Mavzu: Foiz miqdorli masalalar



Yüklə 156 Kb.
səhifə1/14
tarix26.06.2023
ölçüsü156 Kb.
#119004
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   14
Mavzu Foiz miqdorli masalalar


Mavzu: Foiz miqdorli masalalar.


Reja:


1. Foizga oid o`nli kasrlarni o`rganish.
2. Natural sonlarga va progressiyaga doir tushunchalar.
3. Foiz miqdorli masalalarni yechish usullari.
4. Harakatga doir masalalar.

Foizlar, oddiy va oʻnli kasrlarni oʻrganish bu yangi tipdagi masalalarni yechishga olib keladi, va bu jarayon oʻquvchilar tushunishi qiyin boʻlgan aralashmaga doir masalalar bilan yakunlanadi. Matematika fanini oʻrganishda oʻquvchilar turli xil ko`rinishdagi masalalarga duch keladilar va bu koʻpchilikda qiyinchilik tugʻdiradi. Oʻquvchilarda ushbu masalalrni yechishda koʻnikma soʻng malaka hosil qilib borish kerak. Masalaning to`g`ri javobini olish uchun uning mohiyatini tushunish muhim, shuning uchun bolalarni boshlang’ich maktabdan, hatto bogʻchadan eng oddiy masalalarni yechishga, uning mohiyatini tushunishga oʻrgatish kerak. Masalani hal qilish qiziqarli, biroz g'ayrioddiy ish, ya'ni aqliy mehnatdir. Har qanday ishga o'rganish uchun ishlash kerak bo'lgan ma’lumotni, ushbu ishni bajarish uchun kerak boʻladigan vositalarni yaxshilab o'rganish zarur. Demak, masalalarni yechishni o'rganish uchun ularning mazmun mohiyatini tushinish, ular qanday tuzilganligini oʻrganish, ular qanday asosiy qismlardan iboratligini va masalalarni hal qilish uchun qanday vositalar mavjudligini anglash kerak. Ushbu qoʻllanma boʻyicha kitobxonlarning fikrlarini va takliflarini kutib qolamiz.




Masala nima? Har qanday matnli masala - bu hodisani (vaziyatni, jarayonni) tavsiflashdir. Shu nuqtai nazardan, matnli masala hodisaning (vaziyat, jarayon) og'zaki modelidir va har qanday modelda bo'lgani kabi, matnli masala ham butun hodisani bir butun sifatida emas, balki faqat ba'zi jihatlarini, asosan uning miqdoriy xususiyatlarini tavsiflaydi. Har qanday matnli masala ikki qismdan iborat - shartlar va talablar (savollar). Shartlarda ob'ektlar va ob'ektning ba'zi raqamli ma'lumotlari, ular orasidagi ma'lum va noma'lum qiymatlar to'g'risida ma'lumot beradi. Masalaga qo'yiladigan talablar - bu topish kerak bo'lgan ma’lumotdir. Bu buyruq yoki so'roq shaklidagi jumlalar bilan ifodalanadi. Har qanday masalani ishlash quyidagicha boshlanadi: 1) Oʻquvchilar mustaqil ravishda masala sharti bilan tanishadilar. 2) Oʻquvchilardan biri masalani baland ovozda oʻqiydi, u matnni shuday oʻqishi kerakki, masala sharti hammaga tushunarli boʻlishi zarur. 2) Soʻng oʻquvchilar birgalikda masalani tahlil qiladilar. 3) Masalada asosiy jumlalarni ajratib koʻrsatishlari kerak va masalani qisqa shartini yozadilar. 4) Masalani yechishning qisqa rejasini tuzadilar. 5) Masala modelini tanlaydilar (rasm, chizma, jadval). 6) Yechish usuli tanlanadi. 7) Masala savoliga javob beradilar. 8) Yechimni tekshiradilar. Matnli masalalar (ularni yoki yechish usuli, yoki masalani yechishda zarur boʻladigan amallar tartibi, yoki oʻxshash mazmuniga qarab) quyidagi guruhlarga boʻlinadi: 1. Masalani hal qilish uchun bajarilishi kerak bo'lgan amallar soni bo'yicha: sodda va murakkab masalalar. Bitta arifmetik amal yordamida bajariladigan masalalar sodda masalalar deyiladi.
6

Yüklə 156 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   14




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə