Kasb psixologiyasi. Antonatsiya



Yüklə 10,07 Kb.
səhifə1/2
tarix15.06.2023
ölçüsü10,07 Kb.
#117341
  1   2
Статья на тему Kasb psixologiyasi


Kasb psixologiyasi.


Antonatsiya.
Kasbiy psxiologiyaning umumiy jihatlarini tadqiq qilish, uni fan va jamiatdagi ahamiyati va o’rnini ochi berish. Shu bilan birgalikda kasniy psixologik yondashuvning oliy va o’rta mahsus ta’limdagi ayrim jihatlarini ijobiy va salbiy tomonlarini ko’rsatish.

Kirish
Insoniyat yaralibdiki ma’lum mashg;ulot va mehnat turi bilan muntazam shug’ullangan, oradan vaqtlar o’tishi bilan bu mashg’ulotlar insonning kundalik hayotida muhim o’rin egallab, uning turmush tarzi va tabiatida ahamiyat kasb eta boshladi. Inson o’z kasbiga ko’ra ma’lum fe’l atvorlarga ega bo’la boshlashdi. Buni yaqqol uyg’onish davri olimlarida, xususan shoir, rassom va haykaltaroshlarda yorqin ko’rishimiz mumkin. Ammo kasbiy sifatlarning insonlarda shakllanishi juda qadim o’tmishga borib taqaladi. Insonlar ibtidoit to’da davridan to urug’-jamoa tuzumiga o’tish davrida har bir to’da a’zosi ma’lum yumush ilan shug’ullanib ma’lum vazifalarni bajargan, shunda o’zaro va’zifalari o’shash bo’lgan insonlar qaysidir ma’noda bir birlariga sotium vazifasini bajargan, buning muntazamligi esa ularning fe’t-atvoridagi o’zgarishlarni namoyon qiladi. Bu vazifalarning keyinchalik kasb sifatida shakllanishi esa kasbning yangi jihatlarini ocha boshladi. Ya’ni insonlar bilan o’zaro kasb egalarining munosabati, ularga yondashuvi va kasbining ahamiyatini ko’rsata olishi muhim edi. Zamon rivojlangan sari jamiyatdagi ma’lum tushuncha va talablar o’zgara boshladi. Aynan shu jihatdan har bir professiyaning yangdan yangi tomonlari ochila boshladi. Ijtimoiy sohalarda va bundan boshqa barcha sohalarga talab va ehtiyojning oshish o’sha kasblarning ahamiyatini oshirdi. Bundan tashqari kasblarning ma’lum bir vazifalari murakkablashib, ularning o’zi ham alohida kasbga aylana bordi. Bu omillarni aslida faqatgina shular bilan bog’ash biroz xato bo’ladi chunki, jamiyat rivojidagi har qanday hodisa yangi kasblar shakllanishi va barcha kasblarning rivojlanishiga olib keldi. Xususan XX-asrdan boshlab kasblarga yondashuv o’zgarishi fanga yangi tushuncha kasbiy psixologiyani shakllanishi uchun dastlabki qadam bo’ldi. Shuni aytish kerakki avvalo bu yo’nalish insoniyat rivojlanishi uchun kasblarning mukammallashini ko’rsatib berdi.


Asosiy qism.


Kasbiy psxologiya ma’lum faoliya turi bilan shug’ullanuvchi insonlarning o’zini obyekti, ularnin kasbiy faoliyatlarini esa o’zining subyekti deb biladi. Xususan ularning umumiy jihatlarini tadqiq qiladigan bo’lsak, avvalo birinchi navbatda jamiat uchun foydasi, yoki jamiatdagi isnonlar uchun qandaydir vazifani bajarishi kiradi, xarbiylar himoya va xafsizlik bo’lsa, tibbiyot sohasidagi kasblar sog’lom hayotga ma’sullik va sog’liq bilan bog’liq muammolarni hal qilish vazifalarini o’z zimmasiga oladi. Bu fazifalar qaysidir nuqtada tarmoqlarnib, ma’lum sxema asnosida turli kasblar va muassaalar zimmasiga yuklatiladi. Aynan o’sha yuklatilgan vazifalar isnonlar uchun ma’lum ijobiy tomonlarni beradi, bu esa jamiyat manfaatlariga yotadi. Kasbiy psixologiyaning maqsadi hama aynan shu jihati bilan mutanosib sanalari, inson mehnat faoliyati qanchalik qulayligi, uning jamiyat tegadigan foydasi, kasbning unga tasiri, kasbiy jamoaning ta’siri va boshqa psixofizoligik jihatlarni tadqiq qilish uning sohalarini o’rganish sanaladi. Misol uchun ta’lim sohasini kasbiy psixologik tomondan tahlil qiladigan bo’lsak, avvalo uning jamiyatga tegadigan foydasini ko’rishimiz kera bo’ladi. Ta’lim jamiat rivoji uchuneng muhim soha sanaladi uning har bir vazifa bajaruvchu bo’g’ini o’z vazifasini sifatli va a’lo darajada bajararishi yosh avlodlar va yosh kadrlarning bilmida o’z natijasini ko’rsatadi. Bundan tashqari pedagoglik kasbining inson fe’l-atvoriga qanchalik mosligini muhim ahamiyatga ega bo’la boshladi. Chunki insonlar bilan ishlovchi kasb turlari shu kasb egalaridan ma’lum kasbiy sifatlari talab qiladi, bu esa kasb egasining qanchalik kuchkli ko’nikma egasiga aylanishi ko’rsatib beradi. Ta’lim sohasidagi kasb egalariga ko’proq bilimlilik, kreativlik, muammolarga tez va to’gri yechim topa olish, bosiqlik(shaxsiy sifat), ma’suliyatlilik kabilar kirishi mumkin, chunki ta’lim oluvchilarga to’gri yondashuvchu va tog’ri ta’lim berish muhimdir. Yuqoridagi sifatlar esa katta ehtimol bilan ta’lim oluvchilarni yangi bilim olish samaradorligini oshiradi. Bundan tashqari ta’lim sohasida ishlovchi insolarning katta qismida ko’pincha ruhiy buzulish, asabiy zo’riqish kabi holatlar ko’p uchraydi, aynan shu jihatdan ular uchun erkinlikni ta’minlash, to’gri va muhim bo’lgan vazifalarni belgilab berish davlatning vazifasi sanladi. Bu vazifa esa kasbiy psixologik yondashuvni ta’lab qiladi. Bu umumiym ma’noda kasbiy psixologiyaning ahamiyati edi ham desak bo’adi. Qaysidir ma’noda bu tor tushunchali izoh sanaladi.


Kasbiy psixologiyaning ta’lim borsidagi yo’nalishinio tadqiq etar ekanmiz, avvalo yurtimizdagi ta’lim jarayonini tahlil qilish maqsadga muvofiq bo’ladi.
Ta’lim tizimimiz uzluksiz ta’limg aasoslangan bo’lib, uning asosiy g’oyasi mustaqil O’zbekistonga munosib komil va barkamol avlod bo’lishda yotadi. Buning uchun har bir o’quvchi 11 yillik majburiy ta’lim oladi, bu davrda o’quvchining va uning ota-onasining xohishiga ko’ra kasbiy ta’lim ham olish mumkin, bundan so’ng esa davlatimiz tomonidan taklif qilinadigan ihtiyoriy oliy ta’lim sanaladi, professiyaga qarab uning ham muddatlari ma’lum darajada kvalifikatsiyalanadi ( 3, 4, 5, 6, 7 yillik ). Bu jarayonlarni kasbiy psixologik tomondan o’rganish kasb egalari yani pedagoglarning ta’lim oluvchilar bilan o’zaro o’rnatgan a’loqalarini ayrim jihatlarini o’z ichiga qamrab oladi. Xususan kasbning moi9yati, uning ma’zmuni va har bir yosh kadrda kerakli hislarlarning shakllanishi, kasbning mahorat darajasida egallanishini o’z ichiga oladi. Shu bilan birga shaxning psixoligik jihatlarini ham qamrab oladi, masalan bu shaxsning bu kasbga psixologik jihatdan qanchalik mosligi, amaliyotga qanchalik tayyorligi, amaliyotda qanchalik o’zini ko’rsata olishi, o’z ustida ishlab, xatolarini to’gri tahlil qilib tuzata olishini qamrab oladi. Kasbiy psixologiyaning umumiy mohiyatini to’la va ayrim jihatlarini tahlil qilishda shuni aytish mumkinki, har bir kasbni mukammallik darajasiga olib chiqish bilan birga uni to’liq shakllantirish va mustahkamlash zarurdir, chunki inson omili o’z atamasining etimologiyasidan kelib chiqqan holda unutuvchi sanaladi, ya’ni inson o’z mahorati ustida dimiy ishlashi lozim, shunda kasbni mahorat darajasiga olib chiqadi. Kasb psixologiyasinng tadqiqotlari natijasida shuni aytish mumkinki, har bir jamiyatning iqtisodiyoti, oddiy hayot oqimi qaysidir manoda insonlarning ma’lum mashg’lotlar bilan bandligi va ularni u bandlik ostida psixologik ta’sirlanishi o’zaro bog’liqligini bir necha bo’g’inlardan iboratligin ko’rsatadi.

Xulosa.



Kasb psixologiyasining obyekti va subyekti sanaluvchi inson psixikasi va uning muntazam faoliyat turinin ‘rganish davomida, shaxslar psixologiyasiga umumiy jamiyatdagi tuzum va undagi ijtimoiy hodisalar, umuman geosiyosiy hodisalar ta’sir qilish, bu ta’sirning o’z fenomenlari bo’lishi bilan izohlanadi. Bundan tashqari fan metodologiyasi, shaxs psixikasiga munosib kasb turi bilan shug’ullanish, kasb va xizmat ko’rsatuvchi faoliyat turlarida har ikkala tomon, ijro etuvchi va xizmatni qabul qiluvchi tomonga mutlaqo qulay bo’lgan kasby yondashuvni yaratishda asosiy omil bo’ladi, bu birinchi navbatda insonparvarlik g’oyasining bir qismi bo’lib, ikkinchi navbatda kasblarni umumiy ma’noda rivojlantirish sanaladi. Ilm-fan va hayot tarzi o’zgarishi bilan kasblar va unga yondashuv, ularga yondashuvning o’zi ham o’zgarishi mumkin, bundan tashqari inson omilining psixologiyasidan kelib chiqib shuni ta’kidlash lozimki, inson miyasidagi melanin garmonini ishlab chiqish natijasida har qanday kasb egasini kuchliroq qilish mumkin, shu bilan birga kasbdagi yondashuvning o’zi ham o’zgaradi. Ayni shu mohiyatdan kelib chiqib aytish mumkinki, jamiyat va insonlar hayotida kasbiy psixologiyaning o’rni muhimdir. Bu fanning tajriba metodi orqali bugungi kunda ko’plab ijtimoiy loyihalar, bundan tashqari gigant brend kompaniyalar foydalanmoqda, shu bilan birga yangi mutahasislarni yetishtirishda aynan shu fan metodologiyasi amaliyot va nazariyaning o’zaro yaqin turgan eng oldi fanlardan biri ekanligini isbotlaydi

Yüklə 10,07 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə