Psixologiyaga oid atama va izohli lug`atlar to`plami  4 Affekt



Yüklə 289,69 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə3/14
tarix21.12.2023
ölçüsü289,69 Kb.
#153797
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   14
Guruhning birdamligi 
- fikrlar birligi, e’tiqodlar, anhanalar birligida, shaxslararo 
munosabatlar, kayfiyatlarning ijobiy harakterida va guruh psixikasining boshqa belgilarida, 
shuningdek, hamkorlikdagi amaliy faoliyatning birligida namoyon bo’ladigan guruh a’zolari 
birligining psixologik harakteristikasidir. 
Gipoteza
– o’rganilayotgan hodisaning sabablari va xususiyatlarini tushuntiradigan asosli 
tahmin tarzidagi bilim shakli. 
Guruhda kuchlarning munosabati 
– bu guruhiy jarayonlarni hamda guruh a’zolarining 
hulq-atvorini nazorat qilish imkoniyatlarining guruh ob’ektlari o’rtasida taqsimlanishidir. Liderlik 
tushunchasida, guruh dinamikasi va sh.k. larda namoyon bo’ladi. 
Geniy 
– bu yangiliklarni yaratuvchi va kashf qiluvchi shaxs. 
Dunyo obrazi 
- insonga dunyoda harakatlana olish uchun mo’ljal bo’lib xizmat qiladigan 
olam to’g`risidagi, boshqa kishilar, o’zi va o’z faoliyati to’g`risidagi bir butun, yaxlit ko’p darajali 
tasavvurlari tizimidir. Bu sub’ektiv kechinmalar tilida yaratilgan tashqi dunyoning ichki modelidir. 
Ta’kidlash lozimki, bu olamni idrok qilish natijasida hosil bo’lgan, ichki rejaga noavtomatik tarzda 
ko’chirilgan obrazlar emas, balki hayotiy faollikning har biri keyingi momentidagi hodisalarni 
bashorat qila oladigan, chuqur anglanmagan taxminlar asosida aktiv qurilgan tizimdir. O’zini va 
tashqi olamni faol o’zlashtirish davomidagi tekshirish usullari bilan (sinov va xatolar) yaratiladi. 
Diqqat
– ongning muayyan ob’ektlar to’plami, jarayonlarga (tashqi yoki psixikaga 
bog`liq) tanlangan holda yo’naltirilishidir. Ba’zan nazorat va o’z-o’zini nazoratni ham diqqatga 
kiritishadi. 


Dunyoqarash
– tartibga solingan, aqliy ongli tizimga aylantirilgan bilim, taasvvurlar va 
g`oyalar majmui bo’lib, u shaxsni ma’lum bir qolipda, o’z shaxsiy qiyofasiga ega tarzda munosib 
o’rin egallashga chorlaydi. 
Dil
- jon, qalb, yurak, ko’ngil markaziy osiyo falsafiy tafakkurida ushbu tushunchalar 
deyarli bir xil ma’noda ifodalanib borliqning nomoddiy asosida hamda insonning tub mohiyatini 
ifodalash uchun xizmat qilib kelgan. 

Yüklə 289,69 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   14




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə