Ruhiy kasalliklar va ularning klassifikatsiyasi affektiv sindromlar



Yüklə 0,68 Mb.
tarix28.11.2023
ölçüsü0,68 Mb.
#136520
3. Ruhiy kasalliklar va ularning klassifikatsiyasi

RUHIY KASALLIKLAR VA ULARNING KLASSIFIKATSIYASI

Affektiv sindromlar

Bu asosan kayfiyatning buzilishi bilan ifodalanib, manikal va depressiv sindromlar ko‘rinishadi namoyon bo‘ladi.

I. Manikal sindrom.

Uchta alomat bilan namoyon bo‘ladi:

    • Yuqori ko‘tarinki kayfiyat;
    • Fikrlashning tezlashuvi;
    • Harakat faolligi.

Affektiv sindromlar

II. Dipressiv sindrom uchta belgidan iborat:

- Kayfiyatning tushib ketishi – tushkunlik;

- Fikrlashning susayishi;

- Harakatning sekinlashuvi.

Kandinskiy-Klerambo sindromi

Bu sindrom shizofreniyada, alkogolli psixozlarda, bosh miya organik kasalliklarda uchraydi. Ruhiy avtomatizm yoki Kandinskiy-Klerambo sindromining 3 turi mavjud:

- Assotsiativ avtomatizm – fikrlarning nasliy tezlashuvi yoki sekinlashuvi, ya’ni xayoliy, tovushsiz gaplashishlar, telepatik fikran aloqalar, fikrlarni uzatish, eshitish va ko‘rish gallutsinatsiyalari kuza-tiladi.

- Sensor avtomatizm – bemorning ichki a’zolarida og‘riqlar, og‘irlik, yoqimsiz his-tuyg‘ular paydo bo‘ladi.

- Motor kinetik avtomatizm – bemorda shunday ishonch hosil bo‘ladiki, u tashqi kuch ta’sirida harakati va faoliyatining boshqa-rishini yo‘qotib qo‘yayotgandek tuyuladi.

Obsessiv (yopishqoq holatlar) sindromi

Bemor ixtiyorsiz, uning xohishiga qarshi paydo bo‘ladigan shilqim yopishqoq fikrlar, tasavvurlar, xotiralar, qo‘rquvlar, intilishlar va harakatlar qiladi.

Bemor o‘zining ahvolini, noo‘rin gaplarini tushunadi, ammo o‘zini yenga olmaydi va shifokor yordamiga muhtoj. U irim-sirimlarga beriluvchan bo‘lib qoladi. «Shunday qilib», «demak», «keyin» kabi so‘zlarni ko‘p ishlatadi. Bu sindrom nevrozlarda, psixopatiyada, shizofreniyada kuzatiladi.

Amnestik (Karsakov) sindromi

Asosiy belgilari:

1) Kundalik voqealarni esdan chiqarish (fiksatsion amneziya);

2) Kasallikkacha bo‘lgan voqealarni esdan chiqarish (retrograd amneziya);

3) Uydirma xotiralar (konfabulyatsiyalar).

Astenik sindrom

Bu sindromlar – o‘ta charchash holatidir, tez jahl chiqishi va beqaror kayfiyat jismoniy va ruhiy zaiflik, uyqu buzilishi bilan kechadigan holatdir.

Bemorlarda aqliy faoliyat, xotira pasayib, bosh og‘rig‘i kuzatiladi. Ular jahldor, injiq, ta`sirchan, yig‘lamsirashgacha boradi. Bemor – yorug‘ chiroqni, o‘tkir hid, baland tovushni ko‘tara olmaydi.

Talvasa sindromi

Tutqanoq – bu birdan boshlanadigan, tez o‘tadigan, titrash bilan kechadigan holatdir.

Tutqanoqning quyidagi shakllari bor:

- Katta epileptik tutqanoq;

- Kichik epileptik tutqanoq;

- Jekson tutqanog‘i;

- Narkoleptik tutqanoq;

- Katoleptik tutqanoq.

E`TIBORINGIZ UCHUN RAHMAT


Yüklə 0,68 Mb.

Dostları ilə paylaş:




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə