10. Nuqtaviy zaryad maydoni kuchlanganligini hisoblash



Yüklə 0,85 Mb.
səhifə1/9
tarix23.09.2023
ölçüsü0,85 Mb.
#123437
  1   2   3   4   5   6   7   8   9
Elektr javob


10.Nuqtaviy zaryad maydoni kuchlanganligini hisoblash.
. Nuqtaviy zaryadni q bilan, fazodagi nuqtalarning holatini radius- vektori r bilan xarakterlaymiz. Sinash zaryad q0 ga ta’sir qiluvchi kuch Kulon qonuni (2.2) bilan aniqlanadi, bu yerda qabul qilingan belgilashlarga ko‘ra, q1 ni q ga, q2 ni q0 ga va r12 ni r ga almashtiramiz.

(4.1)
(3.2) ga ko‘ra, kuchni sinash zaryad kattaligiga bo‘lsak, quyidagiga ega bo‘lamiz.
(4.2)
Kuchlanganlikning absolyut qiymati uchun quyidagiga ega bo‘lamiz.


(4.3)
(4.2) dan kelib chiqadiki, musbat nuqtaviy zaryadning (q>0) maydon kuchlanganlik vektori radius-vektor tomon yo‘nalgan bo‘ladi, manfiy zaryadning (q<0) maydoni ga qarshi yo‘nalgan bo‘ladi, ya’ni q zaryadga tomon yo‘nalgan bo‘ladi. Kuchlanganlikning kattaligi masofaning kvadratiga teskari proporsionaldir. Nuqtaviy zaryadning maydon manzarasi 2-rasmda tasvirlangan (a va b hol ). Bu yerda kuchlanganlik vektori strelka bilan tasvirlangan.

39. Elektroliz hodisasi. Elektroliz uchun Faradey qonunlari. Elektrolizdan amalda foydalanish.

1833 yilda ingliz fizigi M.Faradey (1791-1867) tajribalar asosida elektrolizning ikkita qonunini kashf qilgan bo'lib, ular Faradey qonunlari deb ataladi.


Faradeyning birinchi qonuni quyidagicha ta'riflanadi:
Elektroliz vaqtida elektrodlarda ajralgan moddaning massasi elektrolit orqali o’tayotgan zaryad miqdoriga to'g'ri proporsional, ya'ni:
m=kq (l)
bu yerda m elektrodda ajralib chiqqan moddaning massasi, q elektrolitdan o'tgan zaryad miqdort, k proporsionallik koeffisiyenti bo'lib, u elektrodlarining shakliga ham, Orasidagi masofaga ham, tokning kuchiga ham, temporaturaga ham, bosimga ham bog'liq bo'lmasdan, turli moddalar uchun turlicha bo'lib. u moddaning elektrokimiyoviy ekvivalenti deyiladi.
(1 ) formuladan moddaning elektrokimiyoviy ekvivalenti quyidagiga teng bo'ladi:
k=m/q (2)
Bu ifodaga asosan moddaning eleklrokimyoviy ekvivalentini quyidagicha ta'riflash mumkin. Moddaning elektrokimyoviy ekvivalenti deb, elektrolitdan bir birlik elektr zaryadi o'tganda elektroddan ajralgan moddaning massasiga teng biror fizik kattalikka aytiladi.
Tok kuchining I=q/t dan q=It ning ifodasini (1) formuiqga qo'yilsa, Faradey birinchi qonunining matematik ifodasi quyidagi ko'rinishga keladi:
m=kIt (3) '
U vaqtda Faradeyning birinchi qonunini yana quyidagicha ta'riflash mumkin:
Elektroliz vaqtida elektrodlardan ajralgan moddaning mussasi tokning kuchiga va uning elektrolitdan o'tish vaqtiga to'g'ri proporsional.Faradeynirig ikkinchi qonimi moddaning elektiokimyoviy ekvivalenti k bilan disotsiyalanuvchi molekula tarkibidagi atomniog kilogramm - atom A ning valentrik Z ga nisbati moddaning kimyoviy ekvivalenti orasidagi o'zaro bog'lanishni ifodalaydi. Faradeyning ikkinchi qonuni quyidagicha ta'riflanadi: Moddalarning elektrokimyoviy ekvivalentlari ularning kimyoviy ekvivalentlariga proporsional, ya'ni:
k=c*A/Z (4)
bunda c-proporsionallik koeffitsiyenti bo'lib, barcha moddalar uchun bir xil qiymatga ega Agar c proporsionallik koeffitsiyentini bilan belgi1ansa, Faradeyning ikkinchi qonunini yana quyidagi ko 'rinishda yozish mumkin:
k=1/F*A/Z (5)
Bundagi F kattalikga Faradey soni deyiladi. Faradey soni deb, elektrodlarda bir kilogramm ekvivalent modda ajratish uchun elekirolitdan o'tgan zaryadga miqdor jihatdan teng bo’lgan fizik kattalikga aytiladì. Jahondagi eng yaxshi labaratoriyalarda o'tkazilgan ko'pgina oichashlar natijasida Faradey soni uchun quyidagi qiymat topilgan:
F=9,648456*107 Kl/kmol
Faradeyning ikkala qonunlarini birlashtirsak, elektroliz vaqtida elektrodlarda ajralib chiquvchi moddaning miqdorìni quyidagi tenglamadan topish mumkin:
(6)
Bu formula Faradey birlashgan qonunning matematik ifodasi bo'lib, u quyidagicha tavsiflanadi:
Elektroliz vaqtida elektrodlarda ajralgan moddaning massasi kimiyoviy ekvivalentiga, tokning kuchi va o'tish vaqtiga to'g'ri proporsional.
Faradey soni elementar zaryad-elektron zaryadi e ning Avogadro soni NA ga ko'paytmasiga teng ya'ni:
F=eNA (7)
Elektron zaryadining shu usul bilan topilgan qiymati zamonaviy tajriba usuli bilan topilgan qiymatiga to'g'ri keladi.

36.Voltmetrning o‘lchash chegrasini oshirishda unga ulanadigan qo‘shimcha qarshiligini hisoblash ifodasini keltirib chiqaring.



.

35.Elektromagnit tebranishlar. Yopiq tebranish konturi unda erkin so‘nmaydigan hamda so‘nadigan elektromagnit tebranishlarini hosil bo‘lishini batafsil tushuntiring


Bu ma’ruzada ham aktiv qarshilik, kondensator va g‘altakdan iborat ketma-ket ulangan zanjir haqida so‘z boradi. Bu yerda biz bunday zanjirda ro‘y beradigan jarayonlarni umumiy usul ya’ni differensial tenglamalarga asoslangan uslubda qaraymiz. Elektr tebranishlar induktivlik va sig‘imga ega bo‘lgan zanjir orqali hosil bo‘lishi mumkin. Bunday zanjirga tebranish konturi deyiladi.


Yüklə 0,85 Mb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə