik ko’rcatmalar ishlab 
chiqildi. O’quv jarayoniga talabalar refleksiv ko’nikmalarini, o’z ustida ishlash, ijodiy fikrlash 
qobiliyatlarini rivojlantirishga qaratilgan vositalardan keng foydalanib, amaliyotga tatbiq 
etildi va sinab ko’rildi.
Shuningdek, tanlab olingan OTMlarining talabalari tajriba guruhlarida refleksiv 
ko’nikmalarini rivojlantirish masalasiga qaratilgan seminar treyning o’tkazildi, topshiriqlarni 
bajarish jarayonlari kuzatib borildi. Topshiriqlarni bajarishlaridagi qiyinchiliklar, uchraydigan 
muammolar yozib borildi. Talabalarning refleksiv ko’nikmalar doirasini aniqlashga qaratilgan 
og’zaki so’rovlar, suhbatlar o’tkazildi hamda ularning natijalari tahlil qilindi. 
Uchinchi-yakuniy bosqichda tadqiqotning tajriba-sinovi natijalari umumlashtirilib, tanqidiy 
tahlil qilinib, tadqiqot maqsadi va ilmiy farazning hamda ishlab chiqilgan metodikalarning 
asoslanganligi o’quv jarayonida ishlab chiqilgan ilmiy-metodik ishlanmalar asosida tekshirilib 
ko’rildi. Tadqiqot ishining asosiy xulosalari ishlab chiqildi hamda bu xulosalar bo’lajak 
boshlang’ich sinf o’qituvchilarda refleksiv ko’nikmalarni rivojlantirish bo’yicha tavsiyalar 
ishlab chiqildi. 
Tadqiqotning shakllantiruvchi tajriba-sinov bosqichida bo’lajak boshlang’ich sinf 
o’qituvchilarda refleksiv ko’nikmalarni rivojlantirish dasturi asosida-talabalarning refleksiv 
ko’nikmalarini rivojlanganlik darajalari belgilandi. 
Tadqiqot davrida amalga oshirilgan muhim ishlardan biri tajriba-sinov ishlariga 
respondentlarni jalb qilish va ulardan tajriba hamda nazorat guruhlarini shakllantirish bo’ldi. 
Tajriba-sinov ishlariga OTMlarining boshlang’ich ta’lim va sport tarbiyaviy ishi yo’nalishi 
talabalaridan jami 270 nafar respondent-talabalari jalb etildi. Shu o’rinda tajriba-sinov 
ishlarining o’ziga xos murakkablik kasb etganligini aytib o’tish maqsadga muvofiq. Bu 
murakkablik quyidagilarda ko’rindi: 
1. Oliy ta’lim muassasalarida taxsil olayotgan talabalarning xarakter jixatdan turli 
temperamentda ekanligi talabalarning tahsil olishi natijasida ularning o’zlashtirishida farqlar 
seziladi.
2. Oliy ta’lim muassasasida ayrim darslarning ananaviy tarzda tashkil etilishi ya’ni ananaviy 
tashkil etiladigan darslarda talabalarning refleksiv ko’nikmalari rivojlanmaydi.
3. Talabalarning o’qituvchilar tomonidan berilgan axborotning hammasini to’g’ri deb qabul 
qilishi ya’ni o’qituvchi ushbu ma’lumotni o’z nuqtai nazaridan kelib chiqib aytganligini 
inobatga olinmasligi xolatlari kuzatildi. Shu jihatdan talabaning o’zlashtirishida bir qancha 



Yüklə 0,77 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə