Sharq adabiyotida sheʼriy toʻplam. Devonda biror shoir sheʼrlari qofiya yoki radiflariga koʻra



Yüklə 62,98 Kb.
səhifə1/5
tarix29.11.2023
ölçüsü62,98 Kb.
#143277
  1   2   3   4   5
3-amaliy


Devon — Sharq adabiyotida sheʼriy toʻplam. Devonda biror shoir sheʼrlari qofiya yoki radiflariga koʻra arab alifbosi tartibida (qofiyalanib keluvchi soʻzlarning oxirgi harflari asosida) joylashtiriladi. Sharkda Devon tuzish shoirning yetuklik belgisi boʻlgan, shoirlar oʻz devonlarining mazmunan va shaklan rang-barang boʻlishiga eʼtibor berganlar. Devon tuzish 10—11-asrlardan boshlangan, uning shakllanish davri Shayx Saʼdip zamonasiga toʻgʻri keladi. Oʻzbek adabiyoti tarixida Devon tuzish Lutfiy, Sakkokiy, Atoiy, Gadoiy kabi shoirlar ijodi bilan bogʻliq. Alisher Navoiy Sharq adabiyoti tarixida mukammal Devon tartib bergan mualliflardan. Devon shoirning oʻzi tomonidan, shuningdek, boshqalar tomonidan ham tuziladi. Navoiy gʻazallarining ilk Devoni nomaʼlum kotib tomonidan tuzilgan (1465). Unda 15-asr adabiyotidagi deyarli barcha sheʼr shakllarini koʻrish mumkin. Keyinroq Devon tuzish ishiga Bobur, Nodira, Ogahiy, Avaz Oʻtar va b. shoirlar ham samarali hissa qushganlar. Zamonaviy oʻzbek adabiyotida Habibiy, Sobir Abdulla va b. Devon tuzganlar. Ularda gʻazallar hozirgi oʻzbek alifbosi tartibida joylashtirilgan. Sharq poeziyasi taʼsirida Yevropa adabiyotida ham Devon tuzish tajribasi bulgan (Gyote, "Gʻarbu sharq devoni").
Bayoz (arab. — oq, oqlik) — sheʼrlar toʻplami. B.lar ikki va undan ortiq shoirlar sheʼrlaridan tuziladi. Ilk B.lar, asosan, mashhur shoirlarning gʻazallaridan tuzilgan, keyinchalik bunga rioya qilinmagan. B.lar deyarli lirik janrdagi asarlardan tashkil topadi, unga nasriy parchalar ayrim hollardagina kiritiladi. B.lar biror gʻoya yoki maʼlum davr dunyoqarashini targʻib qilmaydi, umuman saylab olingan asarlarda davriylik ham boʻlmaydi, ular qatʼiy bob va boʻlimga ajratilmaydi, mualliflar ijodi sharhlanmaydi. Kimning sheʼridan qancha kiritish tuzuvchi xohishiga bogʻliq. B.lar sarbayoz (soʻz boshi), lirik sheʼrlar (asosiy qism), xotima va ilovadan tashkil topadi. Ayrim B.larda sheʼrlari keltirilgan shoirlar nomi mundarija sifatida beriladi. Baʼzan B.larga xalq ogʻzaki ijodi namunalari: oʻlan, latifa, mutoyiba, maqol, musiqiy asarlar (Buxoro shashmaqomi, Xorazm maqomlari, Fargʻona — Toshkent maqom yoʻllari, ashula va katta ashulalar) ham kiritiladi. Ilk B.lar arab sheʼriyati rivojlangan davr (750 — 1O55)da yuzaga kelgan (qarang Tammom, Saolibiy). Turkistonda bayozchilik 10 — 15-asrlar sheʼriyati taʼsirida vujudga keladi. 18 — 19-asrlarga kelib ular mundarija va mazmun jihatdan ancha boyidi. Ayniqsa, Bedil ijodiyoti taʼsirida B. tuzish anʼanaviy tus oldi. Rasmiy va norasmiy B.lar bor. Rasmiy B. maxsus kotib, naqqosh, sahhof tomonidan buyurtmaga yoki muayyan shaxs talabiga mos tarzda tuziladi. Norasmiy B.da bezak va matnlarning joylashishida muayyan tartib boʻlmaydi. Bundaylari oʻz navbatida yana ikkiga boʻlinadi: a) shoir yoki kotib oʻziga maʼqul shoirlarning asarlaridan tanlab tuzadi; b) tuzuvchining oʻz sheʼriy toʻplamiga boshqa shoirlar asarlaridan namunalar kiritiladi (mas, "Bayozi Miriy", "Bayozi Roziy", "Bayozi Nodim", "Bayozi Kamiy" va boshqalar).
Adabiy taraqqiyot jarayonida B.lar adabiyot namunasigina boʻlib qolmay, haqiqiy sanʼat asariga ham aylandi, oʻziga xos maktablar paydo boʻldi. Fargʻona, Buxoro, Xorazm, Toshkent maktablariga mansub B.lar asosan ikki tilda — oʻzbek va fors tillarida tuzilgan. 19-asr oxiri — 20-asr boshlarida Muhammad Rahimxon Soniy (Feruz) tashabbusi bilan rasmiy B.lar tuzish rivoj topdi, yuzlab naqshdor B.lar tuzildi va noyoblaridan nusxalar koʻchirildi. 19-asr oxirlarida Turkistonda matbaa ishlarining rivojlanishi bilan qoʻlyozma B.lar tuzish davom etgani holda, Toshkent va Xivada toshbosma B.lar chop etish yoʻlga qoʻyildi. B. Turkiston xalqlari adabiyoti tarixini va devon tuzmagan shoirlar ijodini oʻrganishda muhim manbadir.
Tazkira (arab. — eslatmoq, zikr etmoq) — oʻrta asr forsiy va turki y tillardagi adabiyotshunoslik janrlaridan biri. Keng maʼnoda — tarix, tasavvuf, sanʼat sohasidagi voqea va shaxslar haqida esdalik ruhidagi asar, mas., "Tazkirat ulavliyo" (Farididdin Attor), "Tazkirai Muqimxoniy" (Muhammad Yusuf), "Tazkirai xattoton" (Rudakiy), "Tazkirai avliyoi turkiy" (Rushdiy) va boshqa Tor maʼnoda — shoirlar hayoti va ijodi haqida maʼlumot, asarlaridan namunalar keltirib tuzilgan toʻplam. T.da bir necha asrda yashagan yoki muayyan davr shoirlarining hayoti va ijodi haqida turli tarzda maʼlumot beriladi. Shoirlarni qamrab olish jihatidan tarixiyzamonaviy va zamonaviy T.ga boʻlinadi. Tarixiyzamonaviy T.da bir necha asr davomida yashab ijod etgan shoirlar haqida ("Lubob ulalbob" — Avfiy, "Tazkirat ushshuaro" — Davlatshoh Samarqandiy va boshqalar), zamonaviy T.da esa tuzuvchining zamondoshlari haqida ("Majolis unnafois", "Tazkirat ushshuaro" — Mutribiy va boshqalar) bahs yuritiladi. Asarda shoirlar har xil uslubda — "abjad" tizimida, sulola va arab alifbosi asosida, geografik uslubda, T. tuzuvchi tomonidan shaxsan koʻrganlik, ijodiy mulokrtda boʻlgan boʻlmaganlik asosida joylashtiriladi. Shoirlar haqidagi maʼlumotlar alohida kichik maqola — fiqradan iborat boʻladi. Unda shoirning ismi, taxallusi, qayerdanligi, ijodi, sheʼrlaridan namunalar, tabiatidagi oʻziga xos xususiyati, qay darajada shuhrat topganligi va boshqa sheʼriy yoki nasriy tarzda bayon etiladi. Baʼzan 2 tilda maʼlumot berish hollari ham uchraydi ("Majmuai shoiron"). Tlartuzuvchisining adabiyestetik uslublari qaysi adabiy yoʻnalishiga mansubligi jihatidan farklanadi. Sharq adabiyotshunosligida bizgacha yetib kelgan dastlabki T.ni Abu Mansur asSaoyaibiy, oʻzbek adabiyotida Alisher Navoiy yaratganlar. Adabiyot tarixini oʻrganishda T.larning ahamiyati katta.



Yüklə 62,98 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3   4   5




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə