3-Maruza: Stansiya rels zanjirlari ishlash prinsipi. Tarmoqlangan rels zanjirlari. Fazasezgirli rels zanjirlari. Reja



Yüklə 82,84 Kb.
səhifə1/5
tarix24.12.2023
ölçüsü82,84 Kb.
#159427
  1   2   3   4   5
3-Maruza (2)


3-Maruza: Stansiya rels zanjirlari ishlash prinsipi. Tarmoqlangan rels zanjirlari. Fazasezgirli rels zanjirlari.
Reja:

  1. Stansiya relsli zanjirlarini qurilish qoidalari

  2. Tarmoqlangan rels zanjirlari

  3. Fazasezgirli rels zanjirlari

Relsli zanjir (RZ) deb, tok o‘tkazgichlari sifatida rels iplari hizmat qiluvchi elektr zanjirlarga aytiladi. Relsli zanjirlari temir yo‘l avtomatika va telemexanikasidagi avtoblokirovkalar, lokomotivli avtomatik signallashtirgichlar, signal va strelkalarning elektrik markazlashtirgichi, poezdlar harakatining dispetcherlik nazorati, avtomatik pereezd signallashtirgichlar va boshqa qator tizimlaridagi qurilmalarning umumiy elementi hisoblanadi.
Bu tizimlarda relsli zanjirlar har tur ko‘rinishdagi va ma’suliyatli funksiyalarni bajaradilar. Ular avtomatik ravishda poezdni band bo‘lgan yo‘lga qabul qilishni bekor qilgan holda peregonlardagi, stansiyalardagi yo‘l uchastkalarining va butun rels xalqalarining holatini uzluksiz nazorat qiladilar. Poezd o‘tayotgan paytida strelkani o‘tkazishga yo‘l qo‘ymaydi, boshqarish apparatidagi yo‘l va strelkalarning band yoki bo‘shligi mustaqil nazorat indikatsiyasini ta’minlaydi. Ular yordamida avtomatik lokomotivli signallashtirgichni ishlashi uchun lokomotivga kodli signallar yuboriladi, kodli avtoblokirovkadagi svetofor ko‘rsatkichlari orasidagi bog‘lanish ta’minlanadi. Relsli zanjirlar temir yo‘l transportidagi poezdlar harakatini avtomatik boshqaruv va nazorat etuvchi barcha tizimlarida asos bo‘lib hisoblanadi va poezdlar harakat xavfsizligini yuqori darajaga ko‘tarishda muhum axamiyatga egadirlar.
Relsli zanjirlar birinchi bo‘lib 1872 yilda qo‘llanilgan va mana yuz yildan ortiq vaqt mobaynida ko‘p davlatlarning temir yo‘l transportiga ularni tadbiq etish davom etmoqda. Relsli zanjirlarini boshqa rivojlangan vositalarga almashtirishga bugungi kungacha bo‘lgan urinishlar kutilgan natijalarni bermadi. Bunday qurilmalar, shu jumladan nuktali yo‘l datchiklar va o‘qlarni sanash tizimlari ham, faqat chegaralangan ishlatilishni topdilar yoki tadqiqot va ekspluatatsion - tekshirish bosqichida turibdilar.
Boshqa tizimlarda relsli zanjirlar yordamida turli nosozliklar bilan harakatlanish yoki maxsus qurilmalar o‘rnatilmagan yo‘l uchastkalarining poezdlar bilan bandligi yoki bo‘shligini ishonchli va amalda qayd qilishi; rels iplarining sozligini avtomatik nazorat qilishi; moslamalarni va qurilmalarni almashtirishda ularni ta’minot manbaiga ulashdan yoki o‘chirishdan keyin mahsus esda tutuvchi qurilmalarsiz normal va xavfsiz ishlashni avtomatik tarzda qayta tiklash; yo‘l holati va poezdlar bilan uzluksiz to‘g‘ridan-to‘g‘ri aloqa o‘rnatish va qator boshqa afzallik tomonlaridek shunday yaxshi xususiyatlarini olish qiyin yoki olib bo‘lmaydi.
Har qanday elektr zanjiri singari uzluksiz manbali o‘zgarmas tokli oddiy relsli zanjir ozuqa manbaiga ega (3.1-rasm), bu holda akkumulyatorlar ABN-72 va u bilan bufer rejimida ishlaydigan yo‘l to‘g‘rilovchi VAK-14 dir. Ozuqa manbai rels iplariga tok miqdorini cheklovchi-rostlash rezistori R0 orqali ulanadi. Zanjirning boshqa uchida esa, rels iplariga yo‘l qabul qilgichi (priyomnigi), ya’ni neytral yo‘l rele P ulangan. Qo‘shni relsli zanjirlari izolyasiya tutashmalari bilan bir-biridan ajratiladi. Zanjirlar bo‘shligida yo‘l relesining cho‘lg‘amidan tok oqib o‘tadi, rele langari tortilgan bo‘ladi, uning umumiy va frontalal (ro‘para) kontaktlari esa tutashgan. Bu kontaktlar boshqarish va nazorat (avtoblokirovka, elektrik markazlashtirilishi, o‘tish yo‘llarining signallashtirgichlari va boshqalar) qurilmalarda qo‘llaniladi.
Harakatlanayotgan poezd relsli zanjirga kirib borishda, kichik elektr qarshilikka ega bo‘lgan ikkita g‘ildirak orqali o‘tishi hisobiga, ozuqa manbai toki oshadi. Tokning ko‘payishi esa chegaralovchi R0 da kuchlanish tushuvini ko‘paytiradi, (poezd oziqlanish uchida bo‘lganida manba kuchlanishning deyarli barchasi rezistor R0 ga tushadi) yo‘l relesining cho‘lg‘amidagi kuchlanishning tushuvi birdaniga kamayadi va u langarni qo‘yib yuboradi. Relening ortidagi (tilovoy) kontaktlari tutashadi va rele relsli zanjirning bandligini qayd etadi.
Rele cho‘lg‘amidagi tokning bitta g‘ildirak juftligi ta’sirida pasayishi shuntli effekt ta’siri deyiladi. g‘ildirak juftligi esa, bu holda poezd shunti deb ataladi. Poezd shuntining elektr qarshiligiga bir juft g‘ildirakning qarshiligi va g‘ildirak bandaji bilan rels orasidagi o‘tish qarshiligi kiradi. Temir yo‘l uchun poezd shunti qarshiligining meyoriy ko‘rsatkichi 0,06 Om qabul qilingan.
Bunday qarshilikka engil harakatlanuvchi birlikdagi (masalan ikki o‘qli vagon yoki drezina) bitta g‘ildirak juftligi, bandaj va rels kallagi orasidagi o‘tish qarshiligi bilan birgalikda ega bo‘lishi mumkin.
Relsli zanjirdagi shuntli effekt ma’lum darajada chegaralovchi rezistor R0 bilan ta’minlanadi. Katta quvvatli ozuqa manbai holatida, u bo‘lmagan paytida poezd shunti ta’siri ostida manba tokining o‘sishi kelib chiqadi, relslardagi kuchlanish esa (demak yo‘l releda xam), amalda o‘zgarmagan bo‘lar edi va rele qo‘zg‘algan holda qolishi mumkin edi.
Shunday qilib chegaralovchi rezistor R0 ning asosiy vazifasi relsli zanjirda shunt effektini ta’minlashdir. Bir vaqtning o‘zida u poezd oziqlanish uchida bo‘lganida manbani kuyishdan himoya qilib, tokni pasaytiradi. Bundan tashqari, o‘zgarmas tokli relsli zanjirda chegaralovchi rezistor relsli zanjirni rostlash uchun qo‘llaniladi. O‘zgaruvchan tokli relsli zanjirda chegaralovchi sifatida reaktor (induktiv qarshilik) yoki kondensator (hajmiy qarshilik) qo‘llaniladi Yo‘l relesi nafaqat relsli zanjirning harakatlanuvchi tizma bilan bandligini, rels iplarining sozligini ham qayd etadi. Relsning butunlay singan holatda yo‘l relesining oziqlanish zanjiri uziladi. U rels iplarining nosozligini qayd etib langarni tashlaydi. Relsli zanjirdagi rels iplarining nosozligini tekshirib turuvchi xususiyati relsni sinishiga sezuvchanligi deyiladi.
Relsli zanjirlarga bo‘lgan asosiy talablar va ularning ish tartibi temir yo‘ldan texnik foydalanish qoidalarida avtoblokirovka qurilmalariga, elektr markazlashtirish va relsli zanjirlari qo‘llaniladigan boshqa tizimlariga qo‘yilgan talablarida aniqlab berilgan. Masalan, avtoblokirovkadagi barcha svetoforlar, ular chegaralab turgan blok-uchastkaga poezd kirishi bilan shuningdek shu uchastkalarda relsli zanjirning nosozligida ham svetoforlar avtomatik ravishda berkilishi lozim. Temir yo‘llarda joylashgan avtomatik va yarim avtomatik blokirovka bilan jihozlangan stansiyalarda, relsli zanjir yordamida band bo‘lgan yo‘lga marshrut o‘rnatishda signalning ochilish ehtimoli istisno etiladi va boshqarish apparatidagi strelkali seksiyalar va yo‘lning bandligi nazoratini ta’minlab turiladi.
Bundan tashqari relsli zanjirlari elektrik markazlashtish bilan jixozlangan stansiyalarda, strelkalarni harakatlanuvchi tarkib ostida o‘tkazish imkoniyatini istisno etadilar.
Avtomatik pereezd signallashtirgich tizimida va shuningdek avtomatik shlagbaumlarda relsli zanjir yordamida avtomobil yo‘llari tomoniga to‘xtash signalini berilishi ta’minlanadi. Avtomatik xabar beruvchi signallashtirgich tizimida esa, poezd yaqinlashayotganini xabar beruvchi signal, poezd pereezdga kelishdan oldin yo‘lni transport vositalaridan bo‘shatib qo‘yish uchun ishlatiladi.
Avtomatik shlagbaumlar yopiq holatda qoladi, avtomatik signallashtirigich bo‘lsa, pereezd poezddan butunlay bo‘shamaguncha ishlab turishini davom ettiradi va bu xolat relsli zanjirlar yordamida qayd etiladi.

Yüklə 82,84 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3   4   5




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə