10. Nuqtaviy zaryad maydoni kuchlanganligini hisoblash


O‘zinduksiya hodisasi. O‘zinduksiya E.Yu.K. Induktivlik



Yüklə 0,85 Mb.
səhifə3/9
tarix23.09.2023
ölçüsü0,85 Mb.
#123437
1   2   3   4   5   6   7   8   9
Elektr javob

32. O‘zinduksiya hodisasi. O‘zinduksiya E.Yu.K. Induktivlik.
I tok kuchi o‘tayotgan yopiq o‘tkazgichni qaraymiz. Bu tok atrofida magnit maydonini hosil qiladi, ko‘rsatish mumkinki, bu S sirt orqali o‘tgan magnit oqimi tok kuchiga proporsionaldir:
(62.1)
Bu yerda L proporsionallik koeffisienti bo‘lib, o‘tkazgichning geometrik xossasiga: uning o‘lchami va shakliga, shuningdek materialning holatiga va xossasiga bog‘liq bo‘lib, uni o‘tkazgichning induktivligi deyiladi va (62.1) ifodadan aniqlanadi. XB sistemasida “genri” bilan o‘lchanadi:
, (62.2)
Agar o‘tkazgichda tok kuchi vaqt bo‘yicha o‘zgarsa, u vaqtda (62.1) ga ko‘ra oqim ham o‘zgaradi. Demak, elektromagnit induksiya hodisasiga ko‘ra (61.1) o‘tkazgichda EYUK hosil bo‘ladi. O‘tkazgichda EYUK ning hosil bo‘lishi, shu o‘tkazgichda tok kuchining o‘zgarishidan hosil bo‘lish hodisasiga o‘zinduksiya hodisasi deyiladi.
O‘zinduksiya kattaligi (62.2) ni hisobga olsak, quyidagiga teng bo‘ladi:
(62.3)
L ni doimiy kattalik desak, o‘zinduksiya EYUK quyidagicha bo‘ladi:
(62.4)
Bu formuladan kelib chiqadiki, o‘zinduksiya EYUK o‘tkazgichning induktivligiga proporsionaldir. Agar induktivlik ko‘p o‘ramdan iborat bo‘lsa (solenoid ) har bir o‘ramdagi EYUK bir xil yo‘nalishga ega bo‘ladi, to‘la o‘zinduksiya EYUK ning absolyut qiymati ularning arifmetik yig‘indisiga teng bo‘ladi.
Uzun solenoidning induktivlik formulasini chiqaraylik. Solenoid uzunligini l bilan, ko‘ndalang kesim yuzasini S bilan, solenoid uzunlik birligiga to‘g‘ri kelgan o‘ramlar soni n0-bo‘lsin, u holda (62.1) formuladan kelib chiqadi. Solenoid bir jinsli magnetik bilan to‘ldirilgan deb hisoblaymiz va uning magnit singdiruvchanligini  bilan belgilaymiz. Bitta o‘ram yuzasidan o‘tgan oqim:
(62.5)
Barcha o‘ramlar N=n0l dan o‘tgan yig‘indi oqim:
(62.6)
Bu ifodani tok kuchi I ga bo‘lsak, solenoidning induktivlik koeffisienti quyidagiga teng bo‘ladi:



Yüklə 0,85 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə