O’quvchilarning bo’sh vaqti



Yüklə 2,93 Mb.
tarix28.11.2023
ölçüsü2,93 Mb.
#134249
O’QUVCHILARNING BO’SH VAQTI BO’SH VAQTI

  • O’QUVCHILARNING BO’SH VAQTI BO’SH VAQTI
  • .
  • Prezidentimiz Islom Karimov rahnamoligida yosh avlodning huquq va manfaatlarini ta’minlashga doimiy e ’tibor qaratilmoqda. Bu boradagi milliy qonunchilik asoslari muntazam takomillashtirilib borilmoqda. Buning samaralarini yoshlarimizning o‘qib, kasb-hunar egallashi uchun yaratilayotgan zamonaviy sharoit va imkoniyatlar misolida ham yaqqol ko‘rish mumkin.
  • O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2011 yil 14 oktabrda qabul qilingan “Bolalarni tarbiyalashni takomillashtirishga, sog‘lom va barkamol avlodni shakllantirishga doir qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi qarori bu boradagi ezgu ishlarning mantiqiy davomidir. Zero, voyaga yetmagan yoshlar hali oq va qorani yaxshi ajrata olmagani bois ularning yashash sharoiti, ta’lim-tarbiya olishi, bo‘sh vaqtini mazmunli o‘tkazishi bilan bog‘liq masalalar alohida e’tiborni talab qiladi.
  • Yoshlarning bo‘sh vaqtini unumli tashkil etish, ularni foydali ishlarga yo‘naltirish ko‘plab muammolar yechimiga yo‘l ochadi. Shu bois mamlakatimizda mazkur maqsadga qaratilgan maktabdan tashqari ta’lim muassasalari, musiqa va san’at maktablari, bolalar va o‘smirlar sport inshootlari izchil faoliyat yuritmoqda. Bundan tashqari, har bir umumta’lim maktabida turli fan to‘garaklari, maktab va mahallalarda sport seksiyalari tashkil etilgan.
  • E’tiborlisi, bugungi kunda har bir bola ularning bir nechtasida qatnashishga, o‘z bilimi, iqtidorini oshirishga harakat qilmoqda. Bunda yurtimizda voyaga yetmaganlar ishlari bo‘yicha shug‘ullanuvchi maxsus komissiyalar faoliyati yo‘lga qo‘yilgani ham muhim ahamiyat kasb etmoqda.
  • Toshkent shahar prokuraturasi ta’lim muassasalarida Ma’naviyat va ma’rifat markazi, “Kamolot” yoshlar ijtimoiy harakati, Toshkent shahar ichki ishlar bosh boshqarmasi bilan hamkorlikda huquqiy, madaniy-ma’rifiy tadbirlar o‘tkazib kelmoqda. Shu bilan birga, voyaga yetmaganlarning huquqiy, ijtimoiy himoyasi, nazoratsizligi va qarovsizligining oldini olish, ta’lim-tarbiyasiga oid qonunlar ijrosini ta’minlash hamda bolalar va o’smirlar bo’sh vaqtini to’g’ri tashkil etish masalalariga e’tibor yanada kuchaytirildi. Bunda O‘zbekiston Respublikasining 2010 yil 29 sentabrda qabul qilingan “Voyaga yetmaganlar o‘rtasida nazoratsizlik va huquqbuzarliklarning profilaktikasi to‘g‘risida”gi qonun muhim ahamiyat kasb etayotir.
  • Notinch oilalardagi va tarbiyasi og‘ir bolalarni turar joyi bo‘yicha aniqlash, ular o‘rtasida tarbiyaviy ishlarni tashkil etish, bolalarning bo‘sh vaqtini mazmunli o‘tkazish va bandligini ta’minlash borasidagi ishlarga alohida e’tibor qaratilayotgani natijasida voyaga yetmaganlar o‘rtasida jinoyatchilik sezilarli darajada kamaydi. Bir so‘z bilan aytganda, bu mamlakatimizda har bir o‘g‘il-qizning to‘kis yashashi, ta’lim-tarbiya olishi, kasb-hunar egallashi uchun zarur sharoitlar yaratilishi bilan bir qatorda, ulardan amalda to‘g‘ri foydalanishni ta’minlash ham doimiy e’tiborda ekanidan dalolatdir.
  • E’TIBORINGIZ UCHUN RAXMAT!

Yüklə 2,93 Mb.

Dostları ilə paylaş:




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə