3-Maruza: Stansiya rels zanjirlari ishlash prinsipi. Tarmoqlangan rels zanjirlari. Fazasezgirli rels zanjirlari. Reja



Yüklə 82,84 Kb.
səhifə3/5
tarix24.12.2023
ölçüsü82,84 Kb.
#159427
1   2   3   4   5
3-Maruza (2)

Elektr tortqili uchastkalardagi tarmoqlanmagan relsli zanjirlari. Elektrtortqili uchastkalarda temir yo‘lning rels iplari qayta tortqi tokni tortish nimstansiyaga o‘tkazish uchun xizmat qiladilar. SHuning uchun relsli zanjirlar orqali, ular izolyasiyalovchi tutashmalar bilan ajratilishga qaramay, qayta tortqi tok o‘tishning uzluksizligini ta’minlash lozim. SHu maqsadda ikki va bir ipli relsli zanjirlaridan foydalanishadi. Hozirgi davrda stansiya va peregonlarda ko‘proq ikki ipli relsli zanjirlari qo‘llaniladi. Bu relsli zanjirlarida torqi tok drossel-transformatorlar yordamida izolyasiyalovchi tutashmalarni aylanib o‘tib, uzluksiz ikkala rels iplaridan o‘tkaziladi.
Elektrtortqili uchastkalardagi relsli zanjirlarining me’yoriy hamda ishonchli ishini ta’minlash uchun signal tokining chastotasi va turi tortqi toki chastotasi va turidan farqlanishi lozim. SHu bois, o‘zgarmas tokli elektrtortqili uchastkalarda relsli zanjirlari 50 Gs chastotali, o‘zgaruvchan tokli elektrtortqiligida esa 25 Gs chastotali o‘zgaruvchan tok bilan oziqlanadilar.
Elektrtortqi mavjud bo‘lgan stansiyalarda 50 yoki 25 Gs chastotali o‘zgaruvchan tok bilan uzluksiz oziqlanuvchi fazasezgir relsli zanjirlari ishlatiladi. Bunda asosan ikki ipli, signal tokning chastotasi 25 Gs bo‘lgan DSSH-13A releli, fazasezgir relsli zanjirlari qo‘llaniladi (3.15-rasm). Bunday relsli zanjirning oziqlantiruvchi va releli uchlarida DT-1-150 drossel-transformator hamda relsli liniyasining kichik qarshiligini apparaturaning katta qarshiligi bilan muvofiqlashtiruvchi PRT-A transformatorlari o‘rnatilgan. CHegaralovchi R0 rezistor relsli zanjirning belgilangan shuntli sezuvchanligini ta’minlaydi. DSSH turdagi P yo‘l relesinig yo‘l hamda mahalliy cho‘lg‘amlari alohida bo‘lgan chastota o‘zgartirgichlardan maxsus sinfazalash qurilma orqali oziqlanadilar.
Releni 50 Gs chastotali tortqi tok ta’siridan himoyalash uchun, releli uchida yo‘l elementiga parallel qilib ZB himoya filtri ulangan. Bu ZB-DSSH turdagi filtr 50 Gs chastotaga sozlanganligi sababli, tortqi tokdan kelib chiqqan va chastotasi 50 Gs bo‘lgan halaqit beruvchi toklar filtr ichida tutashib, rele cho‘lg‘amiga etib bormaydilar.
25 Gs chastotali o‘zgaruvchan tokli fazasezgir relsli zanjirning chegaraviy uzunligi 1200 m tashkil etadi va uni oziqlantiruvchi hamda releli uchlaridan kodlash mumkin. Kodlash sxemaning tuzilishi 3.14,b-rasmdagidek, lekin releli uchidan KT transformator orqali yuboriladigan kodli tokning chastotasi 25 Gs bo‘ladi.

3.15-rasm. 25 Gs o‘zgaruvchan tokli ikki ipli tarmoqlanmagan relsli zanjir sxemasi

Relsli zanjirning oziqlantiruvchi hamda releli uchlarida o‘rnatilgan AVM-1 avtomatik uzgichlari rels iplaridagi tortqi toklarining asimmetriyasi me’yordan oshib ketsa, apparaturani o‘chirib qo‘yadi. Relsli zanjir yo‘l transformatorning ikkilamchi cho‘l\amidagi kuchlanishni o‘zgartirish orqali rostlanadi.


Yüklə 82,84 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə