Ingliz va o‘zbek tarbiya romanlarining spetsifik belgilari



Yüklə 346,86 Kb.
Pdf görüntüsü
tarix17.05.2023
ölçüsü346,86 Kb.
#110788
növüReferat
Inglizchani tarjimasi



Safarova Zilola Tolibovnaning “Ingliz va o‘zbek tarbiya romanlarining 
spetsifik belgilari” mavzusidagi 10.00.06 – Qiyosiy adabiyotshunoslik
chogʻishtirma tilshunoslik va tarjimashunoslik ixtisosligida
filologiya fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD) ilmiy 
darajasini olish uchun yozilgan dissertatsiyasi avtoreferatiga 
TAQRIZ 
 
Ushbu tadqiqotning maqsadi ingliz va o‘zbek adabiyotida tarbiya 
romanlarining spetsifik belgilarini qiyosiy tadqiq etish asosida mushtarak 
xususiyatlari, taraqqiyot omillari, badiiy-uslubiy xususiyatlarini aniqlashdan iborat. 
Dunyo adabiyotshunosligida qadimdan hozirgacha yetib kelgan jahon folklori 
hamda yozma adabiyotida bolalar va kattalar o‘rtasida kechadigan munosabatlar 
badiiy talqiniga, jahon adabiyoti namoyandalari tomonidan yaratilgan tarbiya 
mavzusidagi asarlar tadqiqiga doir keng ko‘lamli izlanishlar olib borilgan. Shu 
nuqtai nazardan jahon, jumladan, ingliz adiblari ijodidagi tarbiya romanlarining 
mavzu, motiv, obrazlar badiiy talqinidagi o‘ziga xoslik va mushtarakliklarni o‘zbek 
yozuvchilari poetik tajribalari bilan qiyoslab o‘rganish, ikkala xalq bolalar 
adabiyotida anʼanaviylik va badiiy mahorat masalalarida o‘xshashliklar borligini 
aniqlash muhimdir.
Tarbiya romanlarining janriy tabiati, badiiy-estetik taraqqiyot qonuniyatlari, 
poetik shakli va uslubi, motiv va obrazlari tahlili natijasida, ularda har bir xalqning 
milliy mentaliteti, diniy-irfoniy qarashlariga tayanilishi hamda asosiy e’tibor 
ta’limiy g‘oyalar, yoshlarning fiziologik-psixologik dunyoqarashi va turmush 
tarziga muvofiq yaratilishi aniqlangan. 
Tarbiya romanlarida qahramonning jismonan va ma’nan rivojlanishini 
tasvirlash tendensiyasining yetakchilik qilishi hamda mazkur tendensiyaning 
individual-shaxsiy taqdirlar, sinflar, millatlar taqdirini yoritishdagi roli isbotlangan. 
Bundan tashqari, xulosa qilish mumkinki, tarbiya romanlari avantyur, pikaresk va 
gotik roman belgilari umumlashuvida namoyon bo‘ladi va ularning badiiy 
qimmatini oshrishga xizmat qiladi.
Dissertatsiya kirish, uch asosiy bob, xulosa va foydalanilgan adabiyotlar 
ro‘yxatidan iborat. Ishning Kirish qismida dissertatsiya mavzusining dolzarbligi va 


zarurati, maqsad va vazifalari, obyekti va predmeti, ilmiy yangiligi va amaliy 
ahamiyati ko‘rsatilgan.
Mening fikrimcha, Z. Safarova tomonidan yozilgan dissertatsiya 10.00.06 – 
Qiyosiy adabiyotshunoslik, chog‘ishtirma tilshunoslik va tarjimashunoslik 
yo‘nalishida filologiya fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD) ilmiy darajasini 
olishga loyiq. 
Mario Bisiada, PhD 
Tenure-track lecturer 
Despatx 52.723 | +34 93 542 1256 
Tarjima va tilshunoslik fakulteti 
Pompeu Fabra Universiteti 
C. Roc Boronat, 138 
08018 Barcelona, Spain 

Yüklə 346,86 Kb.

Dostları ilə paylaş:




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə