Ii- modul. O‘zgarmas tok elektr zanjirlari 2-ma`ruza. Elektr zanjirlari nazariyasida qo‘llaniladigan elektromagnit maydon tushunchasi va integral kattaliklar



Yüklə 450,37 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə1/3
tarix11.12.2023
ölçüsü450,37 Kb.
#145641
  1   2   3
elektronika



II- MODUL. O‘ZGARMAS TOK ELEKTR ZANJIRLARI
2-ma`ruza.Elektr zanjirlari nazariyasida qo‘llaniladigan elektromagnit 
maydon tushunchasi va integral kattaliklar. 
Reja: 
1. Elektr va magnit maydonlari, o‘ziga xosliklari hamda ularni yaxlit elektromagnit 
maydonining ikkita tomoni sifatidaligi.
2. Elektromagnit maydon nazariyasi hamda elektr va magnit zanjirlari nazariyasi 
masalalarining umumiy fizik asosi.
3. Nazariyani asoslashdagi integral kattaliklar. 
1. Elektr va magnit maydonlari, o‘ziga xosliklari hamda ularni yaxlit 
elektromagnit maydonining ikkita tomoni sifatidaligi. 
Elektr va magnit maydonlari, tarixiy ma’lumotlardan ham ko‘rinadiki, ko‘p 
yillar alohida-alohidahodisa, voqiylik sifatida o‘rganib kelingan. Elektr maydonini 
qadimgi Yunonistonda ham jismlarni zaryadlanib qolishi tajribalari orqali 
kuzatishgan. Ammo bu kuzatuvlardan nazariya asoslarini va qonuniyatlari 
yaratilmagan.hattoki «atom» - bo‘linmas zarrachadir degan noto‘g‘ri tasavvur ikki 
yarim ming yildan ko‘p mavjud bo‘ldi. XIX asr oxiri XX asrda elektr va magnit 
maydonini nazariyasini yaratish, amalda qo‘llash bo‘yicha misli qurilmagan 
inqilobiy kashfiyotlar va yangiliklar yaratildi. Ayniqsa elektromagnit maydoni 
ta’sirida jismlarga ishlov berish, ularning xossalarini o‘zgartirish insoniyat uchun 
foydali yangiliklar yaratilishiga olib keldi. 
Elektr maydonining o‘ziga xosliklari ham mavjud. Ushbu maydonning kuch 
chiziqlari uzluksiz bo‘lishi bilan bir qatorda (ya’ni elektr maydoni berk halqa 
tarzida tarqaladi) uni aniq qutblarga ajratish mumkin. Istalgan kattaliklardagi 
zarrachalarda musbat va manfiy qutblarni yaqqol ajratib,hatto ularning o‘zaro 
ta’sirlashishini ham kuzatishimiz mumkin. Ushbuhodisani 1-rasmda ko‘rsatishga
harakat qilamiz.
Ushbu rasmning a) va b) tasvirlaridan ko‘rinadiki, bir xil ishorali 
zaryadlarning elektr maydon kuch chiziqlari bir-biridan itariladi. Rasmning v) 
tasvirida turli xildagi ishorali zarrachalarning elektr maydon kuch chiziqlari bir-
biriga tortiladi, ya’ni musbat ishorali zaryaddan chiqib manfiy ishorali zaryadda 
yakunlanadi. Elektr maydonining bu xossasidan amalda ko‘p foydalaniladi. 
Masalan, galvanik elementlar, elektrolizli qurilmalar, elektr kinetik ta’sirli hamda 
elektron nurli qurilmalar va boshqalar. 
Magnit maydonining o‘ziga xosliklari ham mavjud. Uning shimoliy va 
janubiy qutblari borligi va ular orasida magnit maydoni kuch chiziqlarining 
berkilishi qaraladi. Ammo, elektr maydonidan farqli ravishda, magnit maydonini 
istalgancha kichik zarrachaga maydalangan magnit xossali materiallarda ham 
alohida (yaxlit) shimoliy va janubiy qutblarga ajratib bo‘lmaydi. Eng kichik 
zarrachada ham qutblar juftligi saqlanib qoladi, ya’ni N–S yoki S–N. 


2.1-rasm. 
Elektr va magnit maydonlarini yaxlit tabiatga ega ekanligini va ular bir-biri bilan 
faqat harakatlanish orqali chambarchas bog‘lanishini kashf etish sharafiga Faradey 
muyassar bo‘lgan. U 1831 yilda elektromagnit induksiya qonunini e’lon qildi. 
Ta’rif: harakatdagi elektr maydoni o‘z atrofida magnit maydoni hosil qiladi 
va aksincha vaqt bo‘yicha o‘zgaruvchi magnit maydoni ta’sirida elektr maydoni 
hosil bo‘ladi. 

Yüklə 450,37 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə