Ii- modul. O‘zgarmas tok elektr zanjirlari 2-ma`ruza. Elektr zanjirlari nazariyasida qo‘llaniladigan elektromagnit maydon tushunchasi va integral kattaliklar


 Elektromagnit maydon nazariyasi hamda elektr va magnit zanjirlari



Yüklə 450,37 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə2/3
tarix11.12.2023
ölçüsü450,37 Kb.
#145641
1   2   3
elektronika

2. Elektromagnit maydon nazariyasi hamda elektr va magnit zanjirlari 
nazariyasi masalalarining umumiy fizik asosi. 
Elektromagnit maydoni energiya yoki signallarni o‘zatuvchi yoki 
o‘zgartiruvchi texnik va fizik qurilmalarda qo‘llanadigan asosiy fizikaviy agentdir. 
Elektromagnit maydoni bilan bog‘liq jarayonlar elektromagnit maydonini vaqt va 
fazoda to‘liq yoritib berilishini taqozo etadi. Aniq qurilmalardagi elektromagnit 
hodisalarni yoritib berishdagi murakkabliklar ushbu jarayonlarni hisoblashning 
vaqtga bog‘liq holda usullarini qidirib topish vazifasini qo‘yadiki, bu esa elektr 
zanjirlar nazariyasini rivojlantirish bilan bog‘liqdir.
Elektromagnit maydonining u yoki bu xususiyatlarini o‘zida aks ettiruvchi 
elektr zanjirlarining elementi sifatida aniq qurilmalarni ajratib berilgan 
funksiyalarni bajaruvchi yangi murakkab asbob va jihozlarni yaratish uchun elektr 
zanjirlari nazariyasidan foydalanish mumkinligiga erishamiz. 
Elektr zanjirlari nazariyasi aynan elektr magnit jarayonlari hisobini 
soddalashtirish imkonini bergani uchun ham asosan katta rivojlanishga ega bo‘ldi. 
Shu bilan birgalikda bu kabi soddalashtirishning zamirida ba’zi tomonlarni hisobga 
olmaslik yotishini tushunish kerak bo‘ladi. 
à)
á)
â)


Elektromagnit maydoni materiyaning bir turi bo‘lib, har bir nuqtada “Elektr 
maydoni” va “Magnit maydoni” nomlarini olgan ikkita vektor kattalik bilan 
tavsiflanadi. Elektromagnit maydoni bo‘shliqda c=2,998

10
8
m/s 

3

10
8
m/s
tezlik bilan tarqaladi.
Yaxlit elektromagnit maydonining ikkita tomoni bo‘lgan elektr va magnit 
maydonlarini namoyon qilish uchun ularning o‘zini sezdiruvchi u yoki bu 
xossalaridan foydalaniladi.
Ta’rif: Elektromagnit maydonning ikki tomonidan biri hisoblangan elektr 
maydoni deb, elektr zaryadli zarrachaga zarrachaning zaryadiga proporsional va 
uning tezligiga bog‘liq bo‘lmagan kuch bilan ta’sir etuvchi tavsifga ega bo‘lgan 
maydonga aytiladi. 
Elektr maydonini tavsiflovchi asosiy fizik kattalik mavjud bo‘lib, u elektr 
maydon kuchlanganligi nomini olgan. 
Ta’rif: Elektr maydon kuchlanganligi elektr maydonini tavsiflaydigan va 
elektr maydoni tomonidan zaryadli zarrachaga ta’sir etuvchi kuchni aniqlaydigan 
vektor kattalikdir. 
0
q
F
E



(2.1) 
Zaryad nolga intilganda limitni qo‘llash orqali quyidagi ifodani yozamiz: 
0
0
0
lim
q
F
Е
q




(2.2) 
Ta’rif: Elektromagnit maydonining ikki tomonidan biri hisoblangan magnit 
maydoni deb zaryadli zarrachaga uning tezligi va zarrachaning zaryadiga 
proporsional tarzda kuch bilan ta’sir etuvchi tavsifga ega bo‘lgan maydonga 
aytiladi. 
Magnit maydonini tavsiflovchi asosiy fizik kattalik mavjud bo‘lib, u magnit 
induksiyasi deb ataladi. 
Ta’rif: Magnit induksiyasi magnit maydonini tavsiflaydigan va magnit 
maydoni tomonidan harakatdagi zaryadli zarrachagaga ta’sir etuvchi kuchni 
aniqlaydigan vektor kattalikdir. 
V
q
F
B


2

(2.3) 
Bir jinsli bo‘lmagan maydonda o‘tkazgich bo‘lakchasining limiti nolga 
intilayotgan holatni quyidagicha ifodalaymiz: 
l
i
F
l
B





2
0
lim
(2.4) 

Yüklə 450,37 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə