Psixologiyaga oid atama va izohli lug`atlar to`plami  4 Affekt


Rol – shaxsga nisbatan shunday tushunchaki, uning konkret hayotiy vaziyatidagi huquq va  burchlaridan iborat.  Sezgi



Yüklə 289,69 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə10/14
tarix21.12.2023
ölçüsü289,69 Kb.
#153797
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   14
Rol
– shaxsga nisbatan shunday tushunchaki, uning konkret hayotiy vaziyatidagi huquq va 
burchlaridan iborat. 
Sezgi
– qo’zg`atuvchilarning idrok a’zolari retseptorlaritga ta’siri tufayli vujudga 
keladigan, ob’ektiv dunyo xossalarining sub’ektiv in’ikosidir. 
Sotsial individ 
– barcha kishilar uchun umumiy bo’lgan, belgilar, qurollar bilan ishlashda 
bog`liq bo’lgan maxsus insoniy tavsiflarni aks ettirish, jamiyatda qabul qilingan norma va 
qoidalarni hisobga olish, sotsial vazifalarni bajarishdir. Gap shaxsiy yoki individual jihatlar 
to’g`risida ketayotgani yo’q. 
Sotsial muhit 
– insonning aniq maqsadlar rejalar asosida faoliyat ko’rsatadigan dunyosi. 
Sevgi
– bu nafaqat hissiyot, balki boshqalarni seva olish qobiliyati va sevilish uning asosiy 
mezoni – "insoniy fazilatlar” hisoblanadi. 
Simpatiya – o’zaro yoqtirib qolish, bu sevgining ilk bosqichi hisoblanadi. Bunda asosan 
sevgi ob’ektning tashqi jozibasi rol o’ynaydi. 
Talant
(grekcha talanron – dastlab o’lchov, mezon, keyin esa ko’chma ma’noda – 
qobiliyatlar darajasi) – inson qobiliyatlarining, eng avvalo u yoki bu turdagi faoliyatda ulkan 
yutuqlarga erishishini ta’minlovchi maxsus yuksak rivojlanish darajasi. 
Tashabbuskorlik
– harakterning qimmatli xislati bo’lib, bu xislat ko’pchilik kishilarda 
ommaviy tus olgandir. 


Temperament
(lot. temreramentum – qismlarning tegishli muvofiqligi, mutanosibligi) – 
inson hulq-atvori va psixik jarayonlarining dinamik harakteristikasi bo’lib, ularning tezligi, 
o’zgaruvchanligi, samaradorligi, ishchanligi va boshqalarda namoyon bo’ladi. 
Tafakkur
– turli masalalarni (nazariy va amaliy) yechishga qaratilgan va bu yumushni ado 
etishni (javob topishni) ta’minlaydigan ko’plab psixik jarayonlar, harakatlar, holatlardir. 
Tafakkurni funksional tizim sifatida jalb qilish qisman ongli, qisman odatlar, malakalar va asab 
tizimi tomonidan yuzaga keltirilgan insonning ilgarigi taraqqiyoti, tarbiyasi, o’z-o’zini 
shaqllantirishdan iborat beixtiyor harakatlari tufayli amalga oshiriladi. 
Til
– inson aloqalari, tafakkuri uchun axborotni asrash va avloddan avlodga yetkazib berish 
vositasi bo’lib xizmat qiladigan belgilar tizimidir. 
Unutish
– eslash va yod bo’lib qolgan yoki o’zlashtirilgan materialni qayta xotirlash 
imkoniyatining asta-sekin so’nib borishini aks ettiruvchi jarayondir. 

Yüklə 289,69 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   14




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə