Psixologiyaga oid atama va izohli lug`atlar to`plami  4 Affekt



Yüklə 289,69 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə5/14
tarix21.12.2023
ölçüsü289,69 Kb.
#153797
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   14
Ijtimoiy sanksiya 
– normalarning shaxs xulqida nomoyon bo’lishni nazorat qiluvchi jazo 
va rag`batlantirish mexanizmi. 
Iste’dod nishonalari 
– qobiliyatni o’stirishning tabiiy zaminlari (ularning biologik asosi). 
Ular tug`ma yoki egallangan bo’lishi mumkin. Ularni ro’yobga chiqmagan qobiliyatlardan ham 
farqlash lozim. Farq shundaki, iste’dod nishonalari inson xususiyatlari va fazilatlaridagi shunday 
biologik jihatlarki, ular keyinchalik u yoki bu qobiliyatga uning komponenti bo’lib qo’shiladi. Bir 
xil biologik jihat bir qancha qobiliyatlar tarkibiga kirishi mumkin va shunday tarkibda iste’dod 
nishonalari rolini bajara oladi. 
Individuallik
- insonning individ, faoliyat sub’ekti va shaxs sifatidagi betakror 
xususiyatlari tizimidir. Individuallikning mavjud bo’lishi insonning ta’lim, tarbiya, u bilan faol 
munosabatidagi individual yondashuvining asosi hisoblanadi. «Har bir kishigacha yetib borish» - 
bunday yondashuvning idealidir. Individuallikni inkor etish (nodonlik, ishonch yoki kam 
anglangan harakat tufayli, masalan, texnik yoki umumilmiy g`oyalarning oddiy formulalariga 
sig`inish oqbatida) zaruriy tarzda bir qator salbiy oqibatlarga olib keladi (shaxslararo va shaxslar 
ichidagi keskinlik, ixtirolar, ruhiy jarohatlar, nizolar ishtirok etganlarning asabiy holatlari va 
ta’lim, tarbiya, mehnatdagi past samaradorlik natijalari sifatida). 
Intellekt, aql
– inson hayoti davomida bilish faolligiga tegishli bo’lgan barqaror o’ziga 
xos va rivojlanib boruvchi xususiyatlar va sifatlar tizimi, uning ichki va tashqi hayotiy holatlar, 
jumladan, ijtimoiy muhitda ham oqilona mo’ljal ola bilishdir. Odatda sub’ektning faoliyat 
sohasiga bog`liq holda sotsial intellekt, texnik intellekt, gumanitar intellekt, verbal, ya’ni og`zaki, 
noverbal intellektlarni farqlashadi. 
Ilmiy psixologiya
– inson va hayvon psixikasi taraqqiyoti, paydo bo’lish va mavjud 
bo’lishi qonuniyatlarini aniqlashda foydalaniladigan texnologiya va murakkab tarmoqlangan 
belgilar tizimidir. Ilmiy psixologiyaning asosiy vazifasi – yangilikni aniqlash emas, balki bir 
tomondan ishonarli bilimlari egallash, boshqa tomondan esa, qaysi o’rinda ular ishonarli, qay 
holda esa yolg`on va noaniq ekanligini ayniqlashdan iboratdir. 

Yüklə 289,69 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   14




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə