Sharq adabiyotida sheʼriy toʻplam. Devonda biror shoir sheʼrlari qofiya yoki radiflariga koʻra



Yüklə 62,98 Kb.
səhifə5/5
tarix29.11.2023
ölçüsü62,98 Kb.
#143277
1   2   3   4   5
3-amaliy

2. She’riy devon tuzish an’anasi (2 soat).

Devon so‘zi mamlakat idorasi, hujjatlar saqlanadigan va tartib beriladigan joy ma’nosini anglatadi. Bu idora usuli Sosoniy (224-651) lar davridan boshlangan va u Abbosiy (750-1250) lar tomonidan davom ettirilgan, xuddi shu xil idora usuli Somoniy (875-1005) lar zamonida ancha qat’iylashadi, boisi bu usul davlatni markazlashtirishda qo‘l kelgan. Bu usul, ya’ni shu xil idora tizimi G‘aznaviy (997-1186) lar va Buxoro Mang‘it (1757-1920) lari davlatida ham ustuvor maqomga ega edi.


Devon so‘zining ikkinchi bir ma’nosi adabiyotshunoslik atamasi bo‘lib, u she’riy to‘plam yoki majmuadir. Devonda ma’lum bir shoirning she’rlari joylashtiriladi, bundan doston yoki nasriy asarlar mustasnodir. Devon tuzish va uni tartib berish an’anasi fors-tojik adabiyotida IX-X asrlarda boshlangan. Fors-tojik mumtoz adabiyotida dastlabki devon sohibi sifatida shoir Xonzalai Bodg‘iziy (vaf.839) e’tirof etiladi. Lekin Davlatshoh Samarqandiy bo‘lsa ilk devon tartib bergan shoir deb Rudakiyni (858-941) hisoblaydi va uning she’riy devoni borligi xususida xabar berib o‘tadi.
Dastlabki tuzilgan devonlarda she’rlar janriga qarab qismlarga bo‘lingan, masalan XI asr shoiri Ashrafiy G‘aznaviy devonda bu holni ko‘zatish mumkin. Ammo boshqa shoirlar devonida bu holatga rioya qilinmagan, chunonchi Anvariy, Muizziy, Sayfi Isfarangiy va boshqalar devonida she’r shakllari aralash joylashtirilgan. Sa’diy Sheroziy (1204-1292) zamoniga kelib tur va navlar bo‘yicha alohida devon tartib berish an’anasi rasm bo‘la boshlaydi, jumladan: “Qasoidi arabiy”, “Qasoidi forsiy”, (“Qita’ot”, ruboiyot, fardiyot) “Qit’a, ruboiy va fardlar” tarzidagi devonlari bor.
O‘zbek mumtoz adabiyotida mutafakkir Alisher Navoiyning guvohlik berishicha Lutfiyva Sakkokiy devonlari ilk devonlar sifatida e’tirofini topgan. Adabiyotimizda mukammal devon tuzish an’anasini Alisher Navoiy boshlab bergan, uning devonida she’riy shakllar joylashuvi masalasiga ham diqqat qaratilgan. Navoiyning “Badoyi’ ul–bidoya” devonida she’r navlari va xillari joylashuvi quyidagi tartibda: g‘azal, mustazod, muxammas, musaddas, tarji’band, qit’a, ruboiy, lug‘z, muammo, tuyuq, fard, “Navodir un-nihoya” bo‘lsa faqat g‘azallardan iborat. “G‘aroyib us-sig‘ar” da g‘azal, mustazod, muxammas, musaddas, tarji’band, masnaviy, qit’a, ruboiy. “Navodir ush-shabob”: g‘azal, mustazod, muxammas, musaddas, tarji’band, tarkibband, qit’a, muammo mavjud.
Ammo mumtoz adabiyotimizda Hofiz Xorazmiy devoni ham mavjud bo‘lib, bu devon keyingi yillar aniqlandi va u qadimiy an’analar asosida tuzilganligi bilan ahamiyati kattadir. Boisi ushbu devon tarkibi qasidalar bilan ibtido topadi, adabiy an’anaga muvofiq devonlar aslida qasidalardan boshlangan, shundan so‘ng g‘azal va boshqa she’r shakllari joylashtirilgan. Sakkokiy devoni
Savollar:


  1. Devon tartib berish tarixi va an’anasi haqida nimalar bilasiz?

  2. Devon mundarijasida she’r turlari qaysi qonun asosida joylashtirilgan?

  3. O‘zbek mumtoz adabiyotida devon tartib berish an’anasi va bunda Alisher Navoiyning o‘rni.

  4. Alisher Navoiy devonlarining tarkibi va tuzilish tartibi.

Yüklə 62,98 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə